“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
G‘ijduvon tumanida 3 erkak cho‘l hududida bir ayolni jinsiy aloqa qilishga majburlanganlikda gumonlanib ushlandi. Ish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari ketmoqda.
Tovuq va qovoqchadan salat, quymoqlar, qovoqcha va pomidorli gazak, qiymali pirojkalar, koreyscha salat, shokoladli maffinlar va boshqalar — Zira.uz qovoqchadan (kabachki) tayyorlangan mazali taom va shirinliklar ro‘yxatini taqdim etadi.
Muqimiy teatri oldidan boshlanadigan Arpapoya ko‘chasi bo‘ylab biroz yursangiz, G‘afur G‘ulom yashagan ikki qavatli g‘ishtin binoga duch kelasiz. Xalq shoirining uyi 1983-yili xalqqa taqdim etilgan — muzeyga aylantirilgan. Adib tavalludiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan “Gazeta.uz” muxbirlari muzeyda bo‘ldi.
Boks bo‘yicha JCHning 13−14-mayda o‘tadigan final bahslarida 7 nafar o‘zbekistonlik qatnashadi. Olimpiya chempionlari Hasanboy Do‘smatovga fransiyalik, Bahodir Jalolovga esa kubalik bokschi raqib bo‘ladi. Saidjamshid Jafarovni esa 2021-yilgi turnirda Shaxram G‘iyosovni mag‘lub etgan qozog‘istonlik bokschi kutmoqda.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatadi.
Chuy viloyatida qurilayotgan avtomobil zavodi, prezidentlikka XDPdan Ulug‘bek Inoyatov, “Adolat” partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyev nomzodi, ko‘mir qazib olishni oshirishga topshiriq bergan prezident, dam kunlaridagi o‘zgaruvchan ob-havo va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Toshkent hokimi v.b., prokurori, IIBB boshlig‘i va soliq boshqarmasi rahbari (shaharning “to‘rt sektor” rahbarlari) ota-onalarni bolalarga ko‘proq e’tibor qaratishga chaqirib, o‘z yordamlarini taklif qilishdi: “Biz doimo siz bilan yelkadoshmiz”
Sudyalar oliy malaka hay’ati “Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘ladigan O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudovaning sudyalik vakolatlarini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari iqtisodlari turli zarbalarga qaramay, barqarorligini isbotladi va o‘tgan yili o‘sish sur’atlarini namoyon etdi, biroq, XVJ ma’lumotlariga ko‘ra, uning sur’ati 2023-yilda sekinlashadi, mintaqa istiqboli esa tashqi omillarga o‘ta qaram.
Koreyada o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida Ruslan Nurudinov ikkita oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritib, qit’a chempioni bo‘ldi.
“O‘zbekko‘mir” korxonasining Angren ko‘mir koniga 80 million dollar kredit ajratiladi, dedi prezident. U ko‘mirga bo‘lgan talab 1,5 barobar oshishini aytdi va qazib olishni 22,6 foizga — 6,5 million tonnagacha oshirish vazifasini qo‘ydi. Ko‘mir qazib olish birinchi chorakda 14 foizga qisqargandi.
AQSh ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkas chegarani noqonuniy kesib o‘tganlarga boshpana berilmasligi to‘g‘risidagi bayonot bilan chiqdi (bu hamrohi bo‘lmagan migrant bolalarga taalluqli emas). O‘zgarish koronavirus cheklovlari olib tashlangach, chegarada muhojirlar soni keskin oshishi fonida sodir bo‘ldi.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudovani O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatmoqda.
3-may kuni Baxmal tumanida 5 yoshli bola uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qoldi. Oradan ikki kun o‘tib, uning murdasi “Tuyatortar” kanalidan topildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Oqqo‘rg‘onda “Shoxruxiya shaxristoni” va “Qiyritepa” arxeologiya yodgorliklarining xususiy korxonalarga berib yuborilishi oqibatida obyektlarga jami 495 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Holatga sababchi mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shavkat Mirziyoyev elektr energiyasi iste’moli keskin oshadigan yoz fasli uchun O‘zbekistonda energiya ta’minotiga tayyorgarlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Hokimlarning kutilayotgan yuklama hajmini qoplash yuzasidan hisob-kitoblari yo‘qligi tanqid qilindi.
Shanba kuni O‘zbekistonning katta qismida yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni esa havo ochiq va quyoshli bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Harorat kechalari +13…+20 daraja, kunduzi +27…+35 daraja atrofida bo‘ladi.
Xalq demokratik partiyasidan partiya raisi Ulug‘bek Inoyatov prezidentlikka nomzod sifatida Qurultoyda ko‘rib chiqish uchun ma’qullandi.
Moskvadagi “Monro” kafesiga 30 nafar o‘zbekistonlik migrant hujum uyushtirib, o‘g‘riliklar sodir etgani aytilgandi. Migratsiya agentligi Rossiyadagi huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga tayanib, bu voqea gumonlanuvchilari o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmaganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting