Arxiv

Pokistonda yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi
22 may 2020, 17:04

Pokistonda yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi

Pokistonda ichki reysni amalga oshirayotgan samolyot aholi yashaydigan hududga qulab tushdi. Samolyotda kamida 90 nafar yo‘lovchi bo‘lganligi aytilmoqda.

AQSH koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga qo‘shimcha $3 mln ajratadi
22 may 2020, 16:44

AQSH koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga qo‘shimcha $3 mln ajratadi

AQSH hukumati COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga qo‘shimcha 3 million dollar ajratadi. Vashingtonning O‘zbekistonda koronavirusga qarshi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda ko‘rsatgan bevosita yordami ja’mi 5,92 mln dollarni tashkil etdi.

Sirdaryodagi tiklanish ishlari uchun Davlat byudjetiga 100 mln dollar ajratiladi
22 may 2020, 16:14

Sirdaryodagi tiklanish ishlari uchun Davlat byudjetiga 100 mln dollar ajratiladi

O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi qaytarib bermaslik asosida Davlat byudjetiga 100 mln dollar ekvivalentidagi mablag‘lar ajratadi. Bu mablag‘lar Sirdaryodagi suv toshqini oqibatida jabrlangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani tiklash chora-tadbirlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Dam olish kunlari issiq bo‘ladi
22 may 2020, 14:46

Dam olish kunlari issiq bo‘ladi

Dam olish kunlari issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat +35…+37, shimol, janub va cho‘l hududlarida esa +40 darajagacha ko‘tariladi. Shamol tezligi kuchayishi mumkin.

Buxorodagi oxirgi koronavirus bemorlari sog‘aydi
22 may 2020, 14:34

Buxorodagi oxirgi koronavirus bemorlari sog‘aydi

Buxoro viloyatida davolanayotgan so‘nggi 2 nafar COVID-19 bemori ham to‘liq sog‘aydi. Respublika bo‘yicha tuzalganlar soni 2438 nafarga yetdi.

Har bir sektorda “Kambag‘allikni qisqartirish shtabi” tashkil etiladi
22 may 2020, 14:11

Har bir sektorda “Kambag‘allikni qisqartirish shtabi” tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatidagi yig‘ilish davomida endilikda har bir sektorda “Kambag‘allikni qisqartirish shtabi” tashkil etilishini ma’lum qildi. Mazkur shtablarga iqtisodiyot, moliya, mehnat, investitsiya, soliq idoralari va bank vakillari biriktirilishi va ularning ish haqi miqdori erishilgan natijalarga bog‘liq bo‘lishi ta’kidlandi.

Buxoroda inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan pullar talon-taroj qilindi
22 may 2020, 14:04

Buxoroda inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan pullar talon-taroj qilindi

Buxoro viloyat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi va vrach-dezinfeksionisti inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan juda ko‘p miqdordagi pullarni talon-taroj qilgani aniqlandi.

Alisher Usmonov Zangiota tumanidagi ehtiyojmand oilalarga 2,51 mlrd so‘m ajratdi
22 may 2020, 13:27

Alisher Usmonov Zangiota tumanidagi ehtiyojmand oilalarga 2,51 mlrd so‘m ajratdi

Milliarder Alisher Usmonov Hayit bayrami arafasida Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 1004 ta ehtiyojmand oilaga 2,51 milliard so‘m miqdorida moddiy yordam ajratdi. Bu pullar har bir oilaga qariyb 2,5 million so‘mdan taqsimlab berildi.

Musulmonlar idorasi Hayit namozi bo‘yicha fatvo berdi
22 may 2020, 13:25

Musulmonlar idorasi Hayit namozi bo‘yicha fatvo berdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi pandemiya davrida Ramazon hayiti namozini o‘qish bo‘yicha fatvo berdi. Unga ko‘ra, jamoat bo‘lib o‘qish imkoniyati mavjud emasligi ushbu ibodatni mo‘min-musulmonlarning zimmasidan soqit qiladi.

Andijonda texnopark ish boshladi
22 may 2020, 12:55

Andijonda texnopark ish boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijonda yangi qurilgan Digital City texnoparki bilan tanishdi. Davlat rahbari bunday texnoparklarni mamlakatning boshqa hududlarida ham ochish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

750 ming Beeline abonentiga 100 mln so‘m yutib oldingiz degan mazmunda yolg‘on xabar yuborildi
22 may 2020, 12:42

750 ming Beeline abonentiga 100 mln so‘m yutib oldingiz degan mazmunda yolg‘on xabar yuborildi

Beeline Uzbekistan mobil operatorining 749 ming abonentiga 100 mln so‘m yutib olgani aytilgan yolg‘on xabar tarqatildi. Buning ortidan 1 mlrd so‘m daromad olgan MCHJ rahbariga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Turkiya O‘zbekistonga 50 ta sun’iy nafas olish uskunasini jo‘natdi
22 may 2020, 12:20

Turkiya O‘zbekistonga 50 ta sun’iy nafas olish uskunasini jo‘natdi

Turkiya hukumati O‘zbekistonga 50 ta sun’iy nafas olish uskunasini insonparvarlik yordami sifatida jo‘natdi.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturiga qo‘shimcha $100 mln ajratiladi
22 may 2020, 12:11

“Har bir oila — tadbirkor” dasturiga qo‘shimcha $100 mln ajratiladi

“Har bir oila — tadbirkor” dasturini moliyalashtirishga qo‘shimcha 100 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratiladi. Bu pullar tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar ajratish va ishbilarmonlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Koronavirus bemorlari soni 3000 nafardan oshdi
22 may 2020, 10:08

Koronavirus bemorlari soni 3000 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 39 nafarga ortib, jami 3006 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar karantindagilar (5), xorijdan kelganlar (6), Navoiyda (15), Samarqandda (13). Respublikada infeksiyadan 586 kishi davolanmoqda, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.

Fitr sadaqasi kimlarga beriladi?
22 may 2020, 09:00

Fitr sadaqasi kimlarga beriladi?

Fitr sadaqasi qachon va nima uchun, kimlar uchun va kimlarga, qachon va qancha miqdorda berilishi kerak?

Koronavirus yana 3 kishidan aniqlandi (jami — 2967)
21 may 2020, 23:35

Koronavirus yana 3 kishidan aniqlandi (jami — 2967)

O‘zbekistonda aniqlangan COVID-19 holatlari 3 taga oshib, jami 2967 taga yetdi. 20 ta holat aholi orasidan qayd etildi — koronavirusga chalingan 3 kishi 17 nafar oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga infeksiya yuqtirgan.

Ramazon hayiti 24 may kuni nishonlanadi
21 may 2020, 20:02

Ramazon hayiti 24 may kuni nishonlanadi

O‘zbekistonda Ramazon hayiti 24 may kuni nishonlanadi. Prezident ushbu bayramni nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Prezident 258 nafar mahkumni afv qildi
21 may 2020, 19:45

Prezident 258 nafar mahkumni afv qildi

Prezident Ramazon hayiti munosabati bilan jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 258 fuqaroni afv etdi. Afv etilganlarning 164 nafarini taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari tashkil etadi.

Andijonda yigirmata 7 qavatli, ikkita 16 qavatli uy barpo etildi
21 may 2020, 19:22

Andijonda yigirmata 7 qavatli, ikkita 16 qavatli uy barpo etildi

Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida barpo etilgan yigirmata 7 qavatli, ikkita 16 qavatli uylarni ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbari Andijon aholisining zichligini hisobga olib, bu hududda hamyonbop ko‘p-qavatli uylar qurilishi kambag‘allikdan chiqishga zamin yaratishini ta’kidlab o‘tdi.

Yana 14 ta koronavirus holati aniqlandi
21 may 2020, 17:11

Yana 14 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari 14 taga ko‘payib, 2964 taga yetdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting