Arxiv

«Trest-12» davlat ulushini sotib olish uchun arizalar qabuli boshlandi
20 sentabr 2021, 18:22

«Trest-12» davlat ulushini sotib olish uchun arizalar qabuli boshlandi

«Trest-12» qurilish kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. UzAssets investitsiya kompaniyasi «raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali» «Trest-12» ustav kapitalidagi 51,12 foizlik aksiyalar paketi sotilishi haqida e’lon berdi.

«Surxon» futbolchisi klub rahbariyati uni kaltaklaganini aytdi. Klub futbolchi jamoa rahbarini haqorat qilganini ma’lum qildi
20 sentabr 2021, 17:50

«Surxon» futbolchisi klub rahbariyati uni kaltaklaganini aytdi. Klub futbolchi jamoa rahbarini haqorat qilganini ma’lum qildi

Termizning «Surxon» klubi futbolchisi Javohir Esonqulov jamoa sardori, klub sport direktori va birinchi vitse-prezidenti tomonidan do‘pposlanganini ta’kidladi. Klub esa Esonqulov jamoa rahbarining kabinetiga kiraverishdagi devorga uni haqorat qiluvchi so‘z yozib qoldirganligini ma’lum qilib, faqat ikkita futbolchi o‘rtasida mushtlashuv bo‘lganini aytdi. Futbolchining rafiqasi uni dubinkalar bilan kaltaklaganini ta’kidlamoqda.

Permda halok bo‘lganlar va yaradorlar orasida o‘zbeklar yo‘q
20 sentabr 2021, 17:36

Permda halok bo‘lganlar va yaradorlar orasida o‘zbeklar yo‘q

Perm davlat milliy tadqiqot universitetida ro‘y bergan otishmada jarohatlangan va halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan, deb xabar berdi TIV.

Prezident Toshkentdagi yangi qurilish loyihalari bilan tanishdi
20 sentabr 2021, 16:39

Prezident Toshkentdagi yangi qurilish loyihalari bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtda amalga oshirilayotgan qurilish loyihalari bilan tanishdi. Respublika onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining 10 qavatli, 650 statsionar va 100 ambulator o‘ringa ega bino loyihasi taqdim etildi. Shuningdek, «Yangi O‘zbekiston» universitetining o‘quv kampusi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududidagi yangi kutubxona loyihasi ko‘rib chiqildi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
20 sentabr 2021, 16:33

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,62 so‘mga ko‘tarilib, 10 686,70 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kursi esa pasaydi.

Shavkat Mirziyoyev BMT sessiyasida nutq so‘zlaydi
20 sentabr 2021, 14:55

Shavkat Mirziyoyev BMT sessiyasida nutq so‘zlaydi

Bugun prezident huzurida qator obyektlar qurilishiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tadi. Ertaga Shavkat Mirziyoyev videoaloqa orqali BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi tantanali ochilishida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.

«Xalq so‘zi» muxbiri Said Maxsumov avtohalokatda vafot etdi
20 sentabr 2021, 14:17

«Xalq so‘zi» muxbiri Said Maxsumov avtohalokatda vafot etdi

Qoraqalpog‘istondagi YTHda to‘rt kishi, jumladan «Xalq so‘zi» gazetasi muxbiri 36 yoshli Said Maxsumov vafot etdi.

Metro poyezdlaridan birida texnik nosozlik yuzaga keldi
20 sentabr 2021, 13:23

Metro poyezdlaridan birida texnik nosozlik yuzaga keldi

Toshkent metropoliteni bo‘sh vagonning yopiq eshiklari oldida ko‘plab yo‘lovchilar yig‘ilgan videoga izoh berdi. Poyezdlardan biridagi havo taqsimlash tizimida texnik nosozlik yuzaga kelgan, yo‘lovchilar bekatda tushurilgan va poyezd texnik ko‘rik punktiga olib ketgan.

Perm davlat universitetida otishma: sakkiz kishi halok bo‘ldi (yangilandi)
20 sentabr 2021, 12:58

Perm davlat universitetida otishma: sakkiz kishi halok bo‘ldi (yangilandi)

Perm davlat universitetida otishma sodir bo‘ldi, sakkiz kishi halok bo‘ldi, olti kishi yaralandi.

Hafta davomida havo salqin bo‘ladi
20 sentabr 2021, 12:51

Hafta davomida havo salqin bo‘ladi

Haftaning katta qismida O‘zbekiston bo‘yicha asosan quruq va salqin ob-havo hukumronlik qiladi. Hafta oxiriga havo harorati yana ko‘tariladi.

Andijonda 6 ta avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 1 kishi vafot etdi
20 sentabr 2021, 12:02

Andijonda 6 ta avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 1 kishi vafot etdi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 6 ta avtomashina oqibatida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda 1 kishi vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Guantanamo mahbuslari, sobiq vazir va qo‘mondonlar — Afg‘oniston muvaqqat hukumati kimlardan tuzilgan?
20 sentabr 2021, 11:45

Guantanamo mahbuslari, sobiq vazir va qo‘mondonlar — Afg‘oniston muvaqqat hukumati kimlardan tuzilgan?

«Tolibon» tomonidan tuzilgan Afg‘onistonning vaqtinchalik hukumat tarkibi 33 kishidan iborat bo‘ldi. Ular orasida Lavozimlarning aksariyat qismini pushtunlar egallagani holda, boshqa etnik guruhlarga bor-yo‘g‘i uch yoki to‘rtta o‘rin ajratildi. Afg‘onistondagi muvaqqat hukumat tarkibi kimlardan iborat va ular haqida nimalar ma’lum?

Muhtoj bo‘lgan 100 nafar xotin-qizning to‘lov-kontrakti hokimliklar tomonidan to‘lab beriladi
20 sentabr 2021, 11:34

Muhtoj bo‘lgan 100 nafar xotin-qizning to‘lov-kontrakti hokimliklar tomonidan to‘lab beriladi

Hukumat qarori bilan har bir hududdan ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz 100 nafar ayollarning to‘lov-kontrakti hokimliklar tomonidan har yili to‘lab beriladi. 50 nafargacha xotin-qizlar birinchi o‘quv yilida bepul o‘qitilishi ham ko‘zda tutimoqda.

To‘y va oilaviy marosimlarni 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazishga ruxsat berildi
20 sentabr 2021, 11:10

To‘y va oilaviy marosimlarni 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazishga ruxsat berildi

20 sentabrdan to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda o‘tkazilishiga ruxsat berildi.

Juma namozini faqat ochiq sahnalarda ado etish bo‘yicha cheklov bekor qilindi
20 sentabr 2021, 11:04

Juma namozini faqat ochiq sahnalarda ado etish bo‘yicha cheklov bekor qilindi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 24 sentabrdan boshlab juma va boshqa namozlarni masjidning faqat ochiq sahnalarida ado etish bo‘yicha cheklov bekor qilindi.

Ommaviy tadbirlar va yig‘ilishlarni o‘tkazishga ruxsat berildi
20 sentabr 2021, 11:02

Ommaviy tadbirlar va yig‘ilishlarni o‘tkazishga ruxsat berildi

20 sentabrdan boshlab O‘zbekistonda tomosha, madaniy-ko‘ngilochar, ommaviy tadbirlar va yig‘ilishlarni ochiq maydonlar hamda yopiq majmualarda o‘tkazishga ruxsat berildi. Madaniy-ko‘ngilochar obyektlar xodimlari va ommaviy tadbirlari tashkilotchilari koronavirusga qarshi vaksinaning kamida 2 ta dozasi bilan emlanishi shart. Tashrif buyuruvchilarda emlanganlik to‘g‘risidagi QR-kodli sertifikati bo‘lishi tavsiya etildi.

19 sentabr kuni O‘zbekistonda 501 kishida koronavirus aniqlandi
20 sentabr 2021, 10:27

19 sentabr kuni O‘zbekistonda 501 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 501 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 4 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, yakshanba kuni 95 kishida pnevmoniya qayd etildi, 1 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

«Prezidentlikka Alisher Qodir…» — Alisher Qodirov saylov kampaniyasini boshladi
20 sentabr 2021, 10:21

«Prezidentlikka Alisher Qodir…» — Alisher Qodirov saylov kampaniyasini boshladi

Dushanba kuni prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi kampaniyasi boshlandi. «Milliy tiklanish» partiyasi tashviqot ishlariga start berib, banner va viderolikni e’lon qildi. Alisher Qodirovning familiyasi to‘liq ko‘rinmaganligi sababli, bannerda jumlani quyidagicha o‘qish mumkin: «Alisher Qodir».

Markaziy Osiyoda qariyb 2,5 mln kishi iqlim migrantlariga aylanishi mumkin — JB
20 sentabr 2021, 08:55

Markaziy Osiyoda qariyb 2,5 mln kishi iqlim migrantlariga aylanishi mumkin — JB

Iqlim o‘zgarishlari 250 mln kishini o‘z mamlakatlari ichida ko‘chishga majbur qilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda Jahon banki hisob-kitoblari. Markaziy Osiyoda yashayotgan qariyb 2,5 mln kishi iqlim migrantlariga aylanadi. Farg‘ona vodiysi, Toshkent atrofi, Tojikiston janubi va Qozog‘iston shimoli — oqim manzillari.

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti
19 sentabr 2021, 14:36

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki, viloyat hokimlarining Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilarini mukofotlashi, MDH o‘yinlari ishtirokchilari kutib olinishi — «Gazeta.uz» ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting