Arxiv

Foto, video: O‘zbekistonning xorijdagi saylov uchastkalarida deputatlar saylovi jarayoni
27 oktabr 2024, 10:49

Foto, video: O‘zbekistonning xorijdagi saylov uchastkalarida deputatlar saylovi jarayoni

O‘zbekiston deputatlari saylovi mamlakatning xorijdagi elchixonalari va konsulliklarida ham boshlandi. An’anaga ko‘ra, Moskvadagi elchixona oldida katta navbat paydo bo‘ldi. “Gazeta.uz” Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi saylovlardan olingan fotosuratlar va videolarni taqdim etadi.

Saylovda qatnashayotgan nomzodlarning 28 foizi pedagog, 20 foizi iqtisodchi
27 oktabr 2024, 10:12

Saylovda qatnashayotgan nomzodlarning 28 foizi pedagog, 20 foizi iqtisodchi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida qatnashayotgan nomzodlarning 99,3 foizi oliy ma’lumotli hisoblanadi. Nomzodlar orasida iqtisodchilar va pedagoglar foizi eng yuqori.

Qozog‘istonda ob-havoning keskin sovishi sabab u yerdagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi
27 oktabr 2024, 09:36

Qozog‘istonda ob-havoning keskin sovishi sabab u yerdagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi

Migratsiya agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini yaqin haftalarda kuzatiladigan noqulay ob-havodan ogohlantirdi. Agentlik yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘radi.

Foto: Toshkentda ovoz berishga tayyorgarlik va jarayon boshlanishi
27 oktabr 2024, 08:59

Foto: Toshkentda ovoz berishga tayyorgarlik va jarayon boshlanishi

Ertalab soat 8:00 dan O‘zbekistonda deputatlar saylovini o‘tkazuvchi saylov uchastkalari gavjum. Ular ochilishidan oldin saylov komissiyalari a’zolari qutilarni muhrlab, byulletenlarni tayyorlab, elektron ovoz berish tizimini ishga tushirdi, madhiya yangradi. “Gazeta.uz” muxbirlarining fotoreportajlari.

O‘zbekistonda Qonunchilik palatasi va kengashlar deputatlari saylovi boshlandi
27 oktabr 2024, 08:51

O‘zbekistonda Qonunchilik palatasi va kengashlar deputatlari saylovi boshlandi

O‘zbekistonda Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi boshlandi. Parlament saylovlari ilk bor aralash tizimda o‘tkazilmoqda. Birinchilardan bo‘lib Yaponiya va Janubiy Koreyada xorijiy saylov uchastkalari ochildi. Oxirgi bo‘lib AQShdagi uchastkalar yopiladi.

Komil Allamjonovning mashinasiga o‘q uzganlardan biri ushlandi — Bosh prokuratura
27 oktabr 2024, 08:34

Komil Allamjonovning mashinasiga o‘q uzganlardan biri ushlandi — Bosh prokuratura

Ichida Komil Allamjonov bo‘lgan yo‘ltanlamasga o‘q uzishda gumonlanganlardan biri ushlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi.

Ekzit-pol: “Gruzin orzusi” parlament saylovlarida yetakchilik qilyapti. Muxolifat ham o‘z g‘alabasi haqida gapirmoqda
26 oktabr 2024, 22:06

Ekzit-pol: “Gruzin orzusi” parlament saylovlarida yetakchilik qilyapti. Muxolifat ham o‘z g‘alabasi haqida gapirmoqda

Ekzit-pol natijalariga ko‘ra, hukmron “Gruzin orzusi” partiyasi Gruziyadagi parlament saylovlarida shartli ravishda 56,1% ovoz oldi. Ammo hukmron partiya ham, muxolifat ham o‘z g‘alabasini e’lon qildi. MSK yaqin soatlarda natijalar bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni taqdim etadi.

Rossiyadagi axloq tuzatish koloniyasidan 6 nafar mahbus lahim qazib, qochib ketdi
26 oktabr 2024, 17:03

Rossiyadagi axloq tuzatish koloniyasidan 6 nafar mahbus lahim qazib, qochib ketdi

Rossiyaning Lipetsk viloyatidagi axloq tuzatish koloniyasidan 6 nafar mahbus yer ostida 65 metrlik lahim kovlab, qochib ketdi. Mahalliy Telegram kanallari mahbuslar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligini aytmoqda.

YandexGo, Yandex Eats va Express24 monopol deb topildi
26 oktabr 2024, 14:18

YandexGo, Yandex Eats va Express24 monopol deb topildi

Raqobat qo‘mitasi YandexGo, Yandex Eats hamda Express24 kompaniyalarini xizmat bozorida ustun mavqega (monopol) ega deb topdi.

Kambag‘al oilalar avtomatik ravishda gaz va elektr energiyasi uchun bir martalik kompensatsiya oladi
26 oktabr 2024, 13:06 3

Kambag‘al oilalar avtomatik ravishda gaz va elektr energiyasi uchun bir martalik kompensatsiya oladi

O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalar gaz va elektr energiyasi uchun 270 ming so‘m miqdoridagi bir martalik kompensatsiya oladi. Pul kartalarga 27-noyabrdan keyin o‘tkaziladi.

Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
26 oktabr 2024, 12:31

Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Adliya katta maslahatchisi Baxtiyar Babadjanov Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

Nima tayyorlaymiz: shirin piroglar
26 oktabr 2024, 11:58

Nima tayyorlaymiz: shirin piroglar

Murabboli pirog, amerikancha qovoqli pirog, malina va smetanali pirog, “Farishtaning ko‘z yoshlari” va boshqa shirin piroglar retsepti — Zira.uz jamlanmasida.

Komil Allamjonovning mashinasiga qarata o‘q uzildi, u va haydovchi jarohatlanmadi
26 oktabr 2024, 11:39

Komil Allamjonovning mashinasiga qarata o‘q uzildi, u va haydovchi jarohatlanmadi

Kechasi Qibray tumanida 2 noma’lum shaxs Range Rover mashinasiga bir necha marta o‘q uzgan. Bosh prokuratura xabarida faqat haydovchi haqida ma’lumot berilgan, ammo manbalarga ko‘ra mashinada Komil Allamjonov ham bo‘lgan. U ham, haydovchi ham jarohatlanmagan. Gumonlanuvchilarni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Aviakompaniyalar Eron havo hududi yopilgani sababli yo‘nalishlarni o‘zgartirdi
26 oktabr 2024, 10:49

Aviakompaniyalar Eron havo hududi yopilgani sababli yo‘nalishlarni o‘zgartirdi

Isroil tomonidan amalga oshirilgan aviahujum oqibatida Eron havo hududi yopildi. Shu tufayli O‘zbekiston shaharlaridan bir qator parvozlar kechikish bilan amalga oshirildi, bir reys Toshkentga qaytarildi, boshqalari esa zaxira aerodromlarga yo‘naltirildi.

Isroil Eronga javob zarbalarini yo‘lladi
26 oktabr 2024, 10:41

Isroil Eronga javob zarbalarini yo‘lladi

Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) Erondagi raketa ishlab chiqaruvchi korxonalarga havo hujumlarini uyushtirdi. Zarbalar 3,5 soat davom etdi, 100 dan ortiq samolyot uchirilgani aytilmoqda. Eron qurbonlar yo‘qligi, zarar ko‘lami aniqlanayotganini ma’lum qildi.

Kreditlarning qimmatlashishi va ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovining joriy etilishi fonida avtomobil bozorida talab pasaydi
26 oktabr 2024, 10:26

Kreditlarning qimmatlashishi va ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovining joriy etilishi fonida avtomobil bozorida talab pasaydi

O‘zbekistonda yanvar-iyun oylarida avtomobil narxlari o‘sishi sekinlashdi. Bu avtokreditlar foiz stavkalarining oshishi hamda bunday kreditlar berilishining 2,1 barobarga kamayishi fonida yuz berdi. Bozordagi faollikning pasayishi avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovi oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

“Afg‘on xalqining ham Amudaryo suvidan foydalanishga haqqi bor” — prezidentning maxsus vakili
26 oktabr 2024, 09:39

“Afg‘on xalqining ham Amudaryo suvidan foydalanishga haqqi bor” — prezidentning maxsus vakili

Ismatulla Irgashevga ko‘ra, Afg‘oniston ham Amudaryo suvidan foydalanishga haqli. Ammo bu borada bir qancha masalalar mavjud. “Biz yaqin qo‘shnimiz bo‘lmish afg‘on xalqi bilan bularning yechimini albatta, topamiz” — dedi u. Yaqinda Toshkentda Qo‘shtepa kanalini qurish bo‘yicha ishchi guruhi majlisi o‘tkazilishi kutilmoqda.

Sirdaryoda korxona 93 mlrd so‘mlik paxta va chigitni birjaga chiqarmay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotgani aniqlandi
26 oktabr 2024, 00:35

Sirdaryoda korxona 93 mlrd so‘mlik paxta va chigitni birjaga chiqarmay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotgani aniqlandi

Sirdaryoda White Gold Klaster korxonasi 90 mlrd so‘mlik paxta, 3 mlrd so‘mlik texnik chigitni birja savdolariga qo‘ymay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotgani ma’lum bo‘ldi. Bu Vazirlar Mahkamasi nizomiga zid. Klaster korxonaga chora ko‘rildi.

25-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
25 oktabr 2024, 23:37

25-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

BRIKS hamkoriga aylanadigan O‘zbekiston, parlament saylovi uchun ovoz berishga ulgurgan 1 mln fuqaro, IIV tizimida islohotlar davom etishini aytgan prezident, Afg‘onistonda gaz qazib oladigan Eriell KAM va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Saylovlar bo‘yicha yo‘riqnoma: Kimga, qayerda, qanday ovoz beriladi va bu nima uchun muhim?
25 oktabr 2024, 23:25

Saylovlar bo‘yicha yo‘riqnoma: Kimga, qayerda, qanday ovoz beriladi va bu nima uchun muhim?

Yakshanba kuni O‘zbekistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylov ilk bor aralash tizim asosida o‘tkaziladi. Bu qanday tizim? Deputatlikka nomzodlar va partiyalar haqida qayerdan ma’lumot olish mumkin? Deputatni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? “Gazeta.uz” asosiy savollarga javob beradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting