Arxiv

Boris Jonson deputatlikdan ketishini ma’lum qildi
12 iyun 2023, 15:27

Boris Jonson deputatlikdan ketishini ma’lum qildi

2019−2022-yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lgan Boris Jonson pandemiya davridagi ziyofat tergovi tufayli deputatlikdan iste’foga chiqishini ma’lum qildi.

“Adolat — har bir inson uchun!” Robaxon Mahmudovaning saylovoldi dasturi
12 iyun 2023, 15:11

“Adolat — har bir inson uchun!” Robaxon Mahmudovaning saylovoldi dasturi

“Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudova sud qarorlarini ijro qilish vakolatini prokuratura va ichki ishlar organlaridan adliya idoralariga berish, yagona Tergov qo‘mitasini tuzish, bolalarga bepul stamotologiya xizmati ko‘rsatilish kabi masalalarni o‘z saylovoldi dasturiga kiritdi.

Denominatsiya qilish rejasi yo‘q — Markaziy bank
12 iyun 2023, 14:57

Denominatsiya qilish rejasi yo‘q — Markaziy bank

Markaziy bank pul birligining denominatsiya qilinishi, ya’ni 1:10 000 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirilishi haqidagi xabarlar asossiz ekanini ma’lum qildi.

“Ijtimoiy davlat sari”. Ulug‘bek Inoyatovning saylovoldi dasturi
12 iyun 2023, 14:37

“Ijtimoiy davlat sari”. Ulug‘bek Inoyatovning saylovoldi dasturi

XDPdan prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatov eng kam iste’mol xarajatlarini qonun darajasida belgilash, kommunal xizmatlar tariflari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish, “maktab solig‘i”ni joriy etish kabi masalalarini o‘z saylovoldi dasturida ilgari surdi.

Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni vafot etdi
12 iyun 2023, 14:34

Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni vafot etdi

Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni 86 yoshida Milandagi shifoxonada vafot etdi. Avvalroq siyosatchiga leykemiya tashxisi qo‘yilgandi.

O‘zbekiston Qozog‘istonga o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda yordam berishga tayyorligini bildirdi
12 iyun 2023, 14:26

O‘zbekiston Qozog‘istonga o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda yordam berishga tayyorligini bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston tomoni Abay viloyatidagi o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi OCHda yana 5 ta medalni qo‘lga kiritdi
12 iyun 2023, 13:09

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi OCHda yana 5 ta medalni qo‘lga kiritdi

Tailanddagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik velosportchilar yakkalik va guruh bahslarida yana beshta medalni qo‘lga kiritdi.

Uzum va Click birlashishini e’lon qildi
12 iyun 2023, 12:38

Uzum va Click birlashishini e’lon qildi

11 millionga yaqin foydalanuvchiga ega Click to‘lov tizimi Uzum ekotizimining bir qismiga aylanadi. Birlashish natijasida Click foydalanuvchilari, jumladan, chekka hududdagilar bozor va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Qozog‘istonda o‘rmon yong‘inlari: 14 kishi halok bo‘ldi, O‘zbekiston prezidenti hamdardlik yo‘lladi
12 iyun 2023, 12:06

Qozog‘istonda o‘rmon yong‘inlari: 14 kishi halok bo‘ldi, O‘zbekiston prezidenti hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istonning Abay viloyatida o‘rmon yong‘inlari oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda 12-iyun milliy motam kuni deb e’lon qilindi. Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan qo‘shni davlat prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirdi.

Hafta davomida harorat yana ko‘tarilishda davom etadi
12 iyun 2023, 11:45

Hafta davomida harorat yana ko‘tarilishda davom etadi

Dam olish kunlari harorat biroz pasaygan bo‘lsa, yangi haftada asta-sekin ko‘tarilib, +40…+42 darajagacha yetadi, bu davrning iqlimiy qiymatlaridan yuqoridir. Faqat Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Toshkent shahri elektr ta’minotida asosan rejaviy o‘chirishlar kuzatilyapti — “HETK” mas’uli
12 iyun 2023, 11:16

Toshkent shahri elektr ta’minotida asosan rejaviy o‘chirishlar kuzatilyapti — “HETK” mas’uli

So‘nggi kunlarda poytaxtning qator tumanlarida kuzatilayotgan elektr ta’minotidagi uzilishlarning aksariyati oldindan rejalashtirilgan bo‘lib, ta’minot sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar tufayli sodir bo‘lmoqda, deya izoh berdi “HETK” Toshkent shahri filiali direktori o‘rinbosari Bekzod Kulibayev.

Qashqadaryoda terrorizmni moliyalashtirishda ayblangan erkak 6 yilga qamaldi
12 iyun 2023, 10:57

Qashqadaryoda terrorizmni moliyalashtirishda ayblangan erkak 6 yilga qamaldi

2022-yilda Rossiyada mehnat migranti bo‘lib ishlagan Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi materiallarni tarqatish va terrorizmni moliyalashtirishda ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Toshkentdagi Chorsu va Eski juva dehqon bozorlari rekonstruksiya qilinadi
12 iyun 2023, 10:50

Toshkentdagi Chorsu va Eski juva dehqon bozorlari rekonstruksiya qilinadi

Poytaxtning Chorsu va Eski juva bozorlari 2023-yil oxirigacha tartibga keltirilib, turistik jozibadorligi oshiriladi. Bunda zamonaviy savdo rastalari va ko‘p qavatli avtoturargohlar qurish, irrigatsiya tarmoqlarini yangilash va binolarni milliy arxitektura asosida rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda.

Toshkent shahrining ikki tumanida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chirildi
12 iyun 2023, 10:08

Toshkent shahrining ikki tumanida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chirildi

Dushanba kuni ta’mirlash ishlari sabab Toshkent shahrining Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarining ba’zi joylarida soat 17:00 gacha elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatildi.

Banklarda dollar kursi arzonladi
12 iyun 2023, 09:41

Banklarda dollar kursi arzonladi

Tijorat banklari 12-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 365−11 420 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 440−11 490 so‘m.

Surxondaryoda ferma raisi 8 tup daraxtni kesish uchun 5 mln so‘mga sotib yuborgani aniqlandi
12 iyun 2023, 09:34

Surxondaryoda ferma raisi 8 tup daraxtni kesish uchun 5 mln so‘mga sotib yuborgani aniqlandi

Oltinsoy tumanida ferma raisi 8 tup eldor qarag‘ayi daraxtini fuqaroga 5 mln so‘mga baholab, kesish uchun sotib yuborgani aniqlandi. Buning oqibatida tabiatga 550 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazildi.

Qoraqalpog‘istonda Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakoner qo‘lga olindi
11 iyun 2023, 17:41

Qoraqalpog‘istonda Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakoner qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘istonning Quyi Amudaryo biosfera rezervatida Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakoner qo‘lga olindi. Xalqaro va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan jonivorni ovlash oqibatida tabiatga 99 mln so‘m zarar yetkazildi.

Toshkent viloyatida Damas bilan to‘qnashgan Spark haydovchisi halok bo‘ldi
11 iyun 2023, 17:29

Toshkent viloyatida Damas bilan to‘qnashgan Spark haydovchisi halok bo‘ldi

Zangiota tumanida yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketib, Damas bilan to‘qnashgan Spark haydovchisi halok bo‘ldi. Tarmoqlarda mazkur YTH oqibatida 8 kishi vafot etgani aytilgandi, biroq ma’lumot tasdig‘ini topmadi.

DXX 1 kilogramdan ortiq oltin va 838 gramli yoqut toshining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
11 iyun 2023, 16:33

DXX 1 kilogramdan ortiq oltin va 838 gramli yoqut toshining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

DXX xodimlari tomonidan 1 kilogramdan ziyodroq og‘irlikdagi 999 probali oltin bo‘laklari va 838 gramli yoqut toshining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Ularning umumiy narxi 1,27 mlrd so‘mdan oshadi.

Ekologiya vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
11 iyun 2023, 11:00

Ekologiya vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Obidjon Qudratov qayta nomlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi rahbariga birinchi o‘rinbosar, Jusipbek Kazbekov esa o‘rinbosar etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting