Shavkat Mirziyoyev Toshkent hokimidan mahallalarni obodonlashtirish ishlarining sustkashligi sabablarini so‘radi. «To‘g‘risini aytsam, biz siz qo‘yayotgan talab darajasida ishlashga ulgurmay qolyapmiz», dedi Jaxongir Ortiqxo‘jayev va barcha masalalarni 1 oktyabrga qadar hal qilishga va’da berdi. Prezident shoshqaloqlikdan qochish va ish sifatiga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.
O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 150,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 7,7 mingta yengil avtomobillar import qilgan. Shuningdek, o‘tgan 5 oyda xorijiy davlatlarga qiymati 134,9 mln. AQSh dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri 27 iyun — 4 iyul kunlari amaliy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ladi.
Kecha O‘zbekistonda 493 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 545 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigida milliy jurnalistika turli sinov va qiyinchliklarga duch kelayotganini ta’kidladi. Davlat rahbari senzura o‘rnatish, OAV faoliyatiga noqonuniy aralashish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq o‘tkazish va boshqalar uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi.
Prezident qiynoqlarning oldini olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi yangi hujjatga imzo chekdi. Ombudsman huzurida qiynoqlarni aniqlash bo‘yicha jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi. Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va yetkazilgan zararni kompensatsiya qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Shavkat Mirziyoyev metropoliten alohida energiya tizimiga ega bo‘lishini ma’lum qildi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, metroda tez-tez uchraydigan nosozliklarni bartaraf etish uchun qiymati 40 milliard so‘m bo‘lgan alohida podstansiya sotib olinmoqda.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amerikalik teleboshlovchi Dennis Uoliga bergan intervyusida Afg‘onistondagi vaziyat, ushbu mamlakatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqaruv shakli, «Tolibon»ning maqsadlari haqida so‘zladi, shuningdek, O‘zbekistonning optimistik munosabati va nima uchun shaxsan o‘zi «Tolibon»ni terroristik tashkilot emas deb hisoblashiga izoh berdi.
Yangihayot, Sergeli va Bektemir tumanlarida chiqindi suvlarni tozalash uchun prezident yangi oqava suv tozalash inshootini qurishni taklif qildi. Ushbu hududlarda yashovchilar bir necha oydan beri yoqimsiz hiddan shikoyat qilmoqdalar.
UzAuto Motors katta miqdordagi po‘lat listlar Rossiyadan olib kelinayotganda yo‘qolganini ma’lum qildi. Talon-toroj qilingan ushbu listlar 2000 dan ortiq Nexia-3 avtomobilining kuzov qismlarini ishlab chiqarishga yetar edi, deya aniqlik kiritdi kompaniya.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida davlat tili to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritish ma’qullandi. Yangi tahrirdagi qonunda bir qator yangi normalar mavjud.
Sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogida 46 yoshli Oksana Chusovitina sakrash yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Kecha O‘zbekistonda 546 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 454 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Yengil, yorqin, mazali va vitaminlarga boy salatlar — Zira.uz yozgi salatlar retseptlarini e’tiboringizga havola etadi.
Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi Cho‘ponota ko‘chasi va Sergeli tumanidagi Qipchoq ko‘chasini bog‘laydigan yangi yo‘l va ko‘prik qurilishi bilan tanishdi. «Kelajakni hisobga olib, hali ko‘p joyda ko‘priklar quramiz», — dedi prezident. Avvalroq Toshkent hokimligi uchta yo‘l o‘tkazgich va yo‘l qurilishi narxi 49 mln dollargacha qimmatlashganiga aniqlik kiritgan edi.
Prezident farmoni bilan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida sport anjomlari va delegatsiya formasini, jihozlarini sotib olish bo‘yicha shartnomalar, shuningdek sport bazalarini ijaraga berish shartnomalarini elektron savdolar va tanlovlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzishga ruxsat berildi. Bundan tashqari, e’lonlarni davlat xaridlari portalida joylashtirmaslikka ham ruxsat beriladi.
Oliy Majlis Senati Toshkent viloyatining umumiy maydoni 17,3 ming gektar bo‘lgan tuman va shaharlar chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. Bu jinoyatchilikka qarshi samarali kurashish va aholining ijtimoiy ta’minotini yaxshilashga yordam berishi ta’kidlandi.
Chexiyada yuz bergan tornado oqibatida 200 ga yaqin kishining jarohatlangani, AQShning Afg‘onistonda 650 nafarga yaqin harbiyni qoldirayotgani, Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar muddatini uzaytirgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Toshkentda joriy etilayotgan yangi karantin cheklovlari, Senatda tashkil etilayotgan yangi qo‘mita, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarga beriladigan rag‘batlantirishlar, Qarshi va Jizzaxdagi 2 ta oliygohda 22,5 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilishi — “Gazeta.uz"ning 25 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qozog‘istonning birinchi prezidenti, elboshi Nursulton Nazarboyev koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi bilan emlandi. U qozog‘istonliklarni vaksina olishdan qo‘rqmaslikka chaqirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting