Arxiv

Rauf Komiljonov «Savdogarbank»dagi ulushini 99 foizga oshirdi
2 mart 2022, 10:17

Rauf Komiljonov «Savdogarbank»dagi ulushini 99 foizga oshirdi

Rauf Komiljonov «Savdogarbank»ning 71,3 mlrd so‘mlik 45,73 foiz aksiyalarini sotib oldi. Endi u bank aksiyalarining 99 foizdan ortig‘iga egalik qiladi.

Ukrainadan o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish davom etadi — TIV
2 mart 2022, 10:12

Ukrainadan o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish davom etadi — TIV

1186 kishi Ukrainadan Polsha orqali O‘zbekistonga yetkazildi. Chorshanba kuniga ikkita reys rejalashtirilgan. Hozirda Polshada 800 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolmoqda. O‘zbekiston elchixonasi jangovar harakatlarga qaramay, evakuatsiya ishlarini davom ettirmoqda, deya xabar bermoqda TIV.

O‘zbekistonda Lada avtomobillari narxi oshdi
2 mart 2022, 10:03

O‘zbekistonda Lada avtomobillari narxi oshdi

Rubl kursidagi jiddiy tebranishlar va Rossiyaga qarshi sanksiyalar fonida «AvtoVAZ» avtomobil ishlab chiqaruvchisi Lada avtomobillari narxini o‘rtacha 15 foizga oshirdi. O‘zbekistonda ham ushbu kompaniya mashinalarining narxi oshgan.

Apple Rossiyada o‘z mahsulotlarini sotishni to‘xtatdi
2 mart 2022, 09:57

Apple Rossiyada o‘z mahsulotlarini sotishni to‘xtatdi

Apple Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga javoban Rossiyada o‘z mahsulotlarini sotishni to‘xtatdi. Qolaversa, Rossiyada Apple Pay va boshqa xizmatlardan foydalanish ham cheklandi. Kompaniya shuningdek, Ukraina fuqarolari xavfsizligi uchun mamlakatda Apple maps`da tirbandlik va avariya hodisalarini kuzatish funksiyalarini ham o‘chirdi.

2021 yilda 39 mingga yaqin xotin-qizlar oilada zo‘ravonlik bo‘layotgani haqida murojaat qilgan — prezident
2 mart 2022, 09:43

2021 yilda 39 mingga yaqin xotin-qizlar oilada zo‘ravonlik bo‘layotgani haqida murojaat qilgan — prezident

Prezident seshanba kungi videoselektorda 2021 yilning o‘zida 39 mingga yaqin xotin-qizlar oilada zo‘ravonlikka uchraganini ma’lum qildi. «Mahallada ishlamaganimizni natijasi shu», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi tazyiqqa uchragan ayollar himoyasi sud tomonidan ta’minlanadi, himoya orderi esa bir yilgacha muddatga beriladi.

1 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
1 mart 2022, 22:44

1 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘lgan Abdulla Qo‘ldoshev, yangi tashkil etilgan Xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi, mahalla vaziri v.b. lavozimiga ma’qullangan Tursinxan Xudaybergenov, O‘zbekistonning 2021 yildagi davlat qarzi qariyb 3 mlrd dollarga ko‘paygani, yangi o‘quv yilidan budjetdan to‘lab berilayotgan 23 ming magistr qizning kontrakti va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 1 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga rahbarlik qilishni to‘xtatdi
1 mart 2022, 19:43

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga rahbarlik qilishni to‘xtatdi

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqi sanksiyalari tufayli Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga rahbarlikni «adolat tiklanmaguncha» to‘xtatib turishga qaror qildi. YeI hujjatida uning Qrim anneksiyasi va Ukrainadagi beqarorlik uchun mas’ul bo‘lgan Rossiya rasmiylarini qo‘llab-quvvatlagani aytildi. Tadbirkor o‘z sha’ni va obro‘sini himoya qilishini bildirdi.

«Qizlarimiz tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayapti». Shavkat Mirziyoyev ayrim seriallarni tanqid qildi
1 mart 2022, 19:40

«Qizlarimiz tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayapti». Shavkat Mirziyoyev ayrim seriallarni tanqid qildi

Prezident telekanallarda efirga uzatilayotgan ayrim seriallarni tanqid qilib, xotin-qizlar obrazi salbiy bo‘yoqlarda tasvirlanayotgani dunyoqarashi hali shakllanmagan qizlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga ibratli xotin-qizlar obrazlari aks ettirilgan kino va sahna asarlari yaratishni buyurdi. Buning uchun ijodkorlarga grantlar ajratish zarurligi aytildi.

Markaziy bank Rossiyadan pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi
1 mart 2022, 19:13

Markaziy bank Rossiyadan pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

O‘zbekistondagi bir qator banklar Rossiyadan pul o‘tkazmalari tizimi faoliyatida uzilishlarga duch keldi. Markaziy bank tijorat banklar ularning uzluksiz ishlashi uchun chora-tadbirlar ko‘rayotgani, muqobil xizmatlar mavjudligini ma’lum qildi.

Yangi o‘quv yilidan 23 ming magistr qizning kontrakt pullari budjetdan to‘lab beriladi
1 mart 2022, 19:02

Yangi o‘quv yilidan 23 ming magistr qizning kontrakt pullari budjetdan to‘lab beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi o‘quv yilidan magistraturada o‘qiyotgan 23 ming nafar qizlarning kontrakt pullari to‘liq budjetdan qoplanishini ma’lum qildi. Buning uchun 200 mlrd so‘m ajratiladi. Har yili aniq fanlar, texnika va huquqshunoslik yo‘nalishlarida xotin-qizlar uchun kvotaning kamida 50 foizi maqsadli ajratiladi. To‘qimachilik sohasida alohida universitet tashkil etiladi.

O‘zbekistondagi barcha mahallalarda xotin-qizlar faoli lavozimi joriy qilinadi
1 mart 2022, 18:21

O‘zbekistondagi barcha mahallalarda xotin-qizlar faoli lavozimi joriy qilinadi

Prezident O‘zbekistondagi 9309 ta mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi joriy qilinishi, ular ayollar masalasi va ularning dardu-tashvishiga javob berishini ma’lum qildi. Davlat rahbari shuningdek, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasini tashkil etish bo‘yicha farmonni imzolagani, qo‘mitaning hududiy rahbarlari hokimga o‘rinbosar bo‘lishini aytdi.

Endi davlat homiladorlik nafaqasini xususiy sektorda ishlayotganlarga ham to‘lab beradi
1 mart 2022, 18:01 3

Endi davlat homiladorlik nafaqasini xususiy sektorda ishlayotganlarga ham to‘lab beradi

Shavkat Mirziyoyev videoselektorda homiladorlik nafaqasini to‘lamaslik uchun tadbirkorlar ayollarni ishga olmasligini tanqil qildi. Ta’kidlanishicha, 1 sentabrdan xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga ham homiladorlik nafaqasi davlat tomonidan kafolatli to‘lab beriladigan tizim yaratiladi. Endi ularga 4 oyga 2 mln so‘m miqdorida bir martalik nafaqa beriladi.

Fevral oyida iste’mol sektorida inflyatsiya 0,5 foizga teng bo‘ldi
1 mart 2022, 17:54

Fevral oyida iste’mol sektorida inflyatsiya 0,5 foizga teng bo‘ldi

2022 yilning fevral oyida iste’mol sektoridagi inflyatsiya ko‘rsatkichi 0,51 foizni, yillik nisbatda esa 9,69 foizni tashkil qildi. Oy davomida narxlar va tariflar oshishi bo‘yicha yetakchilik oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘lib, ularning narxlari o‘rtacha 0,6 foizga oshdi. Yillik hisobda esa ushbu mahsulotlar 13,1 foizga qimmatlashgan.

Rublning rasmiy kursi ko‘tarildi
1 mart 2022, 17:48

Rublning rasmiy kursi ko‘tarildi

Rublning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 6,51 so‘mga ko‘tarilib, 115,11 so‘mni tashkil etdi. Dollar kursi pasaydi, yevro kursi esa ko‘tarildi.

Moliya vazirligi o‘quv markazi o‘tkazgan qariyb 700 mln so‘mlik tenderda aka-ukaga tegishli ikkita firma qatnashdi
1 mart 2022, 17:42

Moliya vazirligi o‘quv markazi o‘tkazgan qariyb 700 mln so‘mlik tenderda aka-ukaga tegishli ikkita firma qatnashdi

Moliya vazirligi qoshidagi o‘quv markazi «Moliyachi ma’lumotnomasi» byulletenini chop etish uchun qariyb 700 mln so‘mlik tender e’lon qildi. Unda aka-ukaga tegishli ikkita firma qatnashgan, xolos. Moliya vazirligi «Gazeta.uz» taqdim etgan ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, ular tasdig‘ini topgan taqdirda, tender bekor qilinishini bildirdi.

Evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklarning uchinchi reysi Katovitsedan uchib ketdi
1 mart 2022, 17:18

Evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklarning uchinchi reysi Katovitsedan uchib ketdi

Ukrainadan evakuatsiya qilingan 253 nafar o‘zbekistonlik chiqqan uchinchi maxsus reys Polshaning Katovitse shahridan Toshkentga qarab uchib ketdi. Bort taxminan 20:45 da qo‘nishi kutilmoqda.

Zelenskiy Rossiyani terrorchi-davlat deb atadi
1 mart 2022, 17:11

Zelenskiy Rossiyani terrorchi-davlat deb atadi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy navbatdagi video murojaati davomida Xarkovga amalga oshirilgan raketa zarbasi haqida gapirdi. U ushbu holatni «niqoblanmagan terror» deb baholab, Rossiyaning o‘zini — terrorchi-davlat deb atadi.

Markaziy Osiyo davlatlari va AQShning «C5+1» shaklidagi navbatdagi vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
1 mart 2022, 16:02

Markaziy Osiyo davlatlari va AQShning «C5+1» shaklidagi navbatdagi vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Markaziy Osiyo davlatlari va AQShning «C5+1» shaklidagi navbatdagi vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda iqtisodiyot, xavfsizlik, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan amaliy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan.

Abdulla Qo‘ldoshev favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘ldi
1 mart 2022, 15:00

Abdulla Qo‘ldoshev favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘ldi

Prezident farmoni bilan favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga Abdulla Qo‘ldoshev tayinlandi. U mahalla vaziri lavozimiga o‘tgan Tursinxan Xudaybergenov o‘rnini egallaydi.

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etildi, Zulayho Mahkamova unga rahbarlik qiladi
1 mart 2022, 14:47

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etildi, Zulayho Mahkamova unga rahbarlik qiladi

O‘zbekistonda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Prezident farmoni bilan Zulayho Mahkamova qo‘mita rahbari va bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U oldinroq To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi va Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting