Arxiv

1 iyundan oylik ish haqlari oshiriladi
20 may 2022, 20:27

1 iyundan oylik ish haqlari oshiriladi

1 iyundan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 12 foizga oshiriladi. Mehnatga haq to‘lashning eng kam va bazaviy hisoblashning yangi miqdorlari belgilanmoqda.

Ijtimoiy sug‘urta tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda
20 may 2022, 19:09

Ijtimoiy sug‘urta tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda

Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 2022−2030 yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasini tasdiqlash kutilmoqda. Unga ko‘ra, fuqarolarni baxtsiz hodisa, ish o‘rinlari qisqarishi va boshqa hollarda daromadsiz qolishdan himoyalash maqsadida Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etiladi. Shuningdek, 6 oy davomida uzliksiz ishlagan ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasining bir qismini davlat, qolganini esa ish beruvchi to‘lab berishi reja qilinayapti.

Yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy foydalanish huquqida yer uchastkalarini xususiylashtirish boshlandi
20 may 2022, 19:00

Yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy foydalanish huquqida yer uchastkalarini xususiylashtirish boshlandi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini xususiylashtirish boshlanganini ma’lum qildi. Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

«Samarqand darvoza» savdo majmuasi oldidagi chorraha va ko‘chalar ta’mirlanadi
20 may 2022, 17:21

«Samarqand darvoza» savdo majmuasi oldidagi chorraha va ko‘chalar ta’mirlanadi

Shanba kunidan Toshkent shahridagi Samarqand darvoza, Ko‘kcha darvoza va Qoratosh ko‘chalarida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Hokimiyat bu vaqtda yo‘llar yopilmasligi, balki transport harakati qisman cheklanishini ma’lum qildi.

Toshkentda avtobusga chiqish old eshikdan, tushish orqa eshikdan bo‘ladi
20 may 2022, 17:14

Toshkentda avtobusga chiqish old eshikdan, tushish orqa eshikdan bo‘ladi

“Toshshahartransxizmat” yo‘lovchilar endi avtobus va elektrobuslarga old eshikdan chiqib, orqa eshikdan tushishi haqida ma’lum qildi. Bu ularga qulaylik yaratish va transport madaniyatini shakllantirish maqsadida joriy etilgani aytildi.

Maktublardan tortib farmonlargacha: o‘zbek olimlari Usmonlilar imperiyasining tarixiy arxivini o‘rganadi
20 may 2022, 16:54

Maktublardan tortib farmonlargacha: o‘zbek olimlari Usmonlilar imperiyasining tarixiy arxivini o‘rganadi

Turkiyaning «TURKTAV» jamg‘armasi o‘zbekistonlik tadqiqotchilarga Usmonlilar imperiyasining tarixiy arxivlarga kirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu orqali o‘zbek olimlari O‘zbekiston tarixiga oid bir qator hujjatlarni tiklashlari mumkin. Jamg‘arma 55 ming qo‘lyozmani raqamlashtirgan bo‘lib, ular qatoridan Turkiston xonliklarining farmonlari, maktublar, Usmonlilar davlati bilan munosabatlariga oid hujjatlar joy olgan.

1 sentabrdan o‘quvchilar uchun yagona maktab formasi to‘liq joriy qilinadi
20 may 2022, 16:45 7

1 sentabrdan o‘quvchilar uchun yagona maktab formasi to‘liq joriy qilinadi

Hukumat 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar uchun yagona maktab formasini to‘liq joriy etishga qaror qildi. Dastlab, buni 2019 yilda amalga oshirish rejalashtirilgan edi, ammo jamoatchilik noroziligi tufayli muddat 2024 yilga qoldirilgandi. Kam ta’minlangan oilalarga formani xarid qilishga ko‘maklashiladi.

«O‘zmedimpeks» direktori lavozimidan ozod etildi
20 may 2022, 16:00

«O‘zmedimpeks» direktori lavozimidan ozod etildi

Sog‘liqni saqlash vaziri «faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani» uchun «O‘zmedimpeks» DUK rahbari Diyorxon Kattaxodjayev hamda vazirlik boshqarmasi mas’ul xodimini ishdan bo‘shatdi.

O‘zbekiston xorijdan qaytgan mehnat migrantlarini qanday qilib ish bilan ta’minlamoqchi?
20 may 2022, 15:28

O‘zbekiston xorijdan qaytgan mehnat migrantlarini qanday qilib ish bilan ta’minlamoqchi?

Mehnat vazirligi xorijda ishlab, O‘zbekistonga qaytgan mehnat migrantlarini ish bilan ta’minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlarni ko‘rish taklifini bildirdi. Ular qatoridan «50×50» dasturi doirasida 40,5 mln so‘mgacha hamda har bir migrant uchun ish beruvchiga 405 ming so‘mdan subsidiyalar ajratish, 1 gektargacha yerni 30 yilga ijaraga berish, qolaversa, 50 mingdan ortiq migrantni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish o‘rin olgan.

2030-yilga borib YaIM $160 mlrdni tashkil etadi — Jamshid Qo‘chqorov
20 may 2022, 15:01

2030-yilga borib YaIM $160 mlrdni tashkil etadi — Jamshid Qo‘chqorov

O‘zbekiston hukumati davlat-xususiy sheriklikni iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va yalpi ichki mahsulot o‘sishi omillaridan biri deb hisoblaydi, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. 2026-yilgacha DXSH loyihalariga 14 mlrd dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya jalb etish, 2030-yilga borib esa YaIM hajmini 160 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari $745 mlnga ko‘paydi
20 may 2022, 13:13

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari $745 mlnga ko‘paydi

1 may holatiga O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 745 mln dollarga ko‘payib, jami 35,9 mlrd dollarni, shu jumladan valyuta qismi 13,5 mlrd dollarni, oltin qismi esa 21,3 mlrd dollarni tashkil etdi.

Konstitutsiyani isloh qilish bo‘yicha komissiyaga Akmal Saidov rahbarlik qiladi
20 may 2022, 13:04

Konstitutsiyani isloh qilish bo‘yicha komissiyaga Akmal Saidov rahbarlik qiladi

Parlament palatalari kengashlarining qo‘shma qarori bilan Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Unga amaldagi Konstitutsiyani ishlab chiqishda qatnashgan, Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov raislik qiladi. Komissiya «jamiyat — islohotlar tashabbuskori» g‘oyasi asosida ish olib boradi.

Dam olish kunlari jala yomg‘irlar yog‘ishi va shamol kuchayishi kutilmoqda
20 may 2022, 12:31

Dam olish kunlari jala yomg‘irlar yog‘ishi va shamol kuchayishi kutilmoqda

O‘zgidromet shanba va yakshanba kunlari O‘zbekistonning shimoliy va cho‘l hududlarida shamol tezligi 28 m/s gacha kuchayishidan ogohlantirdi. Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi hisobiga dam olish kunlari deyarli barcha hududlarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi, tog‘li hududlarda sel kelishi kutilmoqda.

Migrantlar va ularning oila a’zolari bilan «mahallabay» ishlash taklif etilmoqda
20 may 2022, 12:03

Migrantlar va ularning oila a’zolari bilan «mahallabay» ishlash taklif etilmoqda

Xorijdan qaytgan mehnat migrantlari va ularning oila a’zolariga «mahallabay ishlash» tizimi asosida xizmatlar ko‘rsatish rejalashtirilayapti. Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, mehnat inspektori yordamchisi va mahalla raisi ularning ehtiyojlarini aniqlab, onlayn platformalarni to‘ldiradi. Shunga ko‘ra, ularga ishsizlik nafaqasi, subsidiya va stipendiya beriladi.

Eronlik rejissyor O‘zbekistonda Umar Xayyom haqida film suratga olishni rejalashtirmoqda
20 may 2022, 11:22

Eronlik rejissyor O‘zbekistonda Umar Xayyom haqida film suratga olishni rejalashtirmoqda

Kann xalqaro kinofestivalida O‘zbekiston milliy paviloni ochildi. Mamlakat media mahsulotlarni suratga olish uchun kinokompaniyalar va telekanallarni jalb qilishni ko‘zlayapti. Kelib chiqishi Erondan bo‘lgan kanadalik rejissyor Mustafo Keshvari O‘zbekistonda Umar Xayyom haqida film suratga olishni rejalashtirmoqda.

Sobir Shukurov Davlat tilini rivojlantirish departamentiga mudir bo‘ldi
20 may 2022, 11:16

Sobir Shukurov Davlat tilini rivojlantirish departamentiga mudir bo‘ldi

O‘zA rahbarining birinchi o‘rinbosari Sobir Shukurov Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri lavozimiga tayinlandi. 2019 yilda davlat tilini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan departament rahbari lavozimi noyabrdan beri vakant edi.

O‘zbekistonda uran, litiy va boshqa noyob metallarni qazib olish hajmi oshiriladi
20 may 2022, 10:56

O‘zbekistonda uran, litiy va boshqa noyob metallarni qazib olish hajmi oshiriladi

Prezident huzuridagi taqdimotda geologiya sohasini rivojlantirish, foydali qazilmalar zaxiralari va yerosti suv resurslarini ko‘paytirish, uran, litiy, alyuminiy, magniy va boshqa noyob metallarni qazib olishga investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Xorijdan qaytgan migrantlar uchun Reintegratsiya markazlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda
20 may 2022, 10:21

Xorijdan qaytgan migrantlar uchun Reintegratsiya markazlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident qarori loyihasiga muvofiq, tuman va shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari huzurida xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarining Reintegratsiyasi markazlarini tashkil etish taklif etilmoqda. Markazlar migrantlarga ish topish, o‘z biznesini boshlash, subsudiya va imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashadi.

«O‘z uyimizni yoqib yubormasdan turib, qayta tiklanuvchi energiyaga o‘tishimiz kerak» — Antoniu Guterrish
20 may 2022, 09:36

«O‘z uyimizni yoqib yubormasdan turib, qayta tiklanuvchi energiyaga o‘tishimiz kerak» — Antoniu Guterrish

Ekstremal ob-havo holati — Yerdagi iqlim o‘zgarishining kundalik «yuzidir», deyiladi Jahon meteorologiya tashkilotining yangi hisobotida. Global energiya ishlab chiqarishni zudlik bilan o‘zgartirish orqaligina iqlim halokatining oldini olish mumkin. BMT qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish rejasini taklif qildi.

Deputat Twitter bloklanishi sababi yuzasidan so‘rov yubordi
20 may 2022, 08:51

Deputat Twitter bloklanishi sababi yuzasidan so‘rov yubordi

Deputat Rasul Kusherbayev «O‘zkomnazorat» ga Twitter bloklanishini asoslantirilgan holda tushuntirib berish va tarmoqdan cheklovni olib tashlash choralarini ko‘rish masalasida so‘rov kiritdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi cheklovlarning ijobiy tarafidan salbiy oqibatlari ko‘proq.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting