Namangan viloyatida Damas mashinasi ishtirokidagi yo‘l transport hodisasida 8 kishi og‘ir tan jarohati oldi, ikki yo‘lovchi vafot etdi. Yana bir holatda esa Damas haydovchisi 71 yoshli fuqaroni yo‘ldan o‘tayotganida urib yubordi.
Markaziy bank tahlillariga ko‘ra, 2021 yilning 9 oyida jismoniy shaxslarning muammoli kreditlari (NPL) hajmi 5,4 barobar o‘sib, 5,2 trillion so‘mga yetgan. Shu bilan birga, keyingi oylarda banklarning kredit portfelining sifati bosqichma-bosqich yaxshilanmoqda.
Moskva meriyasi qurilish maydonchalarida mehnat migrantlaridan voz kechish rejasini tayyorlaydi. Shahar ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, mehnat resurslari tanqisligi 40%ga yaqinlashgan. Rossiya poytaxti rasmiylari qurilishga kamroq, lekin uch-to‘rt marta ko‘proq ish haqi bilan yaxshiroq malakaga ega mutaxassislarni jalb qilmoqchi.
«Ipak yo‘li» turizm universiteti madaniy meros ixtisosligiga ham ega bo‘ladi va SHXTning turizm, madaniy merosni boshqarish va muzeyshunoslik sohalarida kadrlar tayyorlovchi tayanch OTMga aylanadi. Shuningdek, universitetning Toshkent filiali tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan ikki nafar vazir birinchi o‘rinbosari va uch nafar viloyat hokimi o‘rinbosariga intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
O‘zbekistonlik chang‘ichi Komiljon To‘xtayev 2022 yilda Pekinda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Haftaning o‘rtasigacha O‘zbekiston bo‘ylab +15…+17 darajagacha iliq ob-havo bo‘ladi. Ikkinchi yarmida esa respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ib, havo harorati +3…+8 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
«O‘zbekneftgaz» raisi o‘rinbosari Muxtor Temirov 13-Qashqadaryo saylov okrugi matbuot markazi rahbari Jahongir To‘ychiyevni haqoratladi, Daryo muxbiri Otabek Qo‘ldoshevga nisbatan esa kuch ishlatdi. Bunga press-tur vaqtida ajratilgan avtobusning «olib qo‘yilishi» sabab bo‘lgani aytilmoqda. Kompaniya matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Olimpiya o‘yinlari sovrindori Davlat Bobonov dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi. Yakkalik bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Paxta terimi mavsumida majburiy mehnat bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringda 65 nafar mansabdor shaxsga jami 198 mln 450 ming so‘m miqdorda ma’muriy jarima tayinlandi. Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganligi uchun 5 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova SSV rahbaridan tug‘ruqdan keyin vafot etgan ayolning o‘limini yashirishga urinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. U mazkur xabarni rad etib, bu «vaziyatni noto‘g‘ri talqin qilish» deb hisoblashini ta’kidladi.
2018−2020 yillarda jami 4 001 nafar yoshlar sportdagi yutuqlari uchun imtiyozdan foydalanib, OTMlarga o‘qishga kirgan. Bosh prokuratura o‘rganishlariga ko‘ra, imtiyozdan foydalanuvchilar sonini sun’iy oshirish maqsadida ayrim sport musobaqalarining soni orttirilgan. Turizm va sport vazirligi bunda asosiy aybdor musobaqa bosh hakamlari ekanligini ta’kidlab, ular sport federatsiyalari tomonidan belgilanishini qayd etdi.
Gruziyaning 20 ta shahridan 19 tasida munitsipal saylovlarning ikkinchi bosqichida hukmron partiya nomzodlari g‘alaba qozondi. Muxolifat natijalarni tan olmadi, «murosasiz kurash»ga va’da berdi va miting e’lon qildi.
G20 sammitiga a’zo davlatlar «sayyoraning eng yomonlashgan ekotizimlariga alohida e’tibor bergan holda» 2030 yilgacha bir trln daraxt ekishni maqsad qildi. Rimda bo‘lib o‘tgan sammit doirasida imzolangan deklaratsiyada bu haqda aytilmoqda.
DXX Qashqadaryo viloyatida «Jihodchilar» diniy ekstremistik oqimi tarafdorlari sifatida gumonlanayotgan 12 kishini qo‘lga oldi. Ularning orasida mahalla raisi, o‘rta maktab o‘qituvchisi, masjid imom-noibi, yakka tartibdagi tadbirkor ham bor. Ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prezident imzo chekkan qonun bilan shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik kuchaytirildi, jumladan jarimalar miqdori bir necha baravargacha oshirildi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan Central Asia Employer Brand Award — EMBRAS 2021 tanlovida Artel kompaniyasi ko‘plab yutuqlarga ega bo‘ldi.
«Nasaf» O‘zbekiston kubogi chorak finali doirasida «So‘g‘diyona» mehmoni bo‘lib, minimal hisobda g‘alaba qozondi. O‘yin yakunida qarshiliklar sardori Umar Eshmurodov mezbonlar hujumchisining boshiga zarba bergani ommaviy mushtlashuv va har ikki jamoa futbolchilari ishtirokida tartibsizliklarga sabab bo‘lgan.
Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab test sinovlarining 2-bloki, ya’ni yurisprudensiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha tarix fani o‘rniga huquqiy fanlarni kiritish masalasi universitet kengashida ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.
O‘zbekistonda sinov tariqasida 1−5 noyabr kunlari aholini onlayn ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Unda mamlakatimiz ichida va xorijda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Onlayn aholini ro‘yxatga olish 2023 yil 1−25 noyabr kunlariga mo‘ljallangan O‘zbekiston aholisini to‘liq ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting