O‘zbekiston fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi yangi nizomga sharh.
«Paxtakor» futbol klubi o‘n ikkinchi marta O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.
Antimonopoliya qo‘mitasi «O‘zstandart» agentligiga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi hujjat loyihasining bir qator bandlarini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi. Ular iste’molchilar manfaatlariga zid kelishi va korrupsiyani keltirib chiqarishi mumkin.
Qibray tumani Salar shaharchasi Tinchlik mahallasida joylashgan Bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatiga qarashli hududda sodir bo‘lgan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper iste’foga chiqqanidan so‘ng uning o‘rniga Vadim Abramov tayinlandi.
Turistik avtobus Chimyon yo‘lida pastlikka tushib ketdi. Hodisa vaqtida u bo‘sh bo‘lgan.
Chimkentdagi Mintaqaviy ijtimoiy-innovatsion universiteti tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar mahalliy yoshlar tazyiqiga uchrayotgani xabar qilindi. TIV vaziyatni nazoratga oldi.
O‘FA hamda O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘rtadagi shartnomani o‘zaro kelishuvga asosan bekor qildi. Kuper bir yil davomida bosh murabbiy bo‘lib ishladi.
Samarqandda 2022 yildagi Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti uchun yo‘l va ko‘chalarni yangilashga 25 mln dollar ajratildi.
Fanlar akademiyasi tizimida Milliy arxeologiya markazi, markaz negizida esa Ya.G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti tashkil etildi.
Bekobodda to‘rt egizak — ikki o‘g‘il va ikki qiz dunyoga keldi.
Toshkentning Uchtepa tumanidagi Lutfiy va Shirin ko‘chalarida Avtomobilsiz kun bo‘lib o‘tmoqda. Aksiya «Seul» bog‘idagi konsert bilan yakunlanadi.
Boks bo‘yicha jahon chempionatida Bahodir Jalolov O‘zbekiston delegatsiyasiga uchinchi oltin medalni olib keldi. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida Dilshod Ro‘zmetov O‘zbekiston delegatsiyasiga dastlabki kumush medalni olib keldi.
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida Mirazizbek Mirzaxalilov O‘zbekiston delegatsiyasiga ikkinchi oltin medalni olib keldi.
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida Shahobiddin Zoirov oltin medal egasiga aylandi.
Toshkentning Qoratosh mavzesida «Tatneft»ning O‘zbekistondagi birinchi flagman yoqilg‘i quyish shoxobchasini ochdi. Stansiyada AI-100 benzini ham sotiladi.
«G‘urumsaroy» poligonida O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari hamkorligidagi qo‘mondonlik-shtab strategik o‘quvlari yakunlandi. Chegaradagi shartli jangarilarni yo‘q qilish bo‘yicha jangovar topshiriq muvaffaqiyatli bajarildi.
Toshkent prokuraturasi Yevropa davlatlariga ishlashga yuborish uchun 52 kishidan 18−35 mln so‘mdan olib, ishga jo‘natmagan Human bandlik agentligiga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Prezident farmoni bilan O‘zbekiston «O‘zarxiv» agentligi tashkil etiladi. Milliy arxiv fondi hujjatlari bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi va sug‘urta nusxalari yaratiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting