25 iyundan boshlab «Toshkent-Volgograd-Toshkent» yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi qatnay boshlaydi. Kupe va platskartdagi joylar uchun chiptalar narxi belgilandi.
Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Kamilov davlat rahbarining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi.
Surxondaryoda kuyov to‘yda kelinni urgan voqeadan keyin Senatda maxsus Ishchi guruh tuzildi. Senatorlar xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Qolaversa, yigit va qizlarni to‘ydan oldin Oila markazlaridagi mashg‘ulot va davra suhbatlariga jalb etish taklifi bildirildi.
Prezident qarori bilan 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul yilda ikki marta — avgust va yanvar oylarida amalga oshiriladi. Kontrakt miqdori esa OTM tomonidan mustaqil belgilanadi.
Prezident 2022/2023 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqladi.
Davlat OTMlarga kirish uchun abituriyentlarni onlayn-qabul 20 iyundan 20 iyulgacha davom etadi. Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun esa qabul 10 iyulga qadar amalga oshiriladi. Abituriyentlar 5 tagacha yo‘nalish bilan birga ta’lim shaklini ham tanlash imkoniyati berilmoqda.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, ijtimoy tarmoqlarda keng tarqalgan kuyov kelinni urgan to‘y shu yilning 6 iyunida Surxondaryoda bo‘lgan. Kuyovga mayda bezorilik bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Er-xotin va ularning ota-onalari bilan «profilaktik suhbat» o‘tkazilgani aytildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiyachilari Yaponiyani mag‘lub etib, U23 Osiyo kubogi finaliga yo‘l oldi (video, foto, statistika).
Olmaliq shahridagi «Maxam-O‘zbekiston» qo‘shma korxonasi sexlaridan birida portlash sodir bo‘lib, bino konstruksiyalari buzildi. Yaqin atrofda bo‘lgan yuk mashinasi haydovchisi jarohatlangan.
Texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish bekor qilinishi, Toshkentning mamlakatdagi eng korrupsiyalashgan hududlardan biri ekani, dual ta’lim tizimi joriy qilinadigan kasb-hunar maktablari va texnikumlar, yozdagi yong‘in sababchilari va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 15 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Antikorrupsiya agentligi rahbari Toshkent O‘zbekistondagi eng korrupsiyalashgan hududlardan biri ekanini aytdi. Poytaxtda korrupsiyaga oid jinoyatlar soni yil davomida uch barobarga oshgan. Bundan tashqari, internetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqidagi xabarlarning yarmi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi.
Chorshanba kuni O‘zbekiston olimpiya jamoasi Osiyo kubogi yarim finalida Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. Jamoalar 2018 yilda ham to‘qnash kelishgan va unda o‘zbekistonliklar yirik hisobda g‘alaba qozongandi. Biroq bu safar Yaponiya U23 jamoasi bellashuvga o‘zgacha yondashuv bilan kelmoqda.
Prezident 57 ta professional ta’lim muassasasida joriy etilgan dual ta’lim shakli o‘z samarasini bergani — pedagogika kolleji o‘quvchilari 2 kun o‘qib, 4 kun bog‘chada amaliyot o‘tagani va oylik olganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tajriba kasb-hunar maktablari va texnikumlarda ham yo‘lga qo‘yiladi.
Qozog‘iston veyp — elektron sigaretlarni sotish va ulardan foydalanishni butunlay taqiqlashni rejalashtirmoqda. O‘zbekistonda esa sotuvda markasiz, tarkibi va undan foydalanish xavfi haqida ma’lumot ko‘rsatilmagan ko‘plab veyplarni uchratish mumkin.
IIV O‘zbekiston va Yaponiya yoshlar TJ o‘rtasidagi Osiyo kubogi yarim finali uchrashuvi o‘tadigan «Milliy» stadioni OFK sanksiyalari tufayli mahalliy muxlislar uchun yopilganini eslatib o‘tdi. Muxlislarga o‘yinni uyda tomosha qilish tavsiya etildi. Stadion atrofidagi yo‘llar esa ta’mirlanishi sababli vaqtincha yopiladi.
Prezident 2023 yildan boshlab texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinishini ta’kidladi. OTMlardagi kamida 60 ta yo‘nalish texnikumlarga o‘tkaziladi. Shuningdek, 1 yanvardan ilmiy darajasi bor texnikum o‘qituvchilarining ish haqi oliygoh pedagoglarinikiga tenglashtiriladi.
Toshkent xalqaro aeroportida yangiyo‘llik 40 yoshli ayol 20 va 23 yoshli ikki nafar qizni aldov yo‘li bilan Turkiyaga chiqarib yuborishga uringanida qo‘lga tushdi. Unga nisbatan odam savdosi moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistondagi barcha madaniyat va istirohat bog‘laridagi 1879 ta attraksionning 574 tasi texnik nosoz ekanligi aniqlandi. Shundan eng ko‘pi Qoraqalpog‘iston, Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo va Namangan hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Poytaxtda esa 52 dona attraksionning 39 tasi (75%) yaroqsizligi ma’lum bo‘ldi.
Qozog‘istonda salonida 31 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus yonib ketishiga sababchi bo‘lgan yuk mashinasini O‘zbekiston fuqarosi boshqargani aytilmoqda. U yuk avtomobillari harakati taqiqlangan dovondan o‘tayotganda boshqaruvni yo‘qotgan va to‘xtab turgan 4 ta transport vositasiga urilgan.
Prokuratura Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida yigit va qiz kaltaklangan holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Juftlik ularga tuman IIB xodimlari jarohat yetkazganini ta’kidlagandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting