Prezident Qurolli kuchlarga 30 yil esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,46 so‘mga ko‘tarilib, 10 782,24 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa pasaydi.
AQSh hukumati inson huquqlari buzilayotgani sababli 2022 yilda Pekinda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga diplomatik boykot e’lon qildi. Xitoy bunga javoban Amerika vakillarining Olimpiadada bo‘lmasligi «hech kimni xavotirga solmasligini» ta’kidladi.
Xitoy kompaniyasi Farg‘ona viloyatida 25 gektar maydonda innovatsion texnopark hamda 350 mln dollar investitsiya hisobiga 500 gektar yerda quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etishni rejalashtirmoqda. Stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasi texnoparkda joylashtiriladigan xorijiy korxonalarni ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Qoraqalpog‘istonda Respublikasida shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasi doirasida bahorgi monitoring chog‘ida yangi qush turi — cho‘l buqasi topildi. Ushbu qush Energetika vazirligi loyihalarining atrof-muhitga ta’sirini o‘rganish jarayonida aniqlangan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida shaharlararo avtobusda yo‘lkira narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,4 foizga oshdi. Yil boshidan beri bu ko‘rsatkich 9,4 foizga qimmatlashgan.
Surxondaryo viloyati Boysun tumani hokimi farmoyishi bilan texnik nosoz Captiva-2 xizmat avtomobili bepul tarzda tuman prokuraturasiga o‘tkazildi. Shundan so‘ng, hokimlik 398 mln so‘mlik Trailblazer mashinasini xarid qilish uchun shartnoma tuzgan. Biroq, hukumat qarori bilan tuman hokimlariga 270 mln so‘mgacha bo‘lgan xizmat avtomobilini xarid qilishga ruxsat etilgan.
AQSh senatorlar guruhi Oq uy va Davlat departamentini inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat sababli O‘zbekistonga bosim o‘tkazishga chaqirdi. Ularning fikricha, O‘zbekistondagi islohotlar sustlashgan, mamlakatda erkin so‘z huquqi cheklanmoqda. OAV faoliyatida ham muammolar kuzatilmoqda.
Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori o‘rinbosari Hilola Alimova yil davomida markazda 422 nafar chaqaloq dunyoga kelganini ma’lum qildi. Hozirgi kunda yana 64 nafar homilador ayol davolanmoqda, ularning 3 nafari reanimatsiya bo‘limida. Qolaversa, shifoxonada 7 nafar chaqaloq va 18 yoshgacha bo‘lgan 97 nafar bola davo muolajalarini olmoqda.
Savdo-sanoat palatasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi xodimi tarbirkorga 400 ming dollar kredit olib berishni va’da qilib, buning evaziga 3 ming dollarni qo‘lga kiritgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
«Gazeta.uz» yirik vazirlik va idoralarning xizmat avtomashinalari parkini tahlil qilib, mamlakatning yuqori martabali amaldorlari qanday avtomobillardan foydalanishini aniqladi. Vazirlar orasida Mercedes-Benz, ularning o‘rinbosarlari orasida esa Malibu va Captiva eng ommabop avtomobil bo‘lib chiqdi. Hokimlar eng ko‘p Toyota avtomobillarida yurishar ekan.
Afg‘onistondagi vaziyatning beqarorlashishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan gumanitar falokatning oldini olish uchun afg‘on xalqiga aniq yordam ko‘rsatish nihoyatda muhim hisoblanadi, deya ta’kidladi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov.
Dekabr boshida ayrim bank kartalari egalari mablag‘lari ular ruxsatisiz yechib olinayotganidan shikoyat qildilar. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi qaysi normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanib mijozlarni xabardor qilmasdan va ular bilan kelishmasdan pullar yechib olinayotganini aniqlashtirmoqda.
Toshkent shahridagi «Qo‘yliq» dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydonlarini boshqa joyga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Bu mazkur hududdagi avtomobil yo‘lining kengaytirilishi bilan bog‘liq. Foto.
Surxondaryo viloyatidagi «Indenim» savdo majmuasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 2 kishiga yetdi. FVV xodimlari ularning jasadini vayronalar ostidan chiqarib olgan.
7 dekabr kuni tongda Urganch va Andijon aeroportlarida yomon ob-havo natijasida samolyotlar uchish va qo‘nishni amalga oshira olmadi. «Aeroflot» aviakompaniyasining Moskvadan uchgan reysi Nukusdagi zaxira aerodromga qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Hukumat qarori bilan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy bilan ta’minlash tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditining 15 foizi miqdorida boshlang‘ich badali to‘lab beriladi. Shuningdek, ular vaqtincha ijtimoiy uylarga ijaraga qo‘yilishi ham mumkin. Imkoniyati cheklangan shaxslarga esa birinchi qavatdagi uylar ijaraga beriladi.
Erta tongda Surxondaryodagi «Indenim» savdo majmuasida chaqnash sodir bo‘ldi. Hodisa vaqtida bino ichida bo‘lgan 9 kishi jarohat olgan, yana ikki kishi vafot etgan. Voqea joyida bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi ish olib bormoqda.
Sud metro vagonida 13 yoshli qizga nojo‘ya harakatlar qilgan shaxsni aybli deb topib, unga nisbatan 2 yil ahloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi.
O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida AQShdan yana 300 ming doza Pfizer vaksinasini qabul qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting