Samarqandda to‘rt kishi «Hizb ut-Tahrir» ekstremistik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qilish, mamlakatdagi konstitutsion tuzumni ag‘darib, xalifalik davlatini tiklashga uringanlikda gumonlanmoqda. Ularni Polshada yashiringan tashkilot yetakchilaridan biri boshqargani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yengil avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari o‘zgarishi bo‘yicha tushuntirish: yangi tartib 1 iyuldan emas, balki 1 sentabrdan kuchga kiradi. Bu yo‘lovchilarni tijoriy tashish uchun foydalaniladigan transport vositalariga taalluqli emas.
Markaziy saylov komissiyasi Konstitutsiyaviy referendum o‘tkazish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yubordi. Iyul-avgust oylarida 944 nafar trener 140 mingdan ortiq uchastka-okrug komissiya a’zolarini referendum o‘tkazish qoidalari bo‘yicha o‘qitishi rejalashtirilmoqda.
Adabiyotshunos olim, professor Ibrohim Haqqul 73 yoshida vafot etdi. U Abdulhamid Cho‘lpon, Xoja Ahmad Yassaviy va boshqa arboblarning asarlarini o‘quvchilarga yetkazgan, qolaversa, rus tilidagi ikki jildlik «Istoriya uzbekskoy literaturы» kitobining mualliflaridan biri hisoblanadi.
1 iyuldan bo‘sh turgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalari qo‘llanilmaydi, qolaversa, QQS ma’murchiligi ham soddalashtiriladi. 2023 yilning mart oyigacha «E-aktiv» ga ma’lumotlarni kiritish ixtiyoriy bo‘ladi.
Energetika vazirligi davlat kafolatlarini berishni qisqartirish hamda tavakkal qilib, elektr stansiyalarini quradigan xususiy investorlarni jalb qilish maqsadida energetika tizimida erkin bozor yaratmoqda, deya ma’lum qildi Energetika vazirligining loyiha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.
Bokuda bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotining XI sessiyasida Xiva 2024 yil «Islom dunyosining turizm poytaxti» deya e’lon qilindi.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov rektor etib tayinlandi. OTMning 3 — 4-bosqich talabalari haftada uch kuni O‘zbekiston-Koreya to‘qimachilik texnoparki amaliy o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadilar.
JARda korrupsiya ishi bo‘yicha ayblanib, ta’qib qilib kelingan va AQSh moliya vazirligi tomonidan sanksiyalar qo‘llanilgan hamda O‘zbekistonda yirik biznes loyihalarini amalga oshirayotgan aka-uka Guptalar BAAda qo‘lga olindi.
Yil boshidan beri 65 kishi suvga cho‘kib, halok bo‘ldi, shuning yarmini voyaga yetmaganlar tashkil etmoqda. Qolaversa, 12 kishi suzish vaqtida, 26 kishi esa ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kkan. FVV vakili «Gazeta.uz» ga cho‘kish holatlari, sabablari va cho‘kayotganlarni qanday qutqarish zarurligi haqida so‘zlab berdi (video).
Markaziy Osiyoning beshta davlati ombudsmanlari mintaqada inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ikkita hujjatni imzoladi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston ip-kalavani tayyor mahsulotgacha qayta ishlash darajasi pastligi oqibatida yiliga 9 mlrd dollar yo‘qotayotganini ma’lum qildi. Shuning uchun prezident mahsulot ishlab chiqarish rejasini har bir viloyat, tuman va shahar, qolaversa, klaster kesimida belgilashni joriy etdi.
UzAutoMotors anomal issiqda mashinalarni quyosh nuridan saqlash, unga yoqilg‘i quyish, motorlarini asrash, havo harorati ta’sirini kamaytirish va boshqalar bo‘yicha tavsiyalar berdi.
1 iyuldan avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish to‘lovlari bekor qilindi, old yon oynalarni esa 2,4 mln so‘m etib belgilandi. Mazkur tartib prezident qarori bilan rasman tasdiqlandi.
«Tinchlik» metro bekatining 2-vestibyulida issiq suv quvurlaridan suv sizib chiqishi holati sodir bo‘ldi. Shu bois bekatning bir qismi vaqtincha yopildi va muammolar bartaraf etilmoqda, deb ma’lum qildi Toshkent metropoliteni.
Prezident ayrim hokimlar klasterlarni kun davomida majlis va boshqa ishlarga jalb etayotganini tanqid qildi. Shunga ko‘ra, u hokimlarga klasterlarning ichki ish faoliyatiga aralashishni taqiqladi. Qolaversa, endi bitta tumanda ko‘pi bilan ikkita klaster tashkil etishga ruxsat beriladi, hozirgacha uchta edi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 22,97 so‘mga arzonlab, 10 800,55 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa ko‘tarildi.
Ijtimoiy fikr markazi o‘tkazgan so‘rovnomada respondentlarning 83 foizi «konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashi va zamonaviy sharoitlarda Konstitutsiyani takomillashtirish zaruriyatini e’tirof etishini» ma’lum qildi. 47,2% respondent esa Bosh qonunni takomillashtirishda ishtirok etishni xohlaydi.
O‘zbekiston yil boshidan beri Xitoyga $1 mlrddan ortiq qiymatdagi tovarlarni eksport qildi, keyingi o‘rinlarni Rossiya ($939,4 mln) va Turkiya ($741,4 mln) egalladi. Import ko‘rsatkichida ham Xitoy ($2,7 mlrd) va Rossiya ($2,3 mlrd) mamlakatning eng samarali hamkorlari qatorida qoldi.
Samarqandda istiqomat qiluvchi 29 yoshli ayol uksus kislotasidan zaharlanishi oqibatida vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda u o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda. Bosh prokuratura tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘z nazoratiga oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting