Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan Rossiyaning Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarda o‘qiydigan O‘zbekistonliklarga o‘qishni istisno tariqasida ko‘chirish imkoni berildi. Arizalar 1 noyabrdan boshlab my.dtm.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Oktabr oyida yillik inflyatsiya darajasi 12,2% ga yetdi. O‘tgan oyda inflyatsiya xizmatlar sohasida eng kuchli bo‘lgan — 1,5%. Oziq-ovqatlar 1,4%ga, nooziq-ovqat mahsulotlar esa 0,9%ga qimmatlashgan.
Qoraqalpog‘istondagi iyul voqealarida ishtirok etganlikda gumon qilinib, ozodlikka chiqarilganlar soni 107 nafarga yetdi. Noyabrning ilk kunida parlament komissiyasi tashabbusi bilan yana 35 kishi jamoat kafilligi asosida uyiga qaytarildi.
30 oktabr kuni Morbi shahrida osma ko‘prikning qulashi oqibatida 130 dan ortiq odam halok bo‘lgandi. Hindiston politsiyasi holat yuzasidan 9 kishini, jumladan, olomonni nazorat qila olmagani uchun boshqaruv xodimlari, chipta sotuvchilari va uch qo‘riqchini hibsga oldi.
Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni muddati o‘tgan biometrik pasportlarini zudlik bilan shaxsini tasdiqlovchi ID-kartalarga almashtirishga chaqirdi.
«Kogon Quruvchi montaj» MCHJga qarashli binoning yuk konstruksiyalari (regil plitalari) quladi. Oqibatda quruvchi bo‘lib ishlayotgan fuqaro jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
Farg‘onadagi Uzsungwoo qo‘shma korxonasida metallarga qizdirilgan holda ishlov berish tarmog‘i ishga tushdi. Natijada 120 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, ishlab chiqarish hajmi $95 mlnga oshdi. Yangi texnologik jarayon Tracker va Onix avtoulovlari uchun 20 turdagi butlovchi qismlarni mahalliylashtirishga imkon beradi.
Tarmoqlarda 3 kishi bir yigitni kaltaklab, unga ko‘kdori (zelyonka) sepgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB voqea Bo‘stonliqda sodir bo‘lgani va yigit giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganini ma’lum qildi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Sinoptiklar noyabr odatdagidan biroz quruqroq va sovuqroq bo‘lishini prognoz qilmoqda. Oy davomida iliq va sovuq to‘lqinlar bir-biri bilan o‘rin almashadi. Harorat kechalari +2…+8 daraja, kunduz kunlari +5…+18 darajagacha o‘zgarib turadi. Sovuq davrlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila Andijon (Marhamat va Buloqboshi tumanlarida — 2 ball) va Farg‘ona (Quvasoy va Xo‘jaobod tumanlarida — 2 ball) viloyatida ham sezildi.
Markaziy bank 1-noyabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 169,38 so‘m etib belgiladi. Shundang so‘ng banklar mijozlarga dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini taklif qildi.
1−3 noyabr kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida «Xalqaro Ziyorat turizmi haftaligi» bo‘lib o‘tadi. Haftalik doirasida islom iqtisodiyoti, halol turizm, islom san’ati va boshqa mavzularda ko‘plab konferensiya, festival, ko‘rgazma va yarmarkalar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Toshkentga keldi. U prezident va boshqa rasmiy shaxslar bilan muzokaralar o‘tkazadi, Samarqandga tashrif buyuradi. Bundan tashqari, vazir fuqarolik jamiyati vakillari bilan ham uchrashadi.
O‘zbekiston Afg‘onistondagi Mozori-Sharif aeroportini tiklash bo‘yicha texnik yordam loyihasini yakunladi. Ishlar aeronavigatsiya va meteorologiya jihozlarini ta’mirlash, uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish hamda aeroportning elektr ta’minotini tiklashdan iborat edi. Foto.
31 oktabr kuni Rossiya Ukrainaning 10 viloyatidagi infratuzilma, asosan energetika obyektlariga raketa hujumlari uyushtirdi. Natijada 7 ta viloyatdagi yuzlab aholi punktlari elektrsiz qoldi. RF Mudofaa vazirligi Ukrainaning harbiy qo‘mondonlik va energetika tizimlariga zarbalar berilganini ma’lum qildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi zaxiradagi fuqarolarni harbiy xizmatga chaqirish yakunlangani, chaqiruv qog‘ozlarini yetkazib berish to‘xtatilganini ma’lum qildi. Qurolli Kuchlar ko‘ngillilar va «kontraktchilar» hisobga to‘ldiriladi, deyiladi bayonotda.
Prezidentning ish grafigi, issiqxonalarning gazdan uzilishini “davlat xavfsizligiga tahdid” deya atagan Sardor Umurzakov, internetdan foydalanishi mumkin bo‘lgan mahkumlar, minglab o‘qituvchilarga forma xarid qilish uchun buyurtma bergan Toshkent shahar hokimligi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Huquq-tartibot idoralari xodimlaridan O‘zbekistonning chegaradosh viloyatlarida tezkor-kriminogen va ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqaror saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida 120 ta mobil guruh tashkil etilgan.
O‘zbekistonda 200 ga yaqin maktab yerlarining bir qismi noqonuniy «sotib yuborilgan». Deputat Rasul Kusherbayev sinflar yetishmayotgan bir paytda buni «kelajakka xiyonat» deb atadi. Uning fikricha, maktab yerlarini hokimlar talon-toroj qilgan, ammo «noqonuniy topshiriqni bajargan qo‘rqoq xodimlar» jazolanadi.
O‘tgan 9 oy mobaynida aholiga 10,3 trln so‘mdan ortiq ipoteka kreditlari ajratildi, deb xabar berdi MB. Ularning 76 foizi (8 trln so‘m) birlamchi bozorga yo‘naltirildi. Kredit oluvchilarning 41 foizini (21725 nafar) ayollar tashkil etadi. Asosiy parametrlar bo‘yicha yuqori narxlar Toshkent shahrida qayd etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting