Arxiv

O‘zMUda yo‘qolgan qo‘lyozma va toshbosma asarlar ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
11 oktabr 2022, 17:42

O‘zMUda yo‘qolgan qo‘lyozma va toshbosma asarlar ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

O‘zbekiston Milliy universiteti kutubxonasidan yo‘qolgan 100 dan ortiq, umumiy qiymati 2,6 mlrd so‘mga teng noyob qo‘lyozma va toshbosma asarlar ishi yuzasidan sud hukmi o‘qildi. Sudlanuvchi (ayol kishi) 5 yilga qamaldi, qolaversa, 2 yilga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlashi taqiqlandi.

O‘zbekiston va Gayana Kooperativ Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi
11 oktabr 2022, 17:37

O‘zbekiston va Gayana Kooperativ Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi

10 oktabr kuni Nyu-Yorkda O‘zbekiston va Gayana Kooperativ Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommunike imzolandi. Bu orqali O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan davlatlar soni 142 taga yetdi.

Qizlarning STEM va IT sohalarida o‘qishiga investitsiya kiritish juda muhim — UNIСEF
11 oktabr 2022, 17:04

Qizlarning STEM va IT sohalarida o‘qishiga investitsiya kiritish juda muhim — UNIСEF

O‘zbekiston va butun MOda salbiy me’yorlar va gender stereotiplar tufayli qizlar STEM va IT sohalarida o‘qishda kam ishtirok etyapti yoki umuman bundan chetda qolyapti, deyiladi UNIСEF bayonotida. Tashkilot sohadagi gender tafovutni kamaytirish va imkoniyatlarni kengaytirishga sarmoya kiritishga chaqirdi.

Toshkent ramzlariga chizgilar: Chorsudagi “ovqat bozori”
11 oktabr 2022, 17:00

Toshkent ramzlariga chizgilar: Chorsudagi “ovqat bozori”

Chorsudagi “ovqat bozori” — Toshkent haqidagi hikoyalarning eng asosiy syujetlaridan biri. Bu yerdagi eski shahar muhiti mahalliy oshpazlar bilan chambarchas bog‘liq, ularning aksariyati bir necha o‘n yillardan buyon shu joyda mehnat qilmoqda. “Gazeta.uz” Toshkentning asosiy ramzlaridan biri haqida hikoya qiladi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
11 oktabr 2022, 16:20

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,23 so‘mga qimmatlab, 11 084,06 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa pasaydi.

«Endi shu bilan yashashni ayting». BMW haydovchisi ikki kishi o‘limiga sababchi bo‘lgan avariya haqida
11 oktabr 2022, 16:01

«Endi shu bilan yashashni ayting». BMW haydovchisi ikki kishi o‘limiga sababchi bo‘lgan avariya haqida

Toshkentning Maxtumquli ko‘chasida ikki kishining o‘limi bilan bog‘liq avariyaga sababchi bo‘lgan BMW haydovchisi voqea haqida so‘zlab berdi. Biroq telekanallarda efirga uzatilgan intervyuda u katta tezlikda harakatlangani va xavfli «manyovr»lar qilgani haqida biror so‘z aytmadi.

Jahon bojxona tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda
11 oktabr 2022, 15:34

Jahon bojxona tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda

DBQ raisi Akmalxo‘ja Mavlonov Belgiyada Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriya bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida tomonlar kadrlar tayyorlash, tashkilotning hududiy markazlarida Bojxona institutining professor-o‘qituvchilari uchun muntazam amaliyotlarni yo‘lga qo‘yish kabi takliflarni ilgari surdi.

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi o‘zbekistonliklarni Ukrainani tark etishga chaqirdi
11 oktabr 2022, 13:24

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi o‘zbekistonliklarni Ukrainani tark etishga chaqirdi

Ukraina shaharlariga raketa hujumlari kuchaygani ortidan O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi vatandoshlarni Ukrainani tark etishga va bu mamlakatga safar qilishdan tiyilishga chaqirdi.

Piramit o‘zining bir yilligiga maxsus syurpriz tayyorladi
11 oktabr 2022, 13:00

Piramit o‘zining bir yilligiga maxsus syurpriz tayyorladi

Toshkentning yangi uchrashuv makoniga aylangan va investorlar hayotini yengillashtirishga mo‘ljallangan Piramit Tower o‘zining bir yilligiga maxsus syurpriz tayyorladi. Loyiha yangi Piramit Plan bilan o‘zining xosligiga yangi xususiyatlar qo‘shdi.

Chekinishga haqqimiz yo‘q
11 oktabr 2022, 12:00

Chekinishga haqqimiz yo‘q

1990 yillarda filologiya fanlari nomzodi M. Mirtojiyev shunday deb yozgandi: «O‘zbek tilida o‘qitiladigan chet institutlari va fakultetlarida o‘zbek tili fan sifatida o‘qitilmaydi. Bunda chet tilini unga qiyosan o‘rganish manfaatliroq ekanligi hisobga olinmadi. Axir odamlar ona tili bazasida mushohada qiladi».

Qamchiq dovonida VOLVO ikkita yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi
11 oktabr 2022, 11:54

Qamchiq dovonida VOLVO ikkita yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi

Qamchiq dovonida VOLVO rusumli yuk mashinasi xaydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi 2 ta Isuzu`ga borib urildi. Yuk mashinalarining birida yong‘in chiqdi. FVV xodimlari va qutqaruvchilar yong‘inni o‘chirib, jabrlangan 3 nafar haydovchini shifoxonaga yubordi.

Samarqand va Toshkentda qariyb 2,4 mlrd so‘m kredit mablag‘lari o‘zlashtirilgani aniqlandi
11 oktabr 2022, 11:22

Samarqand va Toshkentda qariyb 2,4 mlrd so‘m kredit mablag‘lari o‘zlashtirilgani aniqlandi

Samarqand viloyatida jami 1,9 mlrd so‘m, Toshkent shahrida esa 400 mln so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Gumonlanuvchilar — bank xodimlari va fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shaharsozlik normalari va qoidalari har 3−4 yilda qayta ko‘rib chiqiladi
11 oktabr 2022, 10:16

Shaharsozlik normalari va qoidalari har 3−4 yilda qayta ko‘rib chiqiladi

Hukumat qarori bilan 1 yanvardan shaharsozlik normalari va qoidalari kamida har 3−4 yilda qayta ko‘rib chiqiladi va zaruratga ko‘ra yangilab boriladi. Qurilish materiallari va jihozlariga oid standartlar faqat Qurilish vazirligi tomonidan qabul qilinadi.

Mahalliy elektromobil xaridi uchun olingan kredit foizining bir qismi qoplab beriladi
10 oktabr 2022, 23:33

Mahalliy elektromobil xaridi uchun olingan kredit foizining bir qismi qoplab beriladi

Prezident sohada tajribaga ega xorijiy kompaniya bilan qo‘shma korxona tashkil qilib, ommabop elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni topshirdi. Elektromobillarning narxi arzon bo‘lishi kerakligi, mahalliy elektromobil xaridi uchun olingan kredit foizining bir qismi qoplab berilishi ham belgilandi.

Toshkentda to‘rt kishi alkogoldan zaharlanib vafot etdi
10 oktabr 2022, 23:19

Toshkentda to‘rt kishi alkogoldan zaharlanib vafot etdi

Toshkentda so‘nggi ikki kun ichida to‘rt kishi spirtli ichimliklardan zaharlanishdan vafot etdi, bir kishi komada. Prokuratura xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

«Prezident tomosha qilib o‘tirganidan keyin yutqazishga haqqim yo‘q edi». Davlat Bobonov finaldagi g‘alabasi haqida
10 oktabr 2022, 22:16

«Prezident tomosha qilib o‘tirganidan keyin yutqazishga haqqim yo‘q edi». Davlat Bobonov finaldagi g‘alabasi haqida

Dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatining -90 kg vazn toifasida g‘olib bo‘lgan Davlat Bobonovga oltin medalni Shavkat Mirziyoyevning o‘zi taqib qo‘ydi. «Prezident tomosha qilib o‘tirganidan keyin yutqazishga haqqim yo‘q edi», — dedi Bobonov. «Gazeta.uz» final uchrashuvidan fotoreportaj tayyorladi.

Qirg‘izistonda O‘zbekiston bilan chegara chizig‘i bo‘yicha kelishuv shartlari ma’lum qilindi
10 oktabr 2022, 22:03

Qirg‘izistonda O‘zbekiston bilan chegara chizig‘i bo‘yicha kelishuv shartlari ma’lum qilindi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev mamlakat parlamentiga O‘zbekiston bilan chegara chizig‘i bo‘yicha kelishuv tafsilotlarini tushuntirib berdi. Qirg‘izistonga 19 ming ga dan ziyod yer, O‘zbekistonga esa Kampir-Obod suv ombori suv hududi o‘tadi. Suv ombori birgalikda boshqariladi

Toshkentda jamoat transporti brutto-shartnomalarga o‘tkazilmoqda. Bu nima degani?
10 oktabr 2022, 19:09

Toshkentda jamoat transporti brutto-shartnomalarga o‘tkazilmoqda. Bu nima degani?

Transport vazirligi jamoat transportini yangi modelga o‘tkazish bo‘yicha loyihani ishlab chiqmoqda, bunda shahar yo‘lovchi tashuvchiga xizmatlar sifati uchun haq to‘laydi. U ishga tushirilishi bilan Navoiy ko‘chasida avtobuslar uchun yo‘laklar joriy qilinadi. Mutaxassis Murod Obidov bu nima uchun zarurligini tushuntirdi.

Samarqandda triatlon bo‘yicha Osiyo Kubogi bo‘lib o‘tdi
10 oktabr 2022, 19:00

Samarqandda triatlon bo‘yicha Osiyo Kubogi bo‘lib o‘tdi

Triatlon bo‘yicha Osiyo Kubogida 25 davlatdan 70 nafar sportchi ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasidan besh nafar sportchi ishtirok etdi.

Sentabr oyining o‘zida 78 mingdan ziyod rossiyalik turist O‘zbekistonga keldi
10 oktabr 2022, 18:26

Sentabr oyining o‘zida 78 mingdan ziyod rossiyalik turist O‘zbekistonga keldi

Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, birgina sentabr oyining o‘zida 78,2 ming rossiyalik turist O‘zbekistonga keldi. Rasmiy statistika esa, yanvar-sentabr oylarida 3,6 mln nafar chet elliklar kelganini qayd etdi. Rossiyadan keluvchilarning maqomi va soni to‘g‘risida aniq raqamlar taqdim etilgani yo‘q.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting