Rossiyada 2 kishida koronavirusning omikron shtammi aniqlangani, Hindistonda harbiylar adashib 14 nafar tinch aholini o‘ldirgani, Ukraina Rossiyaning Smartavia aviakompaniyasining 13 samolyotini Qrimga uchayotgani uchun sirtdan qo‘lga olgani, Shanxayda pichoq bilan qurollangan shaxsning 9 kishini jarohatlagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari 29 ming dollar miqdorida pora olgan vaqtida ushlandi. Gumondor ushbu pullarni 2020 yili Olmaliq prokurori sifatida ishlagan vaqtidan beri tanishining tenderda yutishiga yordam berganini aytib, talab qilib kelgan.
Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etiladi.
Yoshlar ishlari agentligining xabar berishicha, 18 dekabrdan 25 dekabrgacha «O‘zbekiston yoshlari forumi-2021» bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Forumdan maqsad yoshlarning g‘oya va takliflarini eshitish ekanligi aytildi. Takliflar yoshlarforumi.uz platformasida e’lon qilinadi. Yoshlarning eng yaxshi takliflari hukumatga olib kiriladi.
O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi mojaro zonalaridan 381 nafar bolani repatriatsiya qildi. YUNISEF Yevropa Ittifoqi ko‘magida bolalarni reabilitatsiya qilish va jamiyatga reintegratsiya qilish loyihasini amalga oshirmoqda. Psixologlarning bolalar bilan ishlash usullaridan biri, bu — rasm chizishdir. Ba’zi bolalarning rasmlari va hikoyalarini e’tiboringizga havola etamiz.
Toshkent davlat tenika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga, o‘qishni Qibraydagi Xalqaro moliya va texnologiyalar xususiy institutiga ko‘chirishga va’da qilgan shaxslar qo‘lga tushdi. Ularga nisbatan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi ochildi.
5 dekabr kuni Karlar madaniyat saroyida eshitishida nuqsoni bo‘lgan aktyorlar tomonidan «O‘zbekistonning oilaviy an’analari» nomli spektakl ijro etildi. YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammadzade spektakl haqidagi taasurotlari bilan bo‘lishib, «bugun men o‘zimni ortiqcha inson sifatida his qilmadim, ular ham jamiyatdan xuddi shunday munosabatni kutishadi», dedi.
Guliston shahar hokimi farmoyishiga ko‘ra, 50 mln so‘m Guliston ko‘chasiga sher haykalini o‘rnatish xarajatlari uchun ajratildi. Ushbu farmoyish bilan yana 50 mln so‘m shahar Jinoyat sudining hojatxona binosini ta’mirlash va qurilishiga yo‘naltiriladi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 5,56 so‘mga pasayib, 10 769,78 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
Marhum xodimning otasi nafaqa pullarini talab qilib, Bosh prokuratura ustidan apellyatsiya shikoyati kiritgani ma’lum qilingandi. Ish Toshkent shahar FIB sudlov hayatida ko‘rib chiqildi va marhumning otasi boquvchisini yo‘qotganlik uchun nafaqa olish huquqiga ega emasligi aniqlandi. Ish birinchi instansiya sudiga marhumning turmush o‘rtog‘i ishtirokida ko‘rib chiqish uchun yuborildi.
Madaniyat vazirligi TikTok Fest konserti yuzasidan munosabat bildirib, u yoshlar ongi va dunyoqarashiga salbiy ta’sir qiladi, deb hisoblashini ma’lum qildi. Qolaversa, bu kabi konsertlarga vazirlik emas, balki IIV va hokimiyat mas’ul ekani aytildi. Ëshlar ishlari agentligi esa konsert dasturi bekor qilinganini qayd etdi.
O‘zbekiston internet tezligi reytingida o‘tgan yilgiga nisbatan 37 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, 224 davlat ichida 166-o‘rinni egalladi.
Toshkent metropoliteni rahbariyati yig‘ilishida metroning barcha yo‘nalishlarida «tig‘iz paytlarda» oraliq intervallarni maksimal darajada qisqartirish belgilandi. Shuningdek, harakat tarkiblari soni ko‘paytiriladi.
Oqo‘rda qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev tor doirada muzokaralar o‘tkazdi. Shavkat Mirziyoyev ikki davlat iqtisodiyotlari raqobat qilmasligini, aksincha bir-birini to‘ldirib turishini ta’kidladi. «Strategik sherikligimizni ittifoqchilik munosabatlari darajasiga ko‘tarish to‘g‘risida tarixiy qaror qabul qilamiz», — dedi O‘zbekiston yetakchisi.
«Avtomobil tarixi» bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga oid hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, endilikda avtomobilning tarixida nafaqat unga tegishli umumiy ma’lumotlar balki, unda sodir etilgan huquqbuzarlik va YTHlar, taqiq mavjud yoki yo‘qligi kabi axborotlar aks etadi.
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi yangi namunadagi alkotesterdan 150 tasini respublika bo‘yicha foydalanishga topshirdi. Uning yordamida haydovchi to‘xtatilgan joyida tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin. Qurilma esa tekshiruvdan o‘tayotgan haydovchini suratga olib, buni chekda aks ettiradi.
Rossiya Davlat Dumasi deputati Sergey Mironov Markaziy Osiyo davlatlari bilan vaqtinchalik viza rejimini joriy etishni taklif qildi. Uning fikricha, mehnat migratsiyasi nafaqat mamlakatdagi kriminogen omillarni beqarorlashtirmoqda, balki koronavirusning yangi shtammlarining kirib kelishiga ham sababchi bo‘lishi mumkin.
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari muloqoti shafeligida mintaqa davlatlari tadbirkor ayollari Diskussion klubining ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
«Pfizer» farmatsevtika kompaniyasining bosh direktori Albert Burla, Amazon bosh direktori Jeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skott, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy, TikTok bosh direktori Vanessa Pappas va boshqalar 2021 yildagi eng nufuzli odamlarning Top-50 taligidan o‘rin egalladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Nur-Sultonga jo‘nab ketdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting