Arxiv

Sirdaryoda 1,3 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
3 fevral 2023, 18:02

Sirdaryoda 1,3 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Sirdaryo IESda quvvati 1,3 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu esa qo‘shimcha 2,3 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda yiliga 750 ming kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi.

Yanvarda elektrdan 5,6 mlrd so‘mlik noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
3 fevral 2023, 17:52

Yanvarda elektrdan 5,6 mlrd so‘mlik noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Yanvar oyida O‘zbekistonda 33 mingdan ortiq xonadonning bir oylik iste’moliga teng bo‘lgan 5,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 511 ta holat aniqlandi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.

Jizzaxda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
3 fevral 2023, 17:40

Jizzaxda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Jizzaxda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ulardan ikki nafari talaba bo‘lgan. Hodisaga isitish tizimining tabiiy gazdan foydalanish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ekani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Toshkentda Anhor kanali bo‘yidagi obyekt qurilishi to‘xtatildi
3 fevral 2023, 17:33

Toshkentda Anhor kanali bo‘yidagi obyekt qurilishi to‘xtatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Anhor kanali bo‘yida obyekt qurilishi davom etayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Jamoatchilik bunga qarshilik bildirdi. Qurilish vazirligining ma’lum qilishicha, kompaniya bir necha ogohlantirishga qaramay jarayonni davom ettirgan. Hozirda qurilish ishlari to‘xtatildi.

Andijonda 5 yoshli qiz shifokorlar aybi bilan vafot etgani aytilmoqda
3 fevral 2023, 17:06

Andijonda 5 yoshli qiz shifokorlar aybi bilan vafot etgani aytilmoqda

Baliqchi tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limida 5 yoshli qiz vafot etgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha birlashma shifokorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Pokiston va Xitoy elchilari O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi
3 fevral 2023, 16:20

Pokiston va Xitoy elchilari O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov missiyasini yakunlayotgan Pokiston va Xitoy elchilari bilan uchrashdi. Vazir elchilardan hamkasblariga salom yetkazishni so‘radi.

Prezident anomal sovuqdan jabr ko‘rgan tadbirkorlarga yengillik berilishini ma’lum qildi
3 fevral 2023, 14:25

Prezident anomal sovuqdan jabr ko‘rgan tadbirkorlarga yengillik berilishini ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev birinchi chorakda YIM pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sovuqdan jabr ko‘rgan tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildi. Tadbirkorlik subyektlariga kredit to‘lash muddati uzaytiriladi, qarzni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, foiz va “penya” hisobini to‘xtatib turish va boshqa imkoniyatlar yaratiladi.

Poytaxtda 35 ta gaz «zapravka» faoliyati qayta tiklandi (ro‘yxat)
3 fevral 2023, 13:59

Poytaxtda 35 ta gaz «zapravka» faoliyati qayta tiklandi (ro‘yxat)

3 fevral holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida 35 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati qayta tiklandi.

Metan «zapravka»larga 5 barobar ko‘p gaz yetkazib beriladi — prezident
3 fevral 2023, 13:56

Metan «zapravka»larga 5 barobar ko‘p gaz yetkazib beriladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev hafta davomida gaz quyish shoxobchalariga gaz yetkazib berish hajmi 5 barobarga oshirilganini ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘istonda fuqarolarning foydalanilmayotgan buyumlarini ehtiyojmandlarga tarqatish aksiyasi boshlandi
3 fevral 2023, 13:55

Qoraqalpog‘istonda fuqarolarning foydalanilmayotgan buyumlarini ehtiyojmandlarga tarqatish aksiyasi boshlandi

Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston boshqarmasi fuqarolarning foydalanilmayotgan buyumlarini ehtiyojmandlarga tarqatish bo‘yicha aksiyani boshladi. Boshqarmaning Nukusdagi binosi oldiga «saxovat konteyneri» o‘rnatildi. Odamlar keltirgan buyumlar shu yerda to‘planib, ehtiyojmandlarga yetkazib berilmoqda.

Toshkentda 22 yoshli yigit diniy qo‘shiqlarni tarqatgani uchun 5 yilga qamaldi
3 fevral 2023, 13:26

Toshkentda 22 yoshli yigit diniy qo‘shiqlarni tarqatgani uchun 5 yilga qamaldi

Texnika universiteti 4-kurs talabasi diniy qo‘shiqlarni tanishlari orasida tarqatgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Diniy qo‘mita xulosasiga ko‘ra, aqidaparastlik g‘oyasiga asoslangan ushbu nashidani O‘zbekiston hududiga olib kirish va tarqatish taqiqlanadi.

Toshkentda ayollar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi o‘tkaziladi
3 fevral 2023, 13:19

Toshkentda ayollar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi o‘tkaziladi

Poytaxtda 10−12 fevral kunlari qilichbozlik bo‘yicha ayollar o‘rtasida Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda yigirmadan ortiq davlat vakillari ishtirok etadi.

«Ikkinchi xotin» uchun texnika reklama qilingan bannerlar olib tashlandi
3 fevral 2023, 13:16 1

«Ikkinchi xotin» uchun texnika reklama qilingan bannerlar olib tashlandi

Mobile Retail (Elmakon brendi)ning «ikkinchi xotin» uchun texnika reklama qilingan bannerlari demontaj qilindi, deb xabar berdi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi. Davlat idorasi buni reklama to‘g‘risidagi qonunga zid deb baholadi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari biroz yog‘ingarchilik kuzatiladi
3 fevral 2023, 12:00

O‘zbekistonda dam olish kunlari biroz yog‘ingarchilik kuzatiladi

O‘zbekistonga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Dam olish kunlari havo harorati kechalari 0…+5 daraja, kunduzi +5…+10 daraja atrofida bo‘ladi. Hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.

Xorazmda fermer noqonuniy sun’iy ko‘l tashkil qilib, nobudgarchilikka yo‘l qo‘ygani aytilmoqda
3 fevral 2023, 11:44

Xorazmda fermer noqonuniy sun’iy ko‘l tashkil qilib, nobudgarchilikka yo‘l qo‘ygani aytilmoqda

Xorazmda fermer xo‘jaligi rahbari 7,3 gektar sug‘oriladigan yerda noqonuniy sun’iy ko‘l tashkil qilganlikda gumonlanmoqda. Buning ortidan u nobudgarchilikka yo‘l qo‘yib, davlatga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazgan. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Ukraina elchisi bilan uchrashdi
3 fevral 2023, 10:45

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Ukraina elchisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Ukrainaning favqulodda va muxtor elchisi Mikola Doroshenko bilan uchrashdi. Muloqotda turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston 2022 yilda yengil avtomobillarni eng ko‘p Xitoydan import qildi
3 fevral 2023, 10:40

O‘zbekiston 2022 yilda yengil avtomobillarni eng ko‘p Xitoydan import qildi

O‘zbekiston 2022 yilda 34 ta davlatdan yengil avtomobil import qildi. Statistika agentligiga ko‘ra, eng ko‘p mashina Xitoydan (11 159 dona) olib kelingan. Keyingi o‘rinlarda Koreya, Qozog‘iston va Rossiya qayd etilgan.

O‘zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish davlat komissiyasi tashkil etildi
3 fevral 2023, 10:26

O‘zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish davlat komissiyasi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo‘yicha davlat komissiyasi tashkil etildi. U maxsus organlarni qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnika bilan ta’minlash bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarni belgilaydi, dasturlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kurslari yana oshdi
3 fevral 2023, 10:03

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kurslari yana oshdi

Tijorat banklari 3 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 225 — 11 315 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 350 so‘m.

O‘zbekistonda OIV bilan kasallanganlar soni 45 ming nafarni tashkil etadi
3 fevral 2023, 09:39

O‘zbekistonda OIV bilan kasallanganlar soni 45 ming nafarni tashkil etadi

O‘zbekistonda 45 mingdan ortiq shaxs OIV kasalligi bilan yashab kelmoqda. O‘tgan yilda infeksiyaga tekshiruvlar soni 700 mingdan 3,5 millionga yoki 5 barobarga ortgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting