Prezident farzand asrab olish tartiblarini soddalashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, hayotga, sog‘liqqa qarshi, giyohvandlik va boshqa jinoyatlarni qasddan sodir etganlar bola asrab olishi mumkin emas deb belgilanmoqda. Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni sodir etgan va jazo muddatini o‘taganlarga esa farzand asrab olishga ruxsat beriladi. Qolaversa, farzandlikka oluvchi va olinuvchi yoshidagi farq 15 yoshdan kam bo‘lmasligi shart.
Nogironlar, Karlar va Ko‘zi ojizlar jamiyatlari senatorlar rad etgan «Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunni ma’qullashni so‘rab, Senatga murojaat qildi. Unda imkoniyati cheklangan shaxslar ushbu qonunni bir necha yildan beri kutayotgani, aslida «boshidan o‘tkazgan» insongina holat qandayligini bilishi ta’kidlangan. Jumladan, so‘nggi 3 yilda Karlar jamiyati korxonalarining daromadi 5 baravargacha tushib ketgani, ulardagi ishchilar soni esa 2000 yildagi 4900 kishidan 2020 yilga kelib 1479 nafarga kamaygani aytilgan.
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev O‘zbekistonda yil yakuniga qadar 80 foiz aholi koronavirusga qarshi emlanishini ma’lum qildi. U O‘zbekiston jahonda vaksinalash jarayoni bo‘yicha juda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan mamlakatlar orasida ekanligini ta’kidladi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 18 oktabr holatiga rejadagi aholi qismining 27,57 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.
O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatriga rahbar etib tayinlandi.
Dam olish kunlari O‘zbekistonnning barcha hududlarida quyoshli, lekin salqin ob-havo bo‘ladi. Kechasi -2 darajagacha sovuq, kunduzi 18 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
COVID-19 asoratlaridan vafot etganlarning rasman qayd etilgan soni 1300 ga yetdi, xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Senatorlar yil oxirigacha go‘sht mahsulotlari, muzlatilgan baliq, tirik hayvonlar va kartoshka importini QQSdan ozod qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Soliq imtiyozlari ortidan budjet 250 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ni yo‘qotadi.
ADM Jizzakh zavodining qiymati 216 mln dollarlik ikkinchi bosqichi loyihasi doirasida avtomobillarni kichik uzelli ishlab chiqarishni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda. Prezident Kia, Renault va LADA avtomobillari yig‘iladigan zavod faoliyati bilan tanishdi.
Chirchiq hokimi bir hafta ichida savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi (umumiy ovqatlanish, go‘zallik salonlari va boshqalar) xodimlarini ommaviy emlash uchun mobil guruhlarni tashkil etishga farmoyish berdi.
Lukashenkoning Belarus konstitutsiyasi avtoritar xarakterga egaligini ta’kidlagani, Janubiy Koreya o‘zining ilk kosmik raketasini fazoga uchirgani, Latviyada 15 noyabrgacha lokdaun joriy qilingani, Donald Tramp o‘zining shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ini yaratayotgani, Turk lirasi rekord darajada qadrsizlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Senatorlar «Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunning ba’zi normalarini qayta ko‘rib chiqish kerak deb hisoblab, uni qaytardi. Adliya vaziri Ruslanbek Davletov senatorlarning qonunni qabul qilishga qarshi bildirgan har bir argumentini rad etdi va ayrim siyosatchilar «xalqdan kelib chiqayotgan yangi g‘oyalarni tushunmasligini» ta’kidladi. Senat rahbari uzoq davom etgan debatga aralashishga va tomonlarni tinchlantirishga majbur bo‘ldi.
O‘zbekiston Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Oybek Barakabayev va Doniyorjon Tojiboyev o‘n yil muddatga Oliy sud sudyasi lavozimiga saylandi.
2021 yilning may oyiga qadar dunyo bo‘ylab 100 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari COVID-19`dan vafot etishgan. JSST shifokorlarni korornavirusdan himoya qilish choralarini kuchaytirishga chaqirmoqda.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-sentabr oylarida xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 5,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Pul o‘tkazmalari hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 34,2 foizga o‘sdi.
Qashqadaryoda 2012 yilda Nexia-2 haydovchisini o‘ldirib, dalaga ko‘mib yuborgan shaxslar jinoyati fosh etildi.
Farg‘ona viloyati hokimligi Xo‘ja Porso jome masjidini buzib qayta qurish uchun mas’ul idoralar xulosasi olinganini ma’lum qildi. Madaniy meros agentligi esa loyiha taklifi Ilmiy-ekspert kengashi a’zolari tomonidan bir ovozdan rad etilganini qayd etdi. Xo‘ja Porso masjidi ishi tergov uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.
Alisher Qodirov migrantlardan soliq undirish borasidagi taklifi yuzasidan izohlarga munosabat bildirdi. U mamlakat haligacha mehnat resurslarini xorijga eksport qilishga majbur ekanligini ta’kidlab, mehnat migrantlarini bunga tayyorlash kerakligini aytdi. «O‘zbekiston fuqarosi nafaqat o‘zining qorni, balki O‘zbekiston, deb yashashi kerak», — deya ta’kidladi prezidentlikka nomzod.
Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib O‘zbekiston Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining a’zosi (umumiy 92-a’zosi) bo‘ldi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,99 so‘mga ko‘tarilib, 10 692 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14% darajasida qoldirdi. Ushbu qaror yil yakuniga qadar inflyatsiya darajasini 10 foizgacha pasaytirish va kelgusida 5 foizlik inflyatsion targetga erishish maqsadida qabul qilindi. Bu yilgi inflyatsiyaning o‘zgarishiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘zgarishi sabab bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting