Arxiv

Samarqandda Cobalt yuk mashinasiga urildi. 2 kishi vafot etdi
2 aprel 2021, 15:50

Samarqandda Cobalt yuk mashinasiga urildi. 2 kishi vafot etdi

Narpay tumanida Cobalt «KAMAZ» ning orqasidan kelib urishi natijasida 2 kishi vafot etdi. 3 nafari tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Samarqandni bir millionli shahar qilib, uning tarkibida beshta tuman qilmoqchimiz — Erkinjon Turdimov
2 aprel 2021, 14:35

Samarqandni bir millionli shahar qilib, uning tarkibida beshta tuman qilmoqchimiz — Erkinjon Turdimov

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand 2021 yil oxiriga qadar aholisi bir milliondan oshadigan shaharga aylanishini ma’lum qildi. Hokim «millioner shahar"larning o‘z statusi borligini, buning ahamiyatiga ham to‘xtalib, O‘zbekistondan aholisi ikki barobar kam bo‘lgan Qozog‘istonda uchta «millionli» shahar borligini misol qilib keltirdi.

Yakshanba kuni respublikaning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
2 aprel 2021, 14:05

Yakshanba kuni respublikaning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Shanba kuni respublika hududlarida havo iliq bo‘ladi. Yakshanba kuni esa barcha hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol 17−22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 8−13 daraja iliqni tashkil etadi, kunduzi 11−16° iliqdan yuqori bo‘lmaydi.

O‘zbekiston boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
2 aprel 2021, 13:49

O‘zbekiston boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

2023 yilgi boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati O‘zbekistonda o‘tkaziladi.

Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» oromgohi suratlari e’lon qilindi
2 aprel 2021, 12:29

Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» oromgohi suratlari e’lon qilindi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» oromgohi suratlarini taqdim qildi. Maskan ommaviy savdolar orqali sotuvga qo‘yilgan.

«Hech qayerni yopmaymiz, lekin tartib-intizomni kuchaytiramiz» — prezident karantin choralari haqida
2 aprel 2021, 12:21

«Hech qayerni yopmaymiz, lekin tartib-intizomni kuchaytiramiz» — prezident karantin choralari haqida

Koronavirusga chalinish holatlari ko‘payotgan bo‘lsa ham O‘zbekistonda joylar yopilishi rejada yo‘q. Prezident Shavkat Mirziyoyev: «Biz hech narsani yopmaymiz, lekin tartib va tartibni kuchaytiramiz», dedi. Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha hududiy shtablar ishini kuchaytirish, call-markaz va ko‘chma brigadalar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Pandemiya O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalarining kamayishiga sabab bo‘la olmadi
2 aprel 2021, 12:02

Pandemiya O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalarining kamayishiga sabab bo‘la olmadi

Jahon banki tahlilchilari pul o‘tkazmalari hajmi 19,7 foizga qisqarishini prognoz qilgandi. Shunga qaramay, pandemiya O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalarining qisqarishiga ta’sir ko‘rsatmadi.

O‘zbekistonda birinchi shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlandi
2 aprel 2021, 11:30

O‘zbekistonda birinchi shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

BAAning «Masdar» kompaniyasi Zarafshonda shamol elektr stansiyasini qurishni boshladi. 2024 yilning oxirigacha foydalanishga topshirilishi kutilayotgan mazkur stansiya 1,5 mln xonadonga yetarli hajmda elektr energiyani ishlab chiqarishi ko‘zda tutilgan.

IIV xorijiy jurnalist Agneshka Pikulitskani yolg‘on ma’lumot tarqatishda aybladi
2 aprel 2021, 11:29

IIV xorijiy jurnalist Agneshka Pikulitskani yolg‘on ma’lumot tarqatishda aybladi

IIV polshalik jurnalist Agneshka Pikulitskani so‘nggi vaqtlarda sodir bo‘layotgan voqealarni noto‘g‘ri talqin qilishda va huquqni muhofaza qilish idoralarini obro‘sizlantiradigan ma’lumotlarni nashr etishda aybladi.

Jahon banki: «Eng muhim vazifa — islohotlarning inklyuzivligi va shaffofligi»
2 aprel 2021, 11:26

Jahon banki: «Eng muhim vazifa — islohotlarning inklyuzivligi va shaffofligi»

2021 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 4,8% gacha tiklanishi kutilmoqda. Kambag‘allikni qisqartirish uchun aholining rasmiy bandligi, fuqarolarning daromadlari va iqtisodiy imkoniyatlarni oshirish lozim, deyiladi Jahon banki hisobotida. Ekspertlar 2021 yilda O‘zbekistonning davlat qarzi YAIMning 42 foizini tashkil etishini ham prognoz qilmoqda.

Agrobank O‘zbekinvest bilan hamkorlikda aksiya e’lon qildi
2 aprel 2021, 11:00

Agrobank O‘zbekinvest bilan hamkorlikda aksiya e’lon qildi

Agrobank filiallaridan birida 5 mln so‘m miqdorda omonat oching va turli xil yutuqlarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ling.

Tayvanda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi
2 aprel 2021, 10:38

Tayvanda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi

Tayvanda 350 yo‘lovchiga mo‘ljallangan yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib, quladi. 40 nafardan ortiq fuqaro vafot etdi, 61 kishi jarohatlandi. Vagonlar bloklangani sababli 72 kishi poyezdda qolmoqda.

Vaksinatsiyaning birinchi kunida O‘zbekistonda 5 mingdan ortiq aholi koronavirusga qarshi emlandi
2 aprel 2021, 10:04

Vaksinatsiyaning birinchi kunida O‘zbekistonda 5 mingdan ortiq aholi koronavirusga qarshi emlandi

Koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlarining ilk kunida respublika bo‘ylab 5 018 nafar fuqaro aholi emlandi. Ulardan asosiy qismni 65 yoshdan yuqori fuqarolar va tibbiyot xodimlari tashkil etdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
1 aprel 2021, 22:02

Jahon yangiliklari dayjesti

KXDRdagi og‘ir vaziyat tufayli 12 ta davlat elchixonasining yopilgani, Ukraina prezidentining 2020 yil uchun daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyasi, AQSH prezidentining 2 trln dollarlik infratuzilma rejasi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

«Ko‘plab vazifalar qog‘ozda qolib ketmoqda» — prezident
1 aprel 2021, 19:13

«Ko‘plab vazifalar qog‘ozda qolib ketmoqda» — prezident

Prezident sog‘liqni saqlash tizimida patronaj xizmatini yo‘lga qo‘yishga oid videoselektor o‘tkazmoqda. Davlat rahbari rahbarlarni ushbu jarayonni nazorat qilishi uchun viloyatlarga mas’ul etib belgiladi. 1 mayga qadar Sirdaryo viloyati tajribasi respublikaning barcha hududlarida boshlanishi kerakligi aytildi.

Haydovchilik guvohnomasini olib yurish talabini bekor qilish taklif etilmoqda
1 aprel 2021, 16:53

Haydovchilik guvohnomasini olib yurish talabini bekor qilish taklif etilmoqda

«Mening fikrim» portalida haydovchilik guvohnomasi yonida bo‘lmay transport boshqargan haydovchilarga jarima qo‘llash tartibini bekor qilish taklif etildi. Uning o‘rniga, hujjatlarni planshet orqali tekshirish mumkinligi aytilmoqda. Taklif Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilishi uchun kerakli 10 mingdan ortiq ovoz to‘plagan.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
1 aprel 2021, 16:32

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmi kursi 13 so‘mga pasaydi va jami 10 472 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham arzonladi.

Andijon va Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi
1 aprel 2021, 15:43

Andijon va Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi

Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Ravshanjon Nasimov Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Botiraliyev Anvarjon Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Muhtoj oilalar uchun qurilgan arzon uylarni hokimiyat ishchilari olgan — Zoyir Mirzayev
1 aprel 2021, 15:38 1

Muhtoj oilalar uchun qurilgan arzon uylarni hokimiyat ishchilari olgan — Zoyir Mirzayev

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Qarshida qurilgan arzon uylarning katta qismini hokimiyat ishchilari olganini ma’lum qildi. “Barchasini chaqirib, sharmandasini chiqarib, oddiy fuqarolarga olib berganmiz”, — dedi u.

Otabek Nazirov To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari etib tayinlandi
1 aprel 2021, 14:58

Otabek Nazirov To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari etib tayinlandi

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri maslahatchisi etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting