Toshkentda bloger Miraziz Bozorovga nisbatan jinoyat ishini sudda ko‘rib chiqish boshlandi. Jurnalistlar avvalroq PZR-test ma’lumotnomasi talab etilishi haqida xabar berilmaganligi uchun sud binosiga kira olmadi. Bundan tashqari, sud majlisi ochiq deb e’lon qilinishiga qaramasdan, sud jarayonini suratga olish va OAVda yoritish taqiqlandi.
Farg‘ona viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori fuqaroga tegishli bo‘lgan go‘sht do‘konining orqasida joylashgan 1,5 sotix yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 1000 dollar pora olgan vaqtida qo‘lga tushgani aytilmoqda. Gumondor protsessual tartibda ushlangan.
Qirg‘iziston Energetika vazirligi va Rossiyaning «Rosatom» korporatsiyasi Qirg‘iziston kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurishdan manfaatdor ekani bildirilgan memorandumni imzoladi.
O‘zbekistonga Kaspiy dengizidan siklon kirib kelishi natijasida dam olish kunlari havo harorati sovuq va bulutli bo‘ladi. Respublika bo‘yicha qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Joylarda tuman tushishi mumkin, tog‘li hududlarda esa qor ko‘chishi xavfi bor.
2024 yildan OTMlarga kirish imtihonlarida majburiy fanlar majmuasiga chet tili fani ham kiritiladi. 2022−2023 o‘quv yilidan 6 ta OTMlarda chet tillaridan ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, 1 fevraldan S1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga 2 yil davomida 50 foizlik ustama to‘lanadi.
Toshkent tez tibbiy yordam xizmatining call-markazida chaqiruvlarini bemorning ahvoliga qarab saralash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Endi «tez yordam» og‘ir ahvoldagi bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatadi, ahvoli yengil bemorlarga esa oilaviy poliklinikalarning mobil brigadalari yuboriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida karantin talablari kuchaytiriladi. Koronavirus holatlari aniqlangan bog‘cha guruhlari SanEpidxizmat xulosasiga ko‘ra vaqtinchalik karantinga yopiladi. Davlat MTTlarida bayram tadbirlari o‘tkazilishi vaqtinchalik cheklanadi.
Ketma-ket uchinchi kun antirekord qayd etildi — payshanba kuni 1321 kishida koronavirusga topshirilgan test musbat natijani ko‘rsatdi. 3 nafar bemor esa virus asoratlaridan vafot etdi.
Poytaxt IIBB Toshkentda avtomobilga qarata o‘q uzgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini ma’lum qildi.
Italiya kubogining nimchorak final bahsida «Roma» klubi «Lechche» ga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga romaliklardan Temmi Abraham, Marash Kumbulla hamda zaxiradan tushgan Eldor Shomurodov mualliflik qildi. Bu Eldorning joriy mavsumdagi 2-goli.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 24 yanvardan barcha oliy davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda masofaviy ta’lim jarayonlari boshlanishini ma’lum qildi. Chiptalar chegirmalar saqlanib qolgan holda boshqa muddatlarga almashtirib beriladi.
OTMlarga imtihonsiz qabul qilinadigan «Zakovat» intellektual o‘yini g‘olib va sovrindorlari, vaksina olmagani uchun ishdan chetlatilgan 41 ming xodim, ketma-ket antirekordni urayotgan koronavirus, «Sabriya» serialiga munosabat bildirgan «Sevimli» TV rahbari Amira Rashidova va Firdavs Abduxoliqov, 5 yoshdan oshganlarga emlanish uchun ruhsat berilgani, har bir mahallada joriy etiladigan yoshlar yetakchisi lavozimi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 20 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev yerlarni auksionda sotish yo‘li bilan 400 mlrd so‘mlik tushumni ta’minlash rejasi mutlaqo qoniqarsiz ekanligini tanqid qildi. Prezident Toshkent viloyatida 14 gektar yer 3,5 mln dollarga sotilganini ma’lum qildi. «Nimaga bu pullar davlatga emas, kimlarningdir cho‘ntagiga tushmoqda?» — dedi u.
Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim inspeksiyasi koronavirusning omikron shtammi tufayli davlat va xususiy maktablarda o‘qishlar 24 yanvardan boshlab bir oy davomida onlayn formatda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Darslar Milliy teleradiokompaniyasining telekanallari hamda «Onlayn maktab» telegram kanali orqali berib boriladi.
2021 yildan O‘zbekistonda imtiyozli kreditlash siyosatini bekor qilish rejalashtirilgan edi, biroq koronavirus pandemiyasi tufayli bu rejalarni keyinga surishga to‘g‘ri keldi, dedi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili imtiyozli shartlarda kreditlarning 24,6 foizi berilgan va bu 2018 yilga nisbatan 2 barobar kamdir. Shu bilan birga, imtiyozli kredit portfeli tarkibida muammoli kreditlarning ulushi yuqori darajada qolmoqda.
Bosh prokuratura 2021-yilda 2804 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilganini, ularning jinoyati oqibatida esa davlatga 913,7 mlrd so‘mlik moddiy zarar yetganini ma’lum qildi. Mansabdorlarning 1741 nafari rastrata, 269 nafari firibgarlik, 165 nafari pora olish va berish, 41 nafari mansab soxtakorligi kabi jinoyatni sodir etgan.
Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektorda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev va Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanovga xususiylashtirish ishlarini sust tashkil etgani uchun hayfsan berildi. Qolaversa, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Sirdaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlari boshqarma boshliqlari ishdan olindi.
Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev telefon orqali muloqot chog‘ida amaliy hamkorlikni kengaytirish qolaversa, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari yuzasidan ham fikr almashdi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ham koronavirusga qarshi emlashga ruxsat berilganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, bu bo‘yicha alohida ko‘rsatma tayyorlangan va bolalar 0,1 ml doza “Pfizer” vaksinasi bilan emlanadi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati 2021 yilning 1 oktabridan beri respublika bo‘yicha 56 mingdan ko‘proq budjet va xo‘jalik yurituvchi tashkilotlarda tekshiruvlar o‘tkazgan. Buning natijasida koronavirusga qarshi emlanmagan 41 179 nafar ishchi-xodimlar vaqtincha ishdan chetlatilgan, 4 139 ta holatda esa ish beruvchi jarimaga tortilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting