Navoiy viloyatida aniqlangan koronavirus bemorlarining barchasi to‘liq sog‘aydi, Farg‘onada 8 nafar bemor tuzaldi. O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusdan tuzalganlar soni 1328 nafarga yetdi.
4 maydan boshlab respublika bo‘ylab Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish (pasport, propiska, viza) hamda yo‘l harakati xavfsizligi (ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish, ma’muriy amaliyot, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish) bo‘linmalari fuqarolarga xizmat ko‘rsatish faoliyatini boshladi.
O‘zbekistonda har yili hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik bo‘yicha reytinglari e’lon qilinadi. Ularni tuzishda yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsizlikni kamaytirish, aholi turmush sifatini yaxshilash kabilarga alohida e’tibor qaratiladi.
Markaziy bank koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yilda mamlakat yalpi ichki maxsulotining o‘sish sur’atlari ko‘zlangan 5,2−5,5 foizdan 1,5−2,5 foizgacha pasayishini kutmoqda. Shuningdek, transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 30−35 foizga qisqarishi prognoz qilinmoqda.
Markaziy harbiy okrugning 2000 dan ortiq harbiy xizmatchilari Sardoba tumanidagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun jalb qilingan. Ushbu ishlarga okrug tasarrufidagi 200 ga yaqin harbiy texnikalar ham safarbar qilingan.
Sardobada suv toshqini oqibatida evakuatsiya qilingan fuqarolarning aksariyati zarur hujjatlarsiz qolishgan. Ularni tiklashda aholiga Davlat xizmatlari agentligi yordam beradi.
Hukumat tomonidan 2030 yilgacha mamlakatni elektr energiya bilan ta’minlash strategiyasi qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2030 yilgacha elektr energiya ishlab chiqarishni 5900 MVt dan 29200 MVt gacha ko‘paytirish, tabiiy gaz sarfini qisqartirish hamda elektr energiyani uzatishda yo‘qotishlarni sezilarli darajada kamaytirish rejalashtirilgan.
4 maydan boshlab Toshkentda IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish hamda ma’muriy amaliyot bo‘limlarida, shuningdek diagnostik stansiyalarida (texnika nazorati) fuqarolar qabuli davom etadi.
Yaqin kunlarda yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Koronavirus bemorlari soni 11 nafarga ortib, jami 2160 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 830 kishi davolanmoqda, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir va 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda. Laboratoriyalarda 325 mingta test sinovlari o‘tkazildi.
Toshkent IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning tumanlardagi bo‘limlari 4 maydan fuqarolarni qabul qilishni boshlaydi.
Nikita Makarenko suv toshqinidan aziyat chekkan sirdaryoliklar va ofat hududida faoliyat olib borayotgan turli idoralar xodimlari bilan suhbatlashdi.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 2149 taga yetdi. Kun davomida 31 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi.
«Gazeta.uz» muxbiri Nikita Makarenko Sirdaryodagi tabiiy ofat hududidan evakuatsiya qilinganlar joylashtirilgan markazlardan biri — Mirzaobod tumanidagi 3-bolalar bog‘chasiga tashrif buyurdi. Aholi sharoitdan mamnun, biroq tezroq o‘z uylariga qaytishni xohlashmoqda.
1 may kuni to‘g‘on o‘pirilishi ro‘y bergan Sardoba suv ombori yaqinidagi hududdan “Gazeta.uz” fotoreportaji.
Namanganda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 10 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 2136 taga yetdi.
2 aprel kuni O‘zbekistonda jami 27 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi. 59 kishi sog‘ayib, tuzalganlar soni 1271 nafarga yetdi.
Sirdaryo viloyatida bo‘lib turgan prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘onini tiklash jarayonini ko‘zdan kechirib, dambani mustahkamlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Sardoba suv ombori yaqinlarida qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. Daraxt, tom va balandliklarga chiqib olgan 20 dan ortiq kishi qutqarildi. Jabrlanganlar uchun chodirli lager qurilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting