Pishloq va kartoshkali chalpak, pishloq va ko‘katli dangasa pirojkalar, tovada pishirilgan pishloqli xachapuri, turkcha pogacha, pishloq va tvorogli kish, qatlamali xamirdan qilingan pishloq va ko‘katli o‘ramalar, pishloqli sloyka va boshqalar — Zira.uz mazali pishloqli pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Abdulaziz Kamilov va tashqi ishlar vaziri v. b. Vladimir Norov Turkmanistonning «Galkinish» («Tiklanish») ordeni bilan taqdirlandi. Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov esa O‘zbekistonning «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi. Marosim Ashxobodda bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina Mustaqilligi kuni bilan tabriklar ekan, «do‘st ukrain xalqiga tinchlik va farovonlik» tiladi. U ikki davlat o‘rtasidagi «an’anaviy ravishda do‘stlik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan» munosabatlar «bundan keyin ham rivojlanib borishiga» ishonch bildirdi.
Rossiya o‘zbekistonlik valyuta chayqovchilari ayriboshlovchi joyga aylandi, deb xabar bermoqda Rossiya OAV. O‘zbekistonliklar rublga o‘zbek so‘mini xarid qilib, so‘ngra dollarga almashtirib, RFga olib kelib, bu yerda yana rublga almashtirishmoqda. Bunday operatsiyalardan bir necha kunda 6% gacha foyda olish mumkin.
Qoraqalpog‘istonning yangi yetakchisi, Nukus voqealari sababini aytgan prezident, hamkasbini pichoqlab, 10 yilga qamalgan Madaniyat vazirligi xodimi, Quyi Chirchiqda xotinini kaltaklab, ertasi kuni o‘ldirib ketgan er, Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun OTMlarga kvota va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
Suriya prezidenti Bashar Asadning Samarqanddagi SHHT sammitiga tashrifi muhokama qilinmadi, dedi O‘zbekistonning SHHT ishlari bo‘yicha milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov. Avvalroq OAV uning sammit doirasida Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Quyi Chirchiqdagi 31 yoshli erkak rashk tufayli o‘z xotinini otasining uyida pichoqlab o‘ldirdi. «Gazeta.uz» tarmoqlar foydalanuvchilari ushbu xabarga bildirgan fikrlarni bir materialga jamladi. Kimdir bu qilmishi uchun unga eng og‘ir jazoni berish kerak desa, kimdir bunga tomoshabin bo‘lganlar ham aybdor demoqda.
AQSh O‘zbekistondagi fermer va o‘g‘it ishlab chiqaruvchilarga yordam ko‘rsatish uchun USAID agentligi orqali 2 mln dollar ajratadi. Yordamning maqsadi global oziq-ovqat inqirozi sharoitida mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Juma kuni Senatning navbatdagi yalpi majlisida ko‘rib chiqiladigan qonunlarning dastlabki muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik uchun javobgarlik belgilash masalasini ko‘rib chiqdi.
44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi, xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov «Gazeta.uz» bilan suhbatda bir kunda necha soat shug‘ullanishi, shaxmat doskasi ustida 6−9 soatni qanday o‘tkazishi, ovqatlanish ratsioni, uyqu miqdori, qolaversa, g‘alabadan keyin jamoa nimalar bilan mashg‘ul ekanini so‘zlab berdi.
Yosh o‘zbekistonllik san’atkor Shohrullo Abdullayev tomonidan Djeyson Derulo ustozligida yaratilgan «Alvido» treki musiqa platformalarida tinglash uchun mavjud.
Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida fuqaro mahalla hududidagi 15 sotix bo‘sh yerni 15 ming dollarga sotishga uringanlikda ayblanmoqda. Gumonlanuvchi mazkur yer maydonini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 10 ming dollarni olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Davlat organlarida blokcheyn texnologiyasini qo‘llash aholi turmush darajasini yaxshilash, tengsizliklarni kamaytirish va oldinga «sakrash»ga yordam beradi, deya yozadi YeIning O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska.
Termiz davlat muzey-qo‘riqxonasida olib borilgan o‘rganishlar davomida 58 nomdagi ashyolar muzey fondida yo‘qligi, 24 tasi o‘lchami, ishlanish uslubi va yaratilgan davri bo‘yicha mos kelmasligi aniqlandi. Keltirilgan zarar qiymati esa qariyb 3,5 mlrd so‘mga baholandi.
Sudyalar oliy kengashi sudyalarning sovg‘a olishini tartibga soluvchi nizomni tasdiqladi. Unga ko‘ra, sudyalar va ularning oila a’zolariga tekin xizmatlar yoki mol-mulkdan bepul foydalanish, qimmatbaho sovg‘alar olish taqiqlanadi. Nizomda ruxsat etilgan sovg‘a miqdori va javobgarlik masalasi ham belgilangan.
Quyi Chirchiq tumanidagi bog‘chada o‘z xotinini kaltaklagan erkak keyinchalik uni o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi. Bosh prokuratura jinoyat rashk sabab sodir etilganini aytmoqda. Gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tojikiston chegarasida koronavirus cheklovlari vaqtincha tiklandi. Mamlakatga kelganda, PZR test natijalarini yoki COVID-19 ga qarshi emlash sertifikatini taqdim etish kerak bo‘ladi.
Faqat qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun mamlakatdagi barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotasi ajratiladi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev juma kuni Jo‘qorg‘i Kengesdagi nutqi davomida.
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining yangi raisi etib Amanbay Orinbayev saylandi. U avvalroq IIV rahbari va Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. Prezident u o‘z lavozimida Qoraqalpog‘iston xalqiga sidqidildan xizmat qilishi va bildirilgan ishonchni oqlashi lozimligini ta’kidladi.
Vetnamda bo‘lib o‘tayotgan kadetlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani yangiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting