UzAuto Motors yanvar-may oylarida Qozog‘istonda 11,7 ming dona avtomobil sotib, savdo hajmi bo‘yicha birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Moskvada migrantlarni koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinatsiya jarayonlari boshlandi. Hozirda ular «Sputnik Layt» bilan emlanmoqda va vaksina uchun to‘lov ish beruvchi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Jahon banki O‘zbekistonga elektroenergetika sohasini rivojlantirish uchun 380 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi.
Senatorlar «Bank siri to‘g‘risida» va «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida"gi qonunlarga o‘zgartishlar kiritishni ma’qulladi. Prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlariga Markaziy bank ma’lumotlar bazalaridagi hisobvaraqalar haqidagi ma’lumotlarni olishga ruxsat berildi.
Dollarning rasmiy kursi 10,83 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 586,83 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Davlat moliyaviy nazorati departamenti Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlarda 2017−2020 yillarda jami 87,3 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganini aniqladi.
Avgust oyida COVAX dasturi doirasidagi vaksinalardan biri O‘zbekistonga olib kelinishi kutilmoqda. U AstraZeneca (CovieShield emas), Pfizer, Moderna yoki JSST tasdiqlagan boshqa vaksina bo‘lishi mumkin.
Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +38…+41 darajagacha ko‘tariladi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev bugun Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan uchrashadi. 29 iyun kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlari, 1 iyul kuni uzum yetishtirish va qayta ishlash masalalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Shuningdek, hafta davomida respublika hududlariga amaliy tashrif ham rejalashtirilgan.
Rossiya poytaxtidagi kafe va restoranlarga faqat maxsus QR-kod taqdim etilgandan keyingina tashrif buyurish mumkin. Kod koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar, kafega kelishdan avval, yarim yil ichida COVID-19 bilan kasallanganlar yoki uch kundan kechiktirmay PSR testining manfiy natijasini olganlarga beriladi.
Jizzax shahridagi gaz quyish shoxobchasida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani sababli yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda ikkita mashina yonib ketdi.
“Toshshartransxizmat” Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradigan 24 ta avtobus o‘z ish tartibida davom ettirishini ma’lum qildi. YPX post maskanlari avtomobillar harakati uchun yopilgan hollarda, avtobuslar harakati ushbu post maskanlarigacha tashkil qilinadi.
O‘zbekistondagi YTHlarning aksariyatida piyodalar jabr ko‘rmoqda. Buning sababi nimada va bunday hodisalar sonini qanday kamaytirish mumkin? Bu haqda batafsil Samarqand bosh rejasini ishlab chiqayotgan rossiyalik mutaxassislar jamoasining «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida.
Kecha O‘zbekistonda 469 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 774 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Angrenda PPX xodimi tabel qurolidan o‘zining jag‘ qismiga qarata bir marotaba o‘q uzib, vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aytilishicha, unga nisbatan bosim bo‘lgan va pul so‘ralagan. Holat ichki ishlar vazirining shaxsan nazoratiga olingan.
Pensiya va nafaqalarning oshirilishi, 24 ta tuman va shahar qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilayotgani, olis va chekka hududlardagi bog‘chalar va parrandachilarga subsidiya berilishi, onkologik va gematologik bemorlarning viloyatlardan respublika markazlariga kelish xarajatlari qoplab berilishi, mansabdor shaxslarning xizmat safarlari xarajatlari oshkor qilinishi — 1 iyuldan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Toshkentdagi yirik bozorlar, supermarketlar, maktablar, mahallalar va boshqa muassasalar hududida koronavirusga qarshi emlash punktlari ochildi (ro‘yxat).
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida yuzaga keladigan tanaffus, prezidentning o‘zbekistonlik sportchilarning Olimpiada o‘yinlaridagi ishtiroki to‘g‘risidagi qarori, Oksana Chusovitinadan yana bir oltin medal — “Gazeta.uz” ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.
Xorazmda oqova suv haydash stansiyasining ikki ishchisi quduqda taxminan toksik gazdan (serovodorod) zaharlanib, voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Madaniyat vazirligi aktrisa To‘ti Yusupovaning o‘limi haqidagi xabarlarni asossiz deb atadi. «Ayni paytda san’atkorning ahvoli yaxshi», — deyiladi vazirlik bayonotida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting