Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yi mintaqasidan ko‘tarilayotgan qum, tuz va chang zarrachalarining salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida 2022−2026 yillarda ushbu hududlarda himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida jami 1 mln gektar yerga saksovul, qoraburoq, qandim va cherkez o‘simliklari ekiladi. Yashil qoplamalar uchun 3900 tonna urug‘ tayyorlanadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning nomi «Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks» deb o‘zgartirilishi kutilmoqda. Qonunchilik palatasi fraksiyalari tomonidan ko‘rib chiqilayotgan kodeksning yangi tahririda dalillar taqdim etish, isbot qilish, xolislar, videokonferensiya shaklidagi sud kabi yangi tartiblar kiritiladi. Huquqbuzarlik sodir etilgan joyda naqd pulda jarima undirish bekor qilinadi.
Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari Babur Shayakubov Qurolli Kuchlar Akademiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U ushbu lavozimda Shavkatbek Mamajonovning o‘rnini egalladi.
Uzbekistan Airways xabar berishicha, talabalar 24-yanvargacha bo‘lgan aviaqatnovlarga 50% chegirma bilan xarid qilingan chiptalarni 23-fevralga qadar bepul boshqa muddatga almashtirib olishlari mumkin.
Vetchina va pishloq solingan pishiriqlar, tovuqli rulet, lavashdan pitssa, kartoshkali va tovuqli naychalar — Zira.uz lavash xamiridan tayyorlanadigan taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
O‘zbekistonda juma kuni koronavirusning kunlik holati 1390 taga yetdi, ketma-ket to‘rtinchi kun antirekord qayd etilmoqda. Qolaversa, SSV pnevmoniya holati bo‘yicha yana xabar bera boshladi — u bir kunda 289 kishida aniqlandi.
Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov energiya resurslari tariflarini liberallashtirish masalasi «kun tartibidagi masala» ekanligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bozor narxlariga o‘tishni Qozog‘istondagi vaziyat bilan taqqoslab bo‘lmaydi.
Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayev tadbirkorlar bilan uchrashuvda xalqaro auditorlarga tayanib, mamlakat boyligining yarmi bor-yo‘g‘i 162 kishiga tegishli ekanligini ma’lum qildi. «Boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut qabul qilib bo‘lmaydigan darajaga yetdi», — dedi u.
Antikorrupsiya agentligi Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov va Sevimli telekanali rahbariyati afillanganligini tekshiradi. Hozirda manfaatlar to‘qnashuvi va filmlarni yaratish uchun subsidiyalar ajratishda ehtimoliy qonunbuzilish holatlari bo‘yicha surishtiruvlar olib borilmoqda.
Karantin cheklovlari qat’iylashtirilgan bog‘chalar, «Sabriya» seriali atrofidagi muhokamalar, uy qamog‘iga hukm qilingan Miraziz Bozorov, qog‘oz pul o‘rniga 1000 so‘mlik tanga, Suriyaga jihodga ketmoqchi bo‘lgan talaba va ikki maktab o‘quvchisi, pora bilan qo‘lga tushgan farg‘onalik prokuror va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 21 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Sud toshkentlik bloger Miraziz Bozorovni g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilganlikda aybli deb topib, unga 3 yil muddatda ozodlikdan cheklash jazosini tayinladi.
Markaziy bank 1000 so‘mlik yangi banknotlarni muomalaga chiqarish niyatida emas. Kupyurani tangalarga almashtirish rejalashtirilmoqda, deya ma’lum qildi Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov. Hozirda 1000 so‘mlik kupyuralar deyarli muomaladan chiqqan — 2021 yilda ularning naqd pul tarkibidagi ulushi 1,4 foizgacha kamaydi.
O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonda ishlash uchun ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan 18 nafar o‘zbekistonlikka huquqiy tushuncha berdi. Ular orasida ilk bor qo‘shni davlatga borganlar ogohlantirilgan, ko‘pdan beri ishlayotganlari esa jarimaga tortilgan.
2021-yil davomida Qozog‘istonda 29 mingdan ortiq Chevrolet mashinalari xarid qilinib, kompaniya mamlakat bozorida eng ko‘p mashina sotgan brendga aylandi. Qozog‘istonliklar ko‘proq Cobalt (14605) va Nexia (10809) avtomobillarini xarid qilishgan.
«Sabriya» teleseriali tanqididan so‘ng Sevimli telekanali bosh direktori va bosh muharriri lavozimini tark etdi, telekanal kuzatuv kengashiga esa vaqtinchalik Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov rahbarlik qiladigan bo‘ldi. Ushbu o‘zgarishlar AOKA tekshiruvidan keyin sodir bo‘ldi.
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi direktori Rustam Sherov «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. U tayinlov kuni lavozimdan ozod etilgan Alisher Mustafoyevning o‘rnini egalladi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,95 so‘mga ko‘tarilib, 10 845,02 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham yuqoriladi. Ushbu o‘zgarishlar 24 yanvardan kuchga kiradi.
2021 yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2020 yilga nisbatan 16%ga o‘sib, $42,1 mlrdni tashkil etdi. Eksport hajmi 10%ga oshib, $16,6 mlrdga yetgan bo‘lsa, import 20,4%ga o‘sib, $25,46 mlrdni tashkil etdi. Sanoat tovarlari eksporti oltin eksportidan o‘zib ketdi.
Bog‘ot tumanida ikki fuqaro tadbirkordan 10 mlrd so‘m kredit olib berish evaziga 45 ming dollar so‘ragani aytilmoqda. Ushbu pullardan 15 ming dollarini olgan vaqtida esa huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olingan. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Poytaxtda 20 yoshli bir talaba va 18 yoshli ikki maktab o‘quvchisi diniy ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib, Suriyaga ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan. Ushbu jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqildi. Yigitlardan biri 5 yarim yilga, ikki nafari esa 6 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting