Arxiv

Yashnobod, Bektemir va Chilonzor tumanlarining ba’zi joylarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi
8 iyun 2023, 11:05

Yashnobod, Bektemir va Chilonzor tumanlarining ba’zi joylarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi

Toshkentning Yashnobod, Bektemir hamda Chilonzor tumanlaridagi ayrim hududlarida elektr energiyasi soat 18:00 ga qadar vaqtincha o‘chirildi.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 465−11 510 so‘m etib belgilandi
8 iyun 2023, 09:51

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 465−11 510 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 8-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 395−11 460 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 465−11 510 so‘m.

Toshkentda konditsionerni yoqmasdan harakatlangan avtobus haydovchisi jazolandi
8 iyun 2023, 09:44

Toshkentda konditsionerni yoqmasdan harakatlangan avtobus haydovchisi jazolandi

Toshkent shahrida konditsionerni yoqmasdan harakatlanib, yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘lgan 59-sonli avtobus haydovchilaridan biri jazolandi.

Qashqadaryoda VIII — IX asrlarga oid tosh minora topildi
8 iyun 2023, 09:32

Qashqadaryoda VIII — IX asrlarga oid tosh minora topildi

Yakkabog‘ tumanida VIII — IX asrlarga taalluqli toshdan qurilgan kuzatuv minorasi deya taxmin qilinayotgan obyekt topildi. Mutaxassislarga ko‘ra, ushbu minora zardushtiylarning daxmasi bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin.

Foto: O‘zbekiston prezidenti Italiyaga bordi
8 iyun 2023, 00:37

Foto: O‘zbekiston prezidenti Italiyaga bordi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Rimga bordi. Uni Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Adliya vazirligi yo‘l belgilarining onlayn reyestrini joriy etishni taklif qilmoqda
8 iyun 2023, 00:31

Adliya vazirligi yo‘l belgilarining onlayn reyestrini joriy etishni taklif qilmoqda

Adliya vazirligi yo‘l belgilarining onlayn reyestrini joriy etishni taklif qildi. Taqiqlovchi belgilarni faqat hokimlar qarori bilan o‘rnatish taklif etilmoqda. Ular reyestrda bo‘lmasa, hech qanday huquqiy oqibatlar bo‘lmaydi. Yo‘llarni qurish va ta’mirlashda esa nogironlar huquqlari hisobga olinadi.

Samarqandda qizchani qutqarib qolgan yigitlar taqdirlandi
7 iyun 2023, 22:09

Samarqandda qizchani qutqarib qolgan yigitlar taqdirlandi

Yoshlar ishlari agentligi Samarqandda 4-qavatdan tushib ketgan qizchani qutqarib qolgan to‘rt yigitga noutbuklar sovg‘a qildi va til kurslari xarajatlarini qoplab beradigan bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati IIB Xidirnazar Allaqulov 2 xodimga tan jarohati yetkazgani haqida bayonot berdi
7 iyun 2023, 19:21 1

Farg‘ona viloyati IIB Xidirnazar Allaqulov 2 xodimga tan jarohati yetkazgani haqida bayonot berdi

Farg‘ona viloyatida imzo to‘playotgan “Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” partiyasi rahbari Xidirnazar Allaqulov qo‘lga olindi. IIB uning tarafdorlari bilan talablarga bo‘ysunmay, mojaro uyushtirgani, ikki xodimga tan jarohati yetkazganini iddao qildi. Allaqulov tarafdorlari provokatsiya bo‘lganini aytishmoqda.

Marg‘ilon va Andijonda noqonuniy ravishda fuqarolarni Hajga yuborishini aytib, pul olgan shaxslar ushlandi
7 iyun 2023, 18:00

Marg‘ilon va Andijonda noqonuniy ravishda fuqarolarni Hajga yuborishini aytib, pul olgan shaxslar ushlandi

DXX tomonidan Farg‘ona va Andijon viloyatlarida fuqarolarning ishonchiga kirib, Haj ziyoratiga yuborish evaziga pul olgan shaxslar qo‘lga olindi.

XVJ ijrochi direktori O‘zbekistonga suv resurslarini to‘g‘ri narxlashni tavsiya qildi
7 iyun 2023, 17:30

XVJ ijrochi direktori O‘zbekistonga suv resurslarini to‘g‘ri narxlashni tavsiya qildi

XVJ ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva O‘zbekistondagi suv taqchilligi bo‘yicha savolga javob berib, suv resurslarining to‘g‘ri narxlanganiga ishonch hosil qilishga chaqirdi. Shuningdek, u Markaziy bank raisidan O‘zbekistonda suv bo‘yicha narx siyosati qanday ekanini so‘radi.

ADM Jizzakh hududida vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi
7 iyun 2023, 17:00

ADM Jizzakh hududida vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi

Jizzax shahrida ADM Jizzakh avtomobil zavodi hududida Koreyaning Dasan DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi OCHni O‘zbekiston 4-o‘rinda yakunladi
7 iyun 2023, 16:51

Yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi OCHni O‘zbekiston 4-o‘rinda yakunladi

Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza — jami 9 ta medal bilan yakunladi. Umumjamoa hisobida ular 4-o‘rinni egalladi.

O‘zbekistonlik velosportchilar Osiyo chempionatida dastlabki medallarni qo‘lga kiritdi
7 iyun 2023, 16:35

O‘zbekistonlik velosportchilar Osiyo chempionatida dastlabki medallarni qo‘lga kiritdi

Tailandda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining birinchi kunida o‘zbekistonlik velosportchilar aralash jamoaviy estafetada bittadan kumush va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

“Shaffoflik — qiynoqlarni barvaqt oldini olishning ta’sirchan vositalaridan biri” — Ombudsman
7 iyun 2023, 16:31

“Shaffoflik — qiynoqlarni barvaqt oldini olishning ta’sirchan vositalaridan biri” — Ombudsman

Ombudsman Bo‘kada sodir bo‘lgan holatga munosabat bildirib, aybdorlar hibsga olinganini ijobiy baholashini qayd etdi. Munosabatda ta’kidlanishicha, qiynoqlarni oldini olish uchun shaffoflik ta’minlanishi kerak.

Toshkentning qator ko‘chalarida avtobuslar uchun yo‘laklar tashkil etish rejalashtirilmoqda
7 iyun 2023, 16:01

Toshkentning qator ko‘chalarida avtobuslar uchun yo‘laklar tashkil etish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahri hokimligi Amir Temur, Shahrisabz, Shota Rustaveli va Yangi Sergeli ko‘chalarida tezyurar avtobuslar yo‘laklarini tashkil etish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini muhokama uchun e’lon qildi. Loyihada xorij tajribasi asosida ko‘chalarni optimallashtirish nazarda tutilgan.

Farg‘onada YTH oqibatida Italiya fuqarosi halok bo‘ldi
7 iyun 2023, 15:50

Farg‘onada YTH oqibatida Italiya fuqarosi halok bo‘ldi

Oltiariq tumanida Nexia-2 haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan Italiya fuqarosini urib yubordi. U olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etdi.

Avtomobilni jaziramadan saqlash uchun nimalar qilish kerak?
7 iyun 2023, 15:30

Avtomobilni jaziramadan saqlash uchun nimalar qilish kerak?

Jazirama kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida bo‘lgan avtomobilda harorat 100 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bu mashina jihozlari xiralashishi, yorilishi va buzilishiga olib keladi. Mutaxassislar jaziramadan ularni qanday saqlash borasidagi ko‘rsatma va tavsiyalar bilan bo‘lishdi.

Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
7 iyun 2023, 15:24

Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Uzbekistan Airways kompaniyasining Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bunga tug‘ruq boshlangan homilador yo‘lovchi sabab bo‘ldi. U tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
7 iyun 2023, 14:54

Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent shahridan Bo‘stonliq tumaniga (Chorvoq erkin turistik zonasiga) avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Har kuni 3 xil vaqtda qatnov amalga oshiriladi, yo‘lkira narxi 15 ming so‘m etib belgilandi.

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlangan o‘nlab odamlar hibsga olindi
7 iyun 2023, 14:33

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlangan o‘nlab odamlar hibsga olindi

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari ehtimoliy davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilingan 30 dan ortiq kishidan iborat guruhni qo‘lga oldi. Guruh tashkilotchilari, rasmiylarga ko‘ra, aybiga iqror bo‘lgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting