O‘zbekiston TIV Surxondaryo viloyatidagi Payg‘ambar orolida Afg‘oniston fuqarolari bilan sodir bo‘lgan hodisada har ikki tomondan ham qoidabuzarliklar sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Shuningdek, hodisada ikki kishi halok bo‘lgani, olti kishi jarohatlangani aytildi.
Samarqandda SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti uchun qurilgan «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro sayyohlik markazi ochilmoqda. Prezident tantanali marosimda ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, aholi yashash joylaridagi qarovsiz daraxtlarni parvarishlashga temir, ayollar va yoshlar daftarlariga kiritilgan ishsiz fuqarolar haq evaziga jalb qilinadi. Qolaversa, 100 yoshdan oshgan daraxtlar tabiat yodgorligi sifatida himoyaga olinadi va atrofi 1,2 metrlik panjara bilan o‘rab qo‘yiladi.
HSL kompaniyasi O‘zbekiston va boshqa davlatlar o‘rtasida avtomobil, temir yo‘l va havo transportida yuk tashishni amalga oshiradi.
Surxondaryoning Sariosiyo tumanida fuqaro fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydonidan 22 sotix qismini 17,6 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hukumatning tegishli qarori bilan Ekoqo‘mita huzurida havo ifloslanishini kamaytirish, oqova suvlarni tozalash va maishiy chiqindilarni qayta ishlash, shuningdek, atrof-muhitning bugungi holatini o‘rganishning yangi usullarini ishlab chiqadigan ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.
Hukumat qarori bilan mualliflik huquqi obyektlarining elektron nazorat nusxalarini yagona bazada saqlash tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, yagona bazani yuritish, texnik ta’minlash hamda obyektlarning elektron nazorat nusxalarini bazaga kiritish vazifalari «Intellektual mulk markazi»ga yuklatildi.
Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan aralash jang san’atlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Uzbekistan Airways 12−20−sentabr kunlari Toshkent, qolaversa, Rossiya, Qozog‘iston va Turkiyadan Samarqandga amalga oshirilishi rejalashtirilgan bir nechta reyslarni bekor qildi. Aviakompaniya buni Samarqand xalqaro aeroportidagi texnik sabablar bilan izohladi.
Sirdaryoning Oqoltin tumanida gaz balloni portlagan Isuzu avtobusi bo‘yicha «O‘zavtosanoat» va boshqa mas’ul xodimlar tekshiruv o‘tkazdi. Unga ko‘ra, gaz ballonlar avtobus konstruksiyasiga o‘zgartirish kiritilgan holda o‘rnatilganligi aniqlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda, ISH.UZ xodimlarni qidirish va tanlash vaqtini qisqartiradi, shuningdek, kompaniyaning kadrlar bo‘limi samaradorligini oshiradi.
Prezident tomonidan 2022−2023 yillarda AKT sohasini rivojlantirishga doir qaror imzolandi. Unga muvofiq, 2023 yildan boshlab sohadagi startaplar rivoji uchun mukofot jamg‘armasi 1 mln dollar bo‘lgan prezident sovrini uchun tanlov o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda bolalar uyi bittaga kamaydi. Turli mojarolar bilan ishlab kelgan Toshkentdagi 21-sonli mehribonlik uyi faoliyati to‘xtatildi. Uning tarbiyalanuvchilari esa 22-sonli muassasaga o‘tkazildi.
Hukumat qaroriga muvofiq, daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun daraxt va butalarni kompensatsiya tarzida ekish jarimalardan ozod etmasligi belgilandi. Qolaversa, yil oxirigacha qarovsiz qolgan daraxtlar xatlovdan o‘tkazilib, yaqin hududdagi mulkdorlarga biriktirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Senator Baxtiyor Sayfullayevning fikricha, «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinganiga qariyb 15 yil bo‘ldi, unda 10 dan ortiq havolaki norma mavjud. Qolaversa, unda bolani tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlar ham nazarda tutilmagan. Shu bois, qonunni qayta ko‘rib chiqish taklif etilmoqda.
Magistraturaga kirish uchun topshirilgan 10 mingdan ziyod arizalar ko‘rib chiqilib, 5219 tasi qabul qilindi, deb xabar berdi Oliy ta’lim vazirligi. Ular orasida xorijiy til sertifikatiga egalar — 4582 tani tashkil etadi.
Yosh muxbirlar Invento The Uzbek International School haqida videolavha tayyorlashdi va vaqtlarini qayerda o‘tkazishlar haqida so‘zlab berishdi.
Hokimlar mulk huquqiga oid qarorlarni bekor qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilk bor xato qilgan kichik biznes vakillari jazolanmaydi, SSP tubdan o‘zgaradi, QQS 12 foizga tushiriladi — «Gazeta.uz» Shavkat Mirziyoyev ishbilarmonlar bilan uchrashuvda e’lon qilgan eng muhim o‘zgarishlarni taqdim etadi.
Interpol qidiruvidagi shaxs Sankt-Peterburgda qo‘lga olindi. Gumonlanuvchi ikki barobar ko‘proq daromad olishni va’da qilib, fuqarolarning plastik kartalaridan o‘z hisobiga pul mablag‘lari o‘tkazgan. Shundan so‘ng, va’dasini bajarmasdan qochib ketgan. Hozirda uning O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi kutilmoqda.
DXX Chegara qo‘shinlari Surxondaryo viloyatida Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan 24 nafar Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ularning Amudaryo o‘rtasidagi Payg‘ambar oroliga qizilmiya ildizini qazib olishga o‘tgani aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting