«Tolibon» harakati a’zolari Kobulga kirdi. OAV Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iste’foga chiqishi ehtimoli haqida xabar qilmoqda. Afg‘oniston TIV rahbari hokimiyatning tinch yo‘l bilan o‘tishini ma’lum qildi.
O‘zbekistonning Kobuldagi elchixonasi va Mozori Sharifdagi konsulligi faoliyatini davom ettirmoqda hamda xodimlar hali evakuatsiya qilingani yo‘q. “Termiz-Hayraton” ko‘prigi atrofidagi vaziyat esa butunlay barqarorlashgan.
Koronavirusga qarshi emlash jarayonida ayrim holatlarda vaksina olish bo‘yicha tibbiy cheklovlar bo‘lishi mumkin. Qaysi holatlarda koronavirusga qarshi vaksina olish tavsiya etilmaydi? Boshqa turdagi vaksina olganlar qancha vaqtdan keyin koronavirusga qarshi emlanishi mumkin? Ushbu savollarga Sanitariya-epidemiologik xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov javob berdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 71 yoshida vafot etdi. Avvalroq, uning Moskvada davolanayotgani ma’lum qilingan edi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshaganini ma’lum qildi. Ko‘prikning Afg‘oniston qismida to‘plangan Afg‘oniston fuqarolarining asosiy qismi ko‘prikni va unga tutash hududni mustaqil ravishda tark etgan.
Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi qanday kutib olinishi, Lionel Messining “PSJ” klubiga o‘tishi, Olimpiadada ishtirok etgan sportchilar va murabbiylar mukofotlanishi — “Gazeta.uz” ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.
Andijon viloyati aholisining jamoat transporti xizmatidan foydalanish qamrovini oshirish maqsadida xususiy kompaniya tomonidan 70 dona Zhongtong avtobus sotib olinadi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 917 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, shanba kuni 502 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Gaiti qirg‘oqlarida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, 300 dan ziyod kishi hayotdan ko‘z yumdi, yuzlab insonlar jarohatlangan va bedarak yo‘qolgan.
O‘zbekiston davlat chegarasini kesib o‘tgan 84 nafar Afg‘oniston harbiy xizmatchisiga tibbiy yordam va vaqtinchalik boshpana taqdim etdi. TIV afg‘on fuqarolarini vataniga qaytarish hamda Termiz-Hayraton ko‘prigi hududidagi vaziyatni yumshatish uchun afg‘on tomoni bilan muzokaralar olib bormoqda.
«Tolibon» harakati Afg‘onistonning shimoli-g‘arbida joylashgan Balx viloyatining ma’muriy markazi — Mozori-Sharif shahrini egallaganligini e’lon qildi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, afg‘on hukumati qo‘shinlarining bir qismi O‘zbekiston bilan chegara tomonga qochgan.
Havo floti kuni arafasida Toshkent harbiy okrugi «Chirchiq» poligonida harbiy aviatsiya aviashousi bo‘lib o‘tdi. Unda jangovar va harbiy-transport samolyotlari hamda vertolyotlar uchuvchilari o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
Euromedlab mustaqil laboratoriyasi barcha turdagi tahlillar uchun tekshiruvlar o‘tkazishga tayyorligini e’lon qiladi.
2021 yilning iyuli 142 yillik global meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi.
Koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni qanday va qayerda olish mumkin? Vaksina olganlik to‘g‘risida SMS-xabar kelmasa, nima qilish kerak? Qaysi davlatlar O‘zbekiston SSV tomonidan berilgan sertifikatlarni tan olgan? O‘quvchilar so‘rovlari asosida «Gazeta.uz» ushbu va boshqa savollarga javob oldi.
Poytaxtning Yangihayot tumanida olti kunlik qizini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi.
Shanba kuni Markaziy saylov komissiyasi beshta siyosiy partiya — Ekologik partiya, XDP, O‘zLiDeP, “Milliy tiklanish” va “Adolat” partiyalariga oktyabrdagi prezident saylovida qatnashishga ijozat berdi. Ular 9 sentyabrga qadar o‘z nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
Prezident olimpiadachilar bilan juma kungi uchrashuvda sport musobaqalaridagi tanish-bilishchilik holatlariga chek qo‘yish kerakligini ta’kidladi. Bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov tanish-bilishchilikni yo‘qotish uchun onlayn platforma ishlab chiqilishini ma’lum qildi. «Ertaga kimdir o‘zidan-o‘zi, hech qayerda yutmasdan xalqaro turnirlarda yoki respublika musobaqalarida ishtirok eta olmaydi», — dedi u.
Muzqaymoqli, quymoqli, ananasli Pancho, Napoleon va Medovik — Zira.uz mazali va chiroyli tortlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Toshkent hokimi Muqimiy ko‘chasida avtobuslar uchun 3 kilometrlik alohida yo‘l harakatlanish bo‘lagini ajratish ko‘zda tutilgan qarorni imzoladi. Bundan tashqari, avtobus bekatlarini yangilash rejalashtirilmoqda, yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi davom ettiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting