Arxiv

Oliy sudga 10 yillik muddatga ikki nafar sudya saylandi
28 may 2022, 16:48

Oliy sudga 10 yillik muddatga ikki nafar sudya saylandi

Senatning 26-yalpi majlisida Turg‘unali Mirzayev va Nurali Raxmonovni Oliy sud sudyasi lavozimiga 10 yillik muddatga saylash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Har ikkisi ham sudya sifatida kamida 10 yillik tajribaga ega.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalarini sotib olish xarajatlarini davlat qoplab beradi
28 may 2022, 16:19

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalarini sotib olish xarajatlarini davlat qoplab beradi

Senatorlar ma’qullagan qonunga muvofiq, nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalarini sotib olish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi. Adliya vaziri imkoniyati cheklanganlar 2−3 mln nafardan ko‘proqligi, shu bois xarajatlarni qoplab berish tartibi bo‘yicha alohida nizom ishlab chiqilishini ma’lum qildi. «Har bir nogironligi bo‘lgan shaxsga kompensatsiya berishning imkoni bo‘lmaydi», — dedi Ruslanbek Davletov.

Senat yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga olib qo‘yish bo‘yicha qonunni ma’qulladi
28 may 2022, 14:05

Senat yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga olib qo‘yish bo‘yicha qonunni ma’qulladi

Senatorlar yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga olib qo‘yilishi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. «Snos»ga tushgan hududda joylashgan yerga 15 yil davomida halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib kelgan shaxslar soliqlar to‘lab kelgani tasdiqlansa, mulk qiymatining o‘rni qoplanadi.

Mamarizo Nurmuratov MB raisligiga qayta tayinlandi
28 may 2022, 13:04

Mamarizo Nurmuratov MB raisligiga qayta tayinlandi

Senatorlar Mamarizo Nurmuratov nomzodini ikkinchi muddatga Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimiga tasdiqladi. U 2017 yildan beri mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelmoqda.

Senat davlat xizmati to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
28 may 2022, 12:19

Senat davlat xizmati to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senatorlar «Davlat xizmati to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi. Unda xalqqa xizmat ko‘rsatish davlat xizmatining tamoyillaridan biri sifatida belgilab qo‘yilgan, daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash, faoliyatni KPI asosida baholash, korrupsiyaviy jinoyatlarini sodir etgan shaxslarni davlat xizmatiga qabul qilishni taqiqlash talablari o‘rnatilmoqda.

Rossiya kungaboqar yog‘i va shrot eksporti uchun kvotalarni oshirishi mumkin
28 may 2022, 11:17

Rossiya kungaboqar yog‘i va shrot eksporti uchun kvotalarni oshirishi mumkin

Rossiya YeOIIga a’zo bo‘lmagan mamlakatlarga kungaboqar yog‘ini eksport qilish kvotalarini deyarli uchdan bir qismiga oshirishi mumkin. Mart oyida RF kungaboqar yog‘ining maksimal eksport hajmini 1,5 mln tonna, shrotni esa 700 ming tonna etib belgilagandi. O‘zbekistonda aprel oyida o‘simlik yog‘ining birjadagi narxi yil boshidan beri 28 foizga ko‘tarilgandi.

Shota Rustaveli haykali atrofidagi xiyobon rekonstruksiya qilinadi
28 may 2022, 10:43

Shota Rustaveli haykali atrofidagi xiyobon rekonstruksiya qilinadi

Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Gruziyaning O‘zbekistondagi elchisi Zurab Abdushelishvili bilan uchrashuvda Shota Rustaveli haykali atrofidagi xiyobonni rekonstruksiya qilishga kelishib oldi. Hozirda uning loyihasi ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, Gruziya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi kutilayotgani ham ma’lum qilindi.

Nima tayyorlaymiz: turli xil somsalar
28 may 2022, 10:15

Nima tayyorlaymiz: turli xil somsalar

«Parmuda», «trio», dangasa somsa, turkcha somsa, kabob-somsa, mini-somsalar, cho‘pchalarga terib pishirilgan go‘shtli va ko‘katli somsa — Zira.uz 8 xil somsani tayyorlash retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

O‘zbekiston 4 oyda Qozog‘istondan qariyb 123 tonna un import qildi
28 may 2022, 09:07

O‘zbekiston 4 oyda Qozog‘istondan qariyb 123 tonna un import qildi

O‘zbekiston so‘nggi 4 oy mobaynida xorijdan 38,5 mln dollarga 124,8 ming tonna un sotib oldi. Shundan eng katta qismi (122,8 ming tonna) Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Qolaversa, Rossiyadan 1,9 ming tonna, AQShdan 50 tonna, Hindiston va Fransiyadan esa 2 tonna atrofida un import qilindi.

O‘zbekistonda oligarxlar paydo bo‘lish xavfi yuqori — Jahon banki
27 may 2022, 22:06

O‘zbekistonda oligarxlar paydo bo‘lish xavfi yuqori — Jahon banki

Jahon banki hisobotiga ko‘ra, 2025 yilga borib O‘zbekistonda hokimiyatni shaxsiy manfaatlar egallab olish xavfi maksimal darajaga yetishi kutilmoqda. Tashkilot maxsus va noshaffof imtiyozlar berishni asosiy xususiyatlardan biri deb biladi. Maslahatlashuvlar chog‘ida tadqiqotchilar yer va davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonlari bilan bog‘liq yuqori tashvishlarni qayd etdilar.

27 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
27 may 2022, 22:00

27 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

OTMlarda chet tilidan o‘tkaziladigan ijodiy imtihon shartlari, «O‘zbekneftgaz» AI-80 benzini narxini oshirgani, eng ko‘p Andijondan tushayotgan korrupsiya bo‘yicha murojaatlar, iyuldan ishga tushishi kutilayotgan «Raqamli mobil pasport», dam olish kunlaridagi yog‘ingarchilik va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 27 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

“Metaverse” o‘zi nima va undan nima kutish mumkin?
27 may 2022, 20:00

“Metaverse” o‘zi nima va undan nima kutish mumkin?

Metaverse, o‘zimizning tilda aytganda metaborliq yoki metamakon — o‘zi nima? Bu g‘oya qanday paydo bo‘lgan? Nega Facebook o‘z strategiyasini metaborliq g‘oyasiga qaratdi? Metaborliqdan kelajakda nima kutish mumkin?

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
27 may 2022, 19:18

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Abdumalik Nazirov «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bunga qadar u Energetika vazirligida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Shavkat Mirziyoyev YeOII davlatlarini bozorga chiqishdagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishga chaqirdi
27 may 2022, 18:57

Shavkat Mirziyoyev YeOII davlatlarini bozorga chiqishdagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishga chaqirdi

Juma kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan Shavkat Mirziyoyev YeOII davlatlarini bozorga chiqishdagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, mehnat migratsiyasi tartib-tamoyillarini soddalashtirish, transafg‘on temir yo‘li doirasida hamkorlik qilish, agrokooperatsiya dasturini ishlab chiqishni taklif qildi. Qolaversa, prezident ittifoq mamlakatlarini yo‘lovchi tashish aloqalarini to‘liq qayta tiklashga chaqirdi.

Toshkentda arzon benzin olib berish evaziga tadbirkorning 1,4 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi
27 may 2022, 18:43

Toshkentda arzon benzin olib berish evaziga tadbirkorning 1,4 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi

Mirzo Ulug‘bek tumanida arzon narxda AI-80 markali benzin olib berishni va’da qilgan bir nechta shaxslar tadbirkorning 1,4 mlrd so‘mini o‘zlashtirgani aniqlandi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqanddagi 12 qavatli binoni buzish bo‘yicha xulosa berildi — Qurilish vazirligi
27 may 2022, 17:45

Samarqanddagi 12 qavatli binoni buzish bo‘yicha xulosa berildi — Qurilish vazirligi

Qurilish vazirligi tarmoqlarda videosi tarqalgan Samarqand viloyatidagi 12 qavatli bino noqonuniy qurilganini ma’lum qildi. Bino egasi Qurilishda nazorat inspeksiyasi tomonidan bir necha marta ogohlantirilgan, biroq 2012 yildan beri qurilish ishlari davom ettirilgan. “O‘zog‘irsanoatloyiha” binoning seysmik holati talablarga javob bermasligi, kolonnalarning ayrim joylari darz ketganini tasdiqladi. Binoni buzib tashlash bo‘yicha xulosa berildi, ish sudda ko‘rib chiqiladi.

Zamonaviy O‘zbekiston hududida qanday dinozavrlar yashagan?
27 may 2022, 17:30

Zamonaviy O‘zbekiston hududida qanday dinozavrlar yashagan?

Dinozavrlar Yer yuzida taxminan 233 million yil muqaddam paydo bo‘lgan. Yerning turli qismlarida, jumladan, zamonaviy O‘zbekiston hududida ham ko‘plab dinozavrlar qoldiqlari topilgan. O‘zbekiston Milliy universiteti Geologiya kafedrasi mudiri Abdulla Qo‘shoqov «Gazeta.uz»ga dinozavrlar qoldiqlari saqlanib qolishi uchun ularning ideal o‘lim holati, O‘zbekistonda ular topilgan hududlar, mamlakatimizda paleontologiya fanining bugungi holati haqida so‘zlab berdi.

Toshkentga 700 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht olib kelinayotgani aniqlandi
27 may 2022, 16:03

Toshkentga 700 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht olib kelinayotgani aniqlandi

Qashqadaryoning Qarshi shahri va Chiroqchi tumanidan 3 ta avtomobilda poytaxtga sifatsiz go‘sht mahsulotlari olib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi. Shahar veterinariya boshqarmasi 700 kg go‘sht og‘ir kasalliklarga chalingani uchun so‘yilgan hayvonlarga tegishli ekanligini aniqladi. Go‘shtlarni olib kelayotgan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi.

«Raqamli mobil pasport» xizmati iyuldan joriy qilinishi mumkin
27 may 2022, 15:39

«Raqamli mobil pasport» xizmati iyuldan joriy qilinishi mumkin

Iyul oyidan boshlab Toshkentda tajriba tariqasida «raqamli mobil pasport»ni joriy qilish taklif etildi. Pasportdan tashqari yana 8 ta hujjatlarni elektron tarzda mobil ilova orqali taqdim etish mumkin bo‘ladi. Davlat xizmatlari, bank, avia va temiryo‘l kassalari, mehmonxonalar va boshqa tashkilotlar ushbu hujjatlarni qog‘oz shaklida talab qilishni to‘xtatadi. Mobil ilovadagi elektron hujjatlar qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi.

Toshkentda haydovchilardan mashinalarini daraxt ostida qoldirmaslik so‘raldi
27 may 2022, 15:38

Toshkentda haydovchilardan mashinalarini daraxt ostida qoldirmaslik so‘raldi

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati O‘zbekiston aholisidan avtomobillarni daraxt yoki kuchli shamolga chidamsiz vositalar yaqinida qoldirmaslikni so‘radi. FVV esa kuchli shamol vaqtida amal qilish zarur bo‘lgan xavfsizlik choralarini eslatib o‘tdi. O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting