Arxiv

5−6 mart kunlari 440 nafar o‘zbekistonlik Ukrainadan evakuatsiya qilindi
6 mart 2022, 12:20

5−6 mart kunlari 440 nafar o‘zbekistonlik Ukrainadan evakuatsiya qilindi

28-fevraldan 5-martga qadar Ukrainadan Polsha orqali jami 3 685 nafar o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi. Polsha hududida 850 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qolayotgani aytilmoqda.

Visa va Mastercard Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatmoqda
6 mart 2022, 12:06

Visa va Mastercard Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatmoqda

Visa va Mastercard xalqaro to‘lov tizimlari Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatishlarini e’lon qildi. Agar ushbu tizimlarning kartalari Rossiyada chiqarilgan bo‘lsa, ular faqatgina mamlakat hududida ishlaydi. Biroq boshqa mamlakatlarda va xorijiy onlayn do‘konlarda ishlamaydi. Shuningdek, Rossiyadan tashqaridagi banklar chiqargan kartalar ushbu mamlakatda qabul qilinmaydi.

Toshkentda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha komissiya tashkil etilmoqda
5 mart 2022, 22:55

Toshkentda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha komissiya tashkil etilmoqda

Toshkentda jamoatchilik vakillari ham a’zo bo‘lgan Yo‘l harakati xavfsizligi komissiyasini tuzish rejalashtirilmoqda. Birinchi o‘rinda Vision Zero (nol o‘lim) konsepsiyasi asosida YTHlarda jarohatlanish va o‘lim holatlarini kamaytirish bo‘yicha dastur qabul qilinadi. Yagona organ — Yo‘l harakatini tashkil etish markazini tuzish ham ko‘zda tutilgan.

«Aeroflot», S7 va Smartavia xalqaro aviareyslarni bekor qildi
5 mart 2022, 21:21

«Aeroflot», S7 va Smartavia xalqaro aviareyslarni bekor qildi

Rossiyaning «Aeroflot», S7 Airlines va Smartavia aviakompaniyalari xalqaro reyslar to‘xtatilganini ma’lum qildi. Ular bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonnning bir qator shaharlariga parvozlarni amalga oshirar edi.

Ukrainadan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi — TIV
5 mart 2022, 18:29

Ukrainadan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi — TIV

5 martga qadar 14 ta aviareys bilan 3245 nafar o‘zbekistonlik Polsha orqali Ukrainadan evakuatsiya qilindi. Diplomatlar jang ketayotgan hududlardan ham fuqarolarni olib chiqishga harakat qilmoqda. Jumladan, hozirda Sumi viloyatidan 25 nafar talabani evakuatsiya qilish uchun «yashil yo‘lak» ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Polsha chegarasida uch nafar o‘zbekistonlik avariyaga uchradi, ulardan biri vafot etdi
5 mart 2022, 15:37

Polsha chegarasida uch nafar o‘zbekistonlik avariyaga uchradi, ulardan biri vafot etdi

Ukrainadan Polsha chegarasiga kiraverishda uch nafar o‘zbekistonlik yo‘l transport hodisasiga uchradi. O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanovning ma’lum qilishicha, ulardan biri vafot etgan, qolgan ikki nafari esa Lvovdagi shahar kasalxonasiga yotqizilgan.

Uchquduq tuman hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
5 mart 2022, 15:21

Uchquduq tuman hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Antikorrupsiya agentligi Uchquduq tuman hokimining sobiq o‘rinbosari va boshqalar 33 nafar fuqaroni «Yo‘lchilar», «Ko‘kpatas» va «Ko‘kayaz» mahallalarida 3 yil davomida yashaganligi to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ulardan 25 nafari OTMga davlat granti asosida kirishiga sababchi bo‘lganini ma’lum qildi. Davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgani uchun mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Rossiya O‘zbekistondan pomidor va qalampir olib kirishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi
5 mart 2022, 14:56

Rossiya O‘zbekistondan pomidor va qalampir olib kirishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi

Rosselxoznadzor 2020 yildan beri amalda bo‘lgan taqiqni bekor qilib, Rossiyaga 9 ta davlat qatorida O‘zbekistondan ham pomidor va qalampirni olib kirishga ruxsat berdi.

«Umidani chaqiring». Ayollarni ko‘cha ta’qibidan himoya qilish bo‘yicha loyiha ishga tushirildi
5 mart 2022, 12:45

«Umidani chaqiring». Ayollarni ko‘cha ta’qibidan himoya qilish bo‘yicha loyiha ishga tushirildi

Toshkentda «Umidani chaqiring» ijtimoiy loyihasiga start berildi. Bu ibora bilan ko‘cha ta’qibiga uchragan har qanday qiz yoki ayol ovqatlanish shoxobchalari, do‘konlar va boshqa muassasalarga yordam so‘rab murojaat qilishlari mumkin. Loyiha BMT taraqqiyot dasturining tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.

Samarqandda «Madaniyat markazi» binosining tomi kuchli shamolda qulab tushdi
5 mart 2022, 11:31

Samarqandda «Madaniyat markazi» binosining tomi kuchli shamolda qulab tushdi

Kattaqo‘rg‘on shahrida kuzatilgan kuchli shamol tufayli Madaniyat va istirohat bog‘idagi «Madaniyat markazi» hamda «Go‘zalkent» mahallasidagi turar-joy binolarining tomi qulab tushdi. Buning oqibatida avtomobillarga ham zarar yetgan.

Migrantlarning qaramog‘idagi ayrim fuqarolarga 540 ming so‘mdan bir martalik yordam beriladi
5 mart 2022, 10:40 4

Migrantlarning qaramog‘idagi ayrim fuqarolarga 540 ming so‘mdan bir martalik yordam beriladi

Prezident qarori bilan boquvchisi xorijga ishlashga ketgan va «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» ro‘yxatida turgan fuqarolarga 540 ming so‘mdan bir martalik yordam beriladi. Ularning nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravasi, eshitish apparati va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun 1,3 mln so‘mdan yordam ham ko‘rsatiladi. Qolaversa, daftarlardan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi bilan ishlashga ketganlarga 10 mln so‘mgacha mikroqarz taqdim etiladi.

Nima tayyorlaymiz: yengil salatlar
5 mart 2022, 10:25

Nima tayyorlaymiz: yengil salatlar

«Smak», loviyali, maroqandcha, meksikancha, ozdiruvchi, qisqichbaqa tayoqchalaridan tayyorlanadigan, tovuq go‘shti va makkajo‘xorili — Zira.uz yengil salatlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Rossiya Facebook va Twitter`ni bloklashni boshladi
5 mart 2022, 09:58

Rossiya Facebook va Twitter`ni bloklashni boshladi

Roskomnadzor «Rossiya OAVlari diskriminatsiyasi» tufayli Facebook ijtimoiy tarmog‘iga kirishni bloklashni boshladi. Twitter ham taqiq ostida qoldi.

Bir oyda talabalar turar joyi masalasida o‘zgarish qilmagan hokim va OTM rektori ishdan olinadi — prezident
5 mart 2022, 09:31

Bir oyda talabalar turar joyi masalasida o‘zgarish qilmagan hokim va OTM rektori ishdan olinadi — prezident

Prezident Andijon, Samarqand va Toshkent shahridan tashqari boshqa hududlarda talabalar uchun yotoqxona qurish ishlari boshlanmaganini tanqid qildi. Qolaversa, ijarada turuvchi talabalarga subsidiya berish uchun rektorlarga o‘tgan 2 oyda 24 mlrd so‘m berilgani, biroq, atigi 5 mlrd so‘m ishlatilgani aytildi. «Bir oy ichida o‘zgarish qilmagan hudud rahbari va oliygoh rektori ishdan olinadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Oksana Chusovitina Doxada oltin medalni qo‘lga kiritdi
4 mart 2022, 23:55

Oksana Chusovitina Doxada oltin medalni qo‘lga kiritdi

Doxada o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogida Oksana Chusovitina tayanib sakrashda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Polsha prezidenti chegarada O‘zbekiston fuqarolari bilan suhbatlashdi
4 mart 2022, 23:37

Polsha prezidenti chegarada O‘zbekiston fuqarolari bilan suhbatlashdi

Ukraina-Polsha chegarasidagi «Karchova» nazorat-o‘tkazish punkti yaqinidagi to‘planish nuqtasiga Polsha prezidenti Anjey Duda tashrif buyurdi. U O‘zbekiston diplomatlari va fuqarolari bilan suhbatlashib, ularni qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tdi.

4-mart kuni O‘zbekistonda jismoniy shaxslar 86,5 mlnlik rubl xarid qildi
4 mart 2022, 22:30

4-mart kuni O‘zbekistonda jismoniy shaxslar 86,5 mlnlik rubl xarid qildi

Juma kuni jismoniy shaxslar banklardan 86,5 mlndan ortiq miqdorda Rossiya rubli xarid qilgan bo‘lsa, 7,3 mln miqdorida rubl sotishgan. 3−4 mart kunlari o‘zbekistonliklar tomonidan banklardan jami 146,7 mln miqdorida Rossiya rubli sotib olindi va 12,8 mln rubl sotildi. Oradagi farq 11 barobardan ortiqroqni tashkil etdi.

4 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
4 mart 2022, 22:00

4 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Ukrainadan evakuatsiya qilingan talabalar o‘qishini O‘zbekistonda davom ettirishi, rublning so‘mga nisbatan kursini mustaqil belgilayotgan tijorat banklari, davlat tashkilotlarida ishlashiga ruxsat berilgan talabalar, Yaponiyaga 5 yildan keyin oilasini ham olib ketishi mumkin bo‘lgan maxsus maqomdagi migrantlar va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 4 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Avtomobillarni qayta sotuvchilarga yetkazib berish muddati 120 kunga uzaytiriladi — UzAuto Motors
4 mart 2022, 21:24

Avtomobillarni qayta sotuvchilarga yetkazib berish muddati 120 kunga uzaytiriladi — UzAuto Motors

UzAuto Motors yangi avtomobillariga shartnoma tuzish boshlangan ilk kundayoq, sotilgan mashinalarning 52 foizi qayta sotish ehtimoli bilan xarid qilinganini ma’lum qildi. Xususan, bir shaxs tomonidan 35 ta avtoulovga shartnoma tuzilgani aniqlandi. Kompaniya qayta sotuvchilar uchun yetkazib berish muddatini yana 120 kunga oshirishini eslatib o‘tdi.

Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini O‘zbekistondagi OTMlarda davom ettirishi mumkin
4 mart 2022, 20:10

Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini O‘zbekistondagi OTMlarda davom ettirishi mumkin

Prezident videoselektorda Ukrainadan evakuatsiya qilingan talabalar O‘zbekistondagi OTMlarda o‘qishini davom ettirishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilishini ma’lum qildi. «Ukraina oliygohlarida 370 dan ziyod yoshlarimiz ta’lim olmoqda va shundan 200 ga yaqini Vatanga qaytarildi. Qolganlarini ham yaqin 1 haftada qaytarish uchun barcha choralarni ko‘rayapmiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting