Chorshanba kuni O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi 2 mln 257,6 ming doza Moderna vaksinasini qabul qilib oldi.
Deputatlar yo‘llarda fuqarolar manfaatlarining ustuvorligini ta’minlash, ekologiyani muhofaza qilish, piyoda va velosiped harakatiga sharoit yaratishni nazarda tutuvchi «Yo‘l harakatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. «Bundan buyon avtomobil haydashning o‘zi bo‘lmaydi. Mas’uliyat bir emas, o‘n baravar oshadi», — dedi Rasul Kusherbayev.
Apple kompaniyasi iPhone SE, iPad Air va boshqa yangi mahsulotlari taqdimotini o‘tkazdi. Yangilangan iPhone SE smartfoni endi A15 Bionic protsessoriga ega. Taqdim etilgan yangi iPad Air esa MacBook kompyuterlarida o‘rnatilgan M1 protsessoriga ega bo‘ldi. Shuningdek, kompaniya o‘zining barcha kompyuterlaridan kuchliroq deb hisoblaydigan MacStudio`ni ham namoyish qildi.
Ozoda Parpibayeva Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, Ra’no Turdiboyeva va Nodira Egamberdiyeva qo‘mita raisining o‘rinbosarlari bo‘ldi.
Poytaxt aholisi xotin-qizlarni bayram bilan qanday tabriklayotgani haqida «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam fotoreportajida.
Sodiqjon Turdiyev Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Prezident administratsiyasi mas’ul xodimi Abdulla Tursunov va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Muxtor Muhitdinovlar vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
7-mart kuni 27 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu so‘nggi 12 oy ichidagi eng past ko‘rsatkich.
Muzokaralarning uchinchi bosqichi yakuniga ko‘ra, Rossiya tomoni gumanitar yo‘laklar ishlay boshlashiga umid bildirdi. Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy muzokaralarda kutilgan natijalarga erishilmaganini ta’kidladi. Ukraina delegatsiyasi vakili Mixail Podolyak Ukraina tomoni ham oldingi siljishni ko‘rmayotganligini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev global bozorlardagi narxlarning keskin tebranishini hisobga olib, ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash, aholini yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash lozimligini ta’kidladi. Hududlar rahbarlariga oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini shakllantirish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, tovarlarni eksportga yetkazishda logistika masalalarini tezkor hal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
2022 yil 1 yanvar holatida O‘zbekistondagi mehnat resurslari soni 19 million 345 ming kishini tashkil etdi. Mamlakatda 1 million 441,8 ming kishi ishga muhtoj bo‘lib, ishsizlik darajasi 9,6 foizga yetdi. Yoshlar orasida ishsizlik darajasi 15,1 foizni, ayollar orasida esa 13,3 foizni tashkil etdi.
Polshaning Katovitse aeroporti orqali Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar soni 4787 nafarga yetdi. Moldovada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlanganligi aytildi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Nazirjon Nazirov o‘z lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rniga Ozoda Jurayeva tayinlandi.
Tadbirkor Zafar Hoshimovning ta’kidlashicha, Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi mojaro natijasida logistika, bank ishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi muammolar va rubl kursi qadrsizlanishi O‘zbekiston iqtisodiyoti va mehnat muhojirlariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Biroq, tadbirkor bu holat O‘zbekistonda turizm va aviatsiyani rivojlantirish, yuqori malakali kadrlarni jalb qilish kabi imkoniyatlarni ham taqdim etishi mumkinligini ta’kidladi. Zafar Hoshimov bunday sharoitda O‘zbekiston nimalar qilishi kerakligi haqidagi mulohazalari bilan bo‘lishdi.
Ukrainadandan evakuatsiya qilingan 4359 nafar o‘zbekistonlik, «Olmaliq KMK» dan 117,5 mln so‘mlik qimmatbaho metallarni o‘g‘rilashga uringanlar, tuman hokimi bo‘lgan birinchi hokim yordamchisi, talaba qizlarga 7 yil muddatga beriladigan foizsiz ta’lim krediti, koloniyada turib 31 kishi bilan Suriyaga ketishni rejalashtirgan sirdaryolik mahkum va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 7 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Surxondaryodagi To‘palang daryosi qirg‘og‘idan Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davriga oid mis tangalar topildi. Tangalarning bet tarafida «Samarqand», «Adliyya» so‘zlari, hijriy 823 va 832 kabi zarb qilingan yillari aks etgan.
RF hukumati Rossiyaga nisbatan nodo‘stona xatti-harakatlar sodir etgan davlatlar va hududlar ro‘yxatini tasdiqladi. Unga ko‘ra, Rossiya kompaniyalariga nodo‘st davlatlardan bo‘lgan kreditorlar qarzlarni RF MB kursi bo‘yicha rublda qaytarish huquqiga ega bo‘ldi.
Rublning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 19,21 so‘mga pasayib, 79,89 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro kursi 12 000 so‘mdan va dollar kursi esa 10 900 so‘mdan pasaydi.
Londonning ICE birjasida aprel oyi uchun ming kubometr gazning fyuchers narxlari 3950 dollargacha ko‘tarildi. Bir soat ichida narxlar 1000 dollarga pastladi va ayni paytda 2900 dollar atrofida bo‘lib turibdi.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga harbiy hujumi boshlanganidan beri 364 nafar tinch aholi, shu jumladan 25 nafar bolaning halok bo‘lgani tasdiqlandi. So‘nggi kunlarda Xarkov, Vinnitsa va Nikolayev shaharlari hujum oqibatida zarar ko‘rdi.
Uzcard 7 martdan «Mir» to‘lov tizimi kartalarini qabul qilish tiklanganini ma’lum qildi. To‘lov tizimi kartalari Uzcard tizimi hamkor banklarining barcha qurilmalari tomonidan qabul qilinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting