Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Senatdagi chiqishida O‘zbekiston Ukrainadagi vaziyatga tinch yo‘l bilan yechim topish va mojaroni siyosiy diplomatik vositalar yordamida hal qilish tarafdori ekanini ta’kidladi. «O‘zbekiston Respublikasi Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan oladi. Biz Lugansk va Donetsk xalq respublikalarini tan olmadik», — dedi u.
DXX poytaxtda tarkibida rubin, sapfir va boshqa minerallar bo‘lgan, asl bahosi 33 mln so‘mlik toshni 220 000 dollarga sotishga uringanlikda gumon qilingan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ukrainada ayni damda 300 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi qolayotganini ma’lum qildi. U Ukrainadan evakuatsiya qilish jarayoni fuqarolarni Suriya, Iroq va Afg‘onistondan vatanga qaytarishdan yengil bo‘lmaganini ta’kidladi.
Nishon tumanida 17 yoshli maktab o‘quvchisi fermer xo‘jaligi dalasidagi daraxtga o‘zini osib qo‘ydi. Qizning ruhiyatida o‘zgarishlar bo‘lganligi aytilmoqda. Tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.
Xorijda O‘zbekiston pasporti va qaytish sertifikatini olish bo‘yicha to‘lovlar Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng qimmati hisoblanadi. Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev narxlarni asoslash va pasaytirish yuzasidan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovga deputatlik so‘rovi kiritdi.
Oybek Mirzabekov Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar «O‘zsanoateksport» AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.
Navro‘z bayramini nishonlash kunlari Toshkent avtobuslari yakshanba uchun tasdiqlangan jadval asosida qatnovni amalga oshiradi. 21-mart kuni esa ish vaqtini bir soatga kechroq tugatadi.
AKT vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonda bloklangan TikTok vitse-prezidenti Teo Bertram bilan onlayn-uchrashuv o‘tkazdi. Avvalroq, TikTok, qolaversa, Twitter va «VKontakte» to‘satdan ochila boshlagandi, biroq, oradan sal vaqt o‘tib, kirishda yana qiyinchiliklar yuzaga keldi.
Qozog‘iston va Tojikiston bilan chegaralarni ochgan O‘zbekiston, Sirdaryodagi suv toshqinlari, yanvar oyidagi blekaut O‘zbekistondagi nosozlik sabab yuzaga kelgani, taksi haydovchilari uchun joriy qilinayotgan yana bir majburiy sug‘urta, talabalarning kontrakt to‘lovi muddati uzaytirilgani, Andijoncha tender va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 16 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev soliq organi rahbarlariga sohadagi yangicha hisobot va o‘zgarishlarni bilmagan tadbirkorlarni jazolash emas, to‘g‘ri tushuntirish kerakligini ta’kidladi. «Faqat biz to‘g‘ri qilyapmiz, deb yurishimiz noto‘g‘ri… Eng katta muammoingiz — tushuntirib bermaganingiz», — dedi davlat rahbari.
O‘zbekistonda Twitter, TikTok va «VKontakte» ijtimoiy tarmoqlari erkin ochilishni boshladi. Shu bilan birga, ular kirish cheklangan ijtimoiy tarmoqlar ro‘yxatidan chiqarilmagan. Hozircha rasmiy izoh berilmadi. (Keyinroq kirishda qiyinlasha boshladi.)
Yevropa Kengashi (YeK) Vazirlar qo‘mitasi 16 martdan boshlab Rossiyani tashkilot a’zoligidan chiqarishga qaror qildi. Rossiya ushbu tashkilotga 26 yildan beri a’zo hisoblanardi.
Oliy va professional ta’lim muassasalari talabalariga 2021−2022 o‘quv yili uchun kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddati 1 aprelga qadar uzaytirildi. Bungacha ushbu muddat 1 martgacha etib belgilangandi.
14 mart kuni Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi o‘z bo‘limlarini kapital ta’mirlash uchun qiymati 621 mln so‘m bo‘lgan tender o‘tkazdi. Ushbu tenderda qatnashgan ikki korxona rahbarlari o‘zaro qarindosh bo‘lishi mumkin. «Gazeta.uz» tender ishtirokchilarining o‘zaro bog‘liqligini o‘rganib chiqdi.
Toshkentda bahorgi reja asosida issiq suvni o‘chirish 9 maydan boshlanadi va 10 iyunga qadar davom etadi. Bundan tashqari, 24−25 mart kunlari issiq suv ta’minotini cheklash orqali isitish tizimlari sinovdan o‘tkaziladi. 30 martdan 11 aprelgacha esa issiqlik tarmoqlari chidamliligi va zichliligi yuqori bosim ostida tekshiriladi.
Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev telefon orqali muloqotda jahon iqtisodiyotidagi inqirozli hodisalarning salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida yaqindan hamkorlikni davom ettirish va sa’y-harakatlarni samarali muvofiqlashtirishga e’tibor qaratdilar.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 180,26 so‘mga ko‘tarilib, 11 330,38 so‘mni tashkil qildi. Yevro va rubl kurslari ham ko‘tarilishda davom etmoqda.
Komponentlar tanqisligi fonida Rossiyaning «AvtoVAZ» avtokonserni Lada avtomobillari narxini o‘rtacha 8 foizga oshirdi. O‘zbekistonda ham avtomobillar 7−10 mln so‘mga qimmatlashdi.
Deputatlar yengil avtomobilda tashish xizmatini ko‘rsatish vaqtida yo‘lovchilarning sog‘lig‘i va mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun haydovchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishga oid qonunni ikkinchi o‘qishda ma’qulladi. Doniyor G‘aniyevning ta’kidlashicha, «qanchalik og‘ir bo‘lmasin, bu to‘g‘ri qaror». Deputat O‘ktam Islomov esa sug‘urta ixtiyoriy bo‘lishi kerakligini aytmoqda.
Shofirkon tuman hokimligi «Vardonze qo‘rg‘oni» arxeologiya yodgorligining 124 gektar maydonini 76 gektargacha qisqartirib, qolgan qismini fermer xo‘jaligiga yaylov uchun berib yuborgani aniqlandi. Fermer esa uni ekin maydoniga aylantirib yuborgan. Buning oqibatida qadimgi tarixiy topilmalar yo‘qotilgan va davlatga 26,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting