G‘allaorol tumanida o‘zganing avtomobil raqamini taqib olib yil davomida 292 marta qoida buzgan Malibu-2 haydovchisi qo‘lga olindi.
Qoraqalpog‘istonda madaniyat va san’at sohasi vakillari va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, gastrol safarlarini moliyalashtirish kabi ishlar uchun Madaniyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuziladi. Unga O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi 2023-yil uchun ajratilgan pullardan 20 mlrd so‘m yo‘naltiradi.
O‘zbekistonda tabiiy monopoliyalar, jumladan, elektr energiyasi, gaz, aloqa, yo‘llar va aviatsiya bilan bog‘liq sohalarda bosqichma-bosqich mustaqil bozor regulyatorlari instituti joriy etiladi. Raqobat qo‘mitasi 2025-yilgacha bu bozorlardagi tariflarni tartibga solishni ularga topshirishi kerak bo‘ladi.
Qurilish ishlari tezlashishi oqibatida Toshkent shahrining qator tumanlarida va Buxoro shahrida yashillik darajasi 2022-yilda 2017-yilga nisbatan 33−37 foizgacha qisqardi. Xususan, ko‘rsatkich Shayxontohur tumanida 26 foizga, Yakkasaroyda 23 foizga, Olmazorda 33 foizga, Mirzo Ulug‘bekda 18 foizgacha kamaygan.
BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska “Gazeta.uz” uchun maqolasida shaharlarni ayollar uchun xavfsiz qilishga qaratilgan “Umidani chaqiring” sinov loyihasi va shahar infratuzilmasini yaxshilash qanday qilib ko‘chalardagi ta’qib ehtimolini kamaytirishi borasida so‘z yuritdi.
Yakkasaroy tumanida ikki ayol va bir erkak Janubiy Koreya fuqarolarining xonadoniga bosqinchilik yo‘li bilan kirib, o‘g‘rilik sodir etdi. Gumonlanuvchilar ushlanib, qamoqqa olindi.
Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universiteti qoshidagi Diplomatik akademiyaga yangi o‘quv yili uchun magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlar qabuli boshlandi. Qabul 31-iyulgacha davom etadi.
Eksportga qo‘yilgan cheklov bekor qilingach, O‘zbekiston chetga rekord darajada ko‘p piyoz yubordi. Mart oyi o‘rtalaridan iyun oxirigacha tashqi bozorlarga 222,8 ming tonna piyoz jo‘natilgan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 53 foizga ko‘p. Mahsulotning 90 foizi Rossiya va Qozog‘istonga sotilgan.
Toshkentda fuqarolarni Meksika orqali AQShga jo‘natish bo‘yicha navbatdagi urinishning oldi olindi. Buning uchun bir holatda 30 ming dollar, ikkinchisida 3500 dollar va 14 million so‘m talab qilingan.
Janubiy Afrika Respublikasining Yohannesburg shahrida 2012-yildan beri birinchi marta qor yog‘di. Hodisa namlikning ko‘tarilishi va sovuq harorat tufayli kuzatilgan. Olimlar bunga global isishning hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.
Toshkent shahrida Nexia bilan to‘qnashuvda 34 yoshli mototsikl haydovchisi vafot etdi. Nexia yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi.
Yuy Szyun Xitoyning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. 51 yoshli diplomat shu yil boshida 5 yillik missiyasini yakunlagan Szyan Yanning o‘rnini egalladi.
Prezident “Avtoyo‘l”, “Temir yo‘llar” va “O‘zsuvta’minot” rahbarlari, suv xo‘jaligi va transport vazirlari o‘rinbosarlari ishdan olinganini e’lon qilar ekan, “Xiyonat qilganga o‘rin yo‘q”, dedi. “O‘zto‘qimachiliksanoat”, “IES” va “O‘zsanoatqurilishbank” rahbarlariga berilgan ogohlantirish “so‘nggisi” ekanini aytdi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘z faoliyatida bevosita prezidentga va Senatga hisobdor etib belgilandi. Qo‘mita har yili iqtisodiyotda raqobat muhiti va iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishi holati to‘g‘risida hisobot berib boradi.
Prezident imzolagan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha Milliy gvardiya va ichki ishlar organlariga vakolatlar berishni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritildi.
Madaniy meros agentligi Turizm va madaniy meros vazirligidan ajratilgandan keyin Bahodir Abdikarimov unga qayta rahbar bo‘ldi.
Tijorat banklari 12-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 515−11 570 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 620−11 635 so‘m.
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 3 ta bronza medalini oldi. Ularga 66 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi.
Mirziyoyevning dasturini qo‘llagan AQSh, ishdan olingan “Temir yo‘l”, “Avtoyo‘l”, “Suvta’minot” rahbarlari va boshqa amaldorlar, Uzum va Click birlashishi haqidagi gaplarga Raqobat qo‘mitasi raisining munosabati, uy balkonidan o‘zini tashlab vafot etgan yosh yigit va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestidp.
Qozog‘iston prezidenti blogerlarni reklama yorlig‘ini qo‘yish va daromadlaridan soliq to‘lash majburiyatini yuklovchi qonunni imzoladi. Shuningdek, ular soxta xabarlar tarqatgani uchun jarimaga tortiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting