Arxiv

«Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishga shoshilishning hojati yo‘q» — prezident
7 oktabr 2022, 11:29

«Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishga shoshilishning hojati yo‘q» — prezident

Prezident Konstitutsiyani isloh qilishda shoshilishning hojati yo‘qligini yana ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, taklif mualliflari «jamiyatda qanday rahbariyat bo‘lishidan qat’i nazar, qonun, Konstitutsiya himoyasida bo‘lish» tarafdori. Kerak bo‘lsa, o‘zgartirishlar aholi bilan yana bir bor kelishiladi, dedi Mirziyoyev.

O‘zbekistonda 7−18 oktabr kunlari Orient Silk Road Express nomli turistik charter poyezdi harakatlanadi
7 oktabr 2022, 10:53

O‘zbekistonda 7−18 oktabr kunlari Orient Silk Road Express nomli turistik charter poyezdi harakatlanadi

7−18 oktabr kunlari «Olmaota — Toshkent — Qamashi — Kitob — Samarqand — Xiva — Buxoro — Xo‘jand — Toshkent» yo‘nalishida bu yil ikkinchi marta Orient Silk Road Express nomli turistik charter poyezdi harakatlanadi. U Yevropa Ittifoqi va boshqa bir necha davlatlar sayohatchilariga xizmat ko‘rsatadi.

«Turkiston» va Hi-tech bank`ning litsenziyasi bekor qilindi
7 oktabr 2022, 10:42

«Turkiston» va Hi-tech bank`ning litsenziyasi bekor qilindi

Markaziy bankning 7 oktabrdagi tegishli qarorlari bilan «Turkiston» va Hi-tech bank`dan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar chaqirib olindi. Shuningdek, banklarni tugatish komissiyasi tarkibi tayinlandi. Omonatchilarining barcha mablag‘lari 2 oydan so‘ng to‘liq qaytariladi.

Surxondaryodagi bog‘chada 4 yoshli bola vafot etdi
7 oktabr 2022, 10:02

Surxondaryodagi bog‘chada 4 yoshli bola vafot etdi

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2018 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Bog‘cha direktori lavozimidan ozod etildi.

«Sijjak» dam olish maskani qayta sotuvga qo‘yildi
7 oktabr 2022, 09:47

«Sijjak» dam olish maskani qayta sotuvga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» oromgohi qayta auksion savdolariga qo‘yildi. Lotning boshlang‘ich narxi 71 mlrd so‘mni tashkil etadi. Aktiv yagona mulkiy majmua sifatida sotilishi ko‘zda tutilgan.

«Kamilovning Ukraina haqidagi nutqidan keyin iqtisodiy muammolar boshlandi» — Alisher Qodirov
7 oktabr 2022, 08:27

«Kamilovning Ukraina haqidagi nutqidan keyin iqtisodiy muammolar boshlandi» — Alisher Qodirov

Alisher Qodirov sobiq TIV rahbari Abdulaziz Kamilovning Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash haqidagi bayonotidan so‘ng O‘zbekistonda iqtisodiy muammolar paydo bo‘la boshlaganini aytdi. «O‘zbekistonning shimoldan okeanga ochilish yo‘nalishi bir haftaga maxsus falajlantirildi», — dedi u.

Surxondaryoda ilk bor anor festivali bo‘lib o‘tdi
6 oktabr 2022, 22:30

Surxondaryoda ilk bor anor festivali bo‘lib o‘tdi

Anorchilik meva-sabzavotchilikning «o‘sish nuqtalari»dan biri bo‘lgan Surxondaryoda ilk bor respublika anor festivali bo‘lib o‘tdi. Sherobodda yetishtirilgan anor eng katta meva sifatida tan olindi, uning vazni 1580 gramni tashkil etdi.

6 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
6 oktabr 2022, 22:13

6 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Sirdaryoda paxta dalasida uchrashuv o‘tkazgan prezident, paxtachilikda sharoitni yaxshilash uchun O‘zbekistonga $2 mln beradigan AQSh, Namangandagi maktabda o‘quvchilarning o‘qituvchiga qo‘l ko‘targani, Putinni «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlagan Mirziyoyev va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDH davlat rahbarlarining norasmiy sammitida qatnashadi
6 oktabr 2022, 21:19

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDH davlat rahbarlarining norasmiy sammitida qatnashadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktabr kuni Sankt-Peterburgda o‘tkaziladigan MDH davlat rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi. Tadbir kun tartibida «mintaqaviy sheriklikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan».

Tailandda erkak kishi bolalar markazida 38 kishini o‘ldirdi
6 oktabr 2022, 18:47

Tailandda erkak kishi bolalar markazida 38 kishini o‘ldirdi

Tailand shimoli-sharqida bolalar markaziga to‘pponcha va pichoq bilan qurollangan shaxs hujum qilishi oqibatida kamida 38 kishi, jumladan, 22 bola halok bo‘ldi. Erkak jinoyat sodir etgan joydan qochib ketgan, ma’lum qilinishicha, u xotini va bolasini ham o‘ldirib, so‘ngra o‘zini otgan.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Kampir-Obod suv omborini birgalikda boshqaradi
6 oktabr 2022, 18:34

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Kampir-Obod suv omborini birgalikda boshqaradi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston bilan Kampir-Obod (Andijon) suv omborini boshqarish uchun 50/50 ulushga ega qo‘shma korxona tashkil etilishini ma’lum qildi.

Dzyudo: Jahon chempionatining birinchi kunida ikki o‘zbekistonlik mag‘lubiyatga uchradi
6 oktabr 2022, 18:28

Dzyudo: Jahon chempionatining birinchi kunida ikki o‘zbekistonlik mag‘lubiyatga uchradi

Toshkentda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining 1-kunida O‘zbekiston vakili Dilshodbek Baratov -60 kg vazn toifasida bronza medali uchun bahsda qozog‘istonlik sportchiga imkoniyatni boy berdi. 48 kg vaznda Halima Qurbonova turkiyalik sportchini yengib, ikkinchi davrada Italiya vakiliga mag‘lub bo‘ldi.(Foto)

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti fransiyalik ayolga topshirildi
6 oktabr 2022, 17:44

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti fransiyalik ayolga topshirildi

Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi adabiyot bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofotini 88 yoshli fransuz yozuvchisi Anni Ernoga topshirdi.

Namangandagi maktabda o‘quvchilar o‘qituvchiga kuch ishlatdi
6 oktabr 2022, 17:16

Namangandagi maktabda o‘quvchilar o‘qituvchiga kuch ishlatdi

Kosonsoy tumanidagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Videodan boshqa bir o‘quvchi ustozining boshiga gultuvak otganini ham ko‘rish mumkin. XTV janjal o‘zaro kelishmovchilik oqibatida yuzaga kelganini ma’lum qildi. O‘quvchining onasiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Navoiyda bank xodimlari bankomatdan qariyb 100 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda
6 oktabr 2022, 16:47

Navoiyda bank xodimlari bankomatdan qariyb 100 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda

Navoiyning Navbahor tumanidagi «Turonbank» xodimlari bankomatga kirim qilish uchun ajratilgan mablag‘ning qariyb 100 mln so‘mini o‘zlashtirgani aytilmoqda. Hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti prognozini ijobiy baholadi
6 oktabr 2022, 16:08

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti prognozini ijobiy baholadi

Jahon banki 2022 yil uchun O‘zbekistonda YAIM o‘sishi prognozini 5,3 foizgacha yaxshiladi. Biroq 2023 yilda o‘sish 4,9% bo‘lishi tahmin qilinmoqda. Shuningdek, maqsadli ijtimoiy himoya dasturlari orqali qashshoqlik darajasi 2023 yilda 14,5 foizga, 2024 yilda esa 12,2 foizga tushishi kutilmoqda.

Farzand asrab olish uchun ruxsat etilgan yosh o‘zgartirilishi mumkin
6 oktabr 2022, 15:44

Farzand asrab olish uchun ruxsat etilgan yosh o‘zgartirilishi mumkin

Oila kodeksiga farzand asrab oluvchilar «kamida ikki yil birga nikohda yashagan shaxslar, shuningdek, 25 yoshga to‘lgan fuqarolar» bo‘lishi mumkinligi haqida o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda. Hozirda bola asrab olish faqat «voyaga yetgan fuqarolarga» ruxsat etilgan.

AQSh paxtachilikdagi mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun O‘zbekistonga $2 mln yo‘naltiradi
6 oktabr 2022, 15:39

AQSh paxtachilikdagi mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun O‘zbekistonga $2 mln yo‘naltiradi

AQSh Mehnat vazirligi O‘zbekistondagi paxta korxonalari salohiyatini xalqaro mehnat standartlari va munosabatlariga moslashtirish maqsadida $2 mln grant ajratadi.

Mirziyoyev Putinni «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
6 oktabr 2022, 15:26

Mirziyoyev Putinni «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi, qolaversa 70 yoshga to‘lgani uchun «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.

Coca-Cola futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga 30 ta yo‘llanma sovg‘a qiladi
6 oktabr 2022, 15:00 2

Coca-Cola futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga 30 ta yo‘llanma sovg‘a qiladi

Coca-Cola kompaniyasi soni cheklangan plastik idishlarni ishlab chiqardi, uning qopqog‘i ostidagi kod orqali futbol bo‘yicha 2022 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanmalar yutib olish imkoniyati mavjud.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting