Arxiv

Namanganda erkak o‘zi va sobiq xotinini pichoqlashi oqibatida ayol vafot etdi
6 may 2023, 15:01

Namanganda erkak o‘zi va sobiq xotinini pichoqlashi oqibatida ayol vafot etdi

To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 26 yoshli fuqaro 23 yoshli sobiq xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Shundan so‘ng o‘ziga ham pichoq urgan erkak shifoxonaga olib ketildi. Bosh prokuratura ular 2022-yilda ajrashgani, ammo majburan birga yashab kelganini bildirdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘onada erkak mushukni otib, bug‘uni esa bo‘g‘izlab o‘ldirgani nazoratga olindi
6 may 2023, 12:16

Farg‘onada erkak mushukni otib, bug‘uni esa bo‘g‘izlab o‘ldirgani nazoratga olindi

Farg‘ona tumanida erkak “jo‘jalarni yeb ketayotgani uchun” mushukni pnevmatik ov quroli bilan otib o‘ldirgani aniqlandi. Shuningdek, bug‘uni bo‘g‘izlab o‘ldirgani aks etgan surat tarqaldi. Tuman IIB tomonidan uning quroli olib qo‘yilib, ish bo‘yicha hujjatlar huquq-tartibot organlariga taqdim etildi.

Qashqadaryo va Jizzaxda qor yog‘di: mevalarni sovuq urgan bo‘lishi mumkin
6 may 2023, 11:04

Qashqadaryo va Jizzaxda qor yog‘di: mevalarni sovuq urgan bo‘lishi mumkin

Shanba kuni Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari bo‘ylab qor yog‘ishi kuzatilmoqda. Xorazm markazi Urganchda esa 1 sutka davomida 23.7 mm yomg‘ir yog‘ib o‘tgan. “Qor va haroratning nolgacha pasayishi meva va gullarni sovuq urishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin”, — deb yozmoqda O‘zgidromet xodimi Erkin Abdulaxatov.

Turoperatorlarga xorijliklarga guruh paketlarini sotishida QQSning bir qismi qaytariladi
6 may 2023, 09:59

Turoperatorlarga xorijliklarga guruh paketlarini sotishida QQSning bir qismi qaytariladi

O‘zbekiston prezidenti qarori bilan turoperatorlarga 5 va undan ortiq xorijiy sayyohlar uchun turpaketlar sotishida QQSning 20 foizi qaytarilishi, sayyohlik kompaniyalari va mehmonxonalarga avtobuslarni olib kirishda QQSni 12 oy davomida foizsiz va shartsiz to‘lash imkoniyati berilishi belgilandi.

Qashqadaryoda 2 ta Nexia to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
6 may 2023, 09:11

Qashqadaryoda 2 ta Nexia to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Qarshi tumanida Nexia-3 qarama-qarshi tomondan kelayotgan Nexia-2 bilan to‘qnashib ketdi. Oqibatda 2 yo‘lovchi hodisa joyida vafot etdi, yana 2 kishi shifoxonaga yotqizildi.

Nima tayyorlaymiz: Qulupnayli shirinliklar
6 may 2023, 08:21

Nima tayyorlaymiz: Qulupnayli shirinliklar

Qulupnayli pechenelar, mini-pirog, qulupnayli muzqaymoq, pishirishni talab etmaydigan qulupnay va tvorogli tort va boshqalar — Zira.uz shirin va tez tayyorlanadigan qulupnayli shirinliklar ro‘yxatini taqdim etadi.

FIFA rahbari O‘zbekiston prezidentiga familiyasi tushirilgan 24-raqamli futbolka tortiq qildi
5 may 2023, 23:45

FIFA rahbari O‘zbekiston prezidentiga familiyasi tushirilgan 24-raqamli futbolka tortiq qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va FIFA rahbari Janni Infantino uchrashuvida O‘zbekistonda futbolni ommalashtirish va yirik tadbirlarni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, sport tashkiloti rahbari mamlakat prezidentiga uning familiyasi hamda 24 raqami tushirilgan futbolka tortiq qildi.

Farg‘onada bir qiz va ikki yigit psixotrop modda bilan ushlangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
5 may 2023, 22:31

Farg‘onada bir qiz va ikki yigit psixotrop modda bilan ushlangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi

Tarmoqlarda 15−18 yoshlardagi qiz va ikki o‘g‘il yigitning psixotrop modda bilan ushlab turgani aks etgan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIBga ko‘ra, ularda psixotrop modda yoki sovuq qurol aniqlanmagan. Ammo ulardan ikkisi va videoni tarqatgan shaxs jarimaga tortilgan.

5-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
5 may 2023, 22:00

5-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Fransiya prezidentining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi, Nukus voqealari bo‘yicha apellyatsiya sudi, Surxondaryodagi chang bo‘ronlari, poytaxt avtobuslarida yo‘qolayotgan “kunlik plan”, o‘g‘li 4 nafar qizga tegajog‘lik qilgani aytilgan bog‘cha direktori ishdan olingani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha apellyatsiya jarayoni kechiktirildi
5 may 2023, 21:25

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha apellyatsiya jarayoni kechiktirildi

Sud Dauletmurat Tajimuratovning asosiy advokati kelmagani sababli Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha jinoyat ishi doirasida apellyatsiya jarayoni boshlanishini 10-mayga qoldirdi. Ayblanuvchi prokurorlarni almashtirish va ishni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarishni so‘radi, biroq rad javobini oldi.

JSST COVID-19 pandemiyasi maqomini bekor qildi
5 may 2023, 19:07

JSST COVID-19 pandemiyasi maqomini bekor qildi

JSST rahbari Tedros Gebreyesus COVID-19 tarqalishi sog‘liqni saqlash sohasida global favqulodda holat maqomini yo‘qotganini ma’lum qildi.

Xalqaro kosmik texnologiyalar konferensiyasi qanday o‘tdi
5 may 2023, 19:01

Xalqaro kosmik texnologiyalar konferensiyasi qanday o‘tdi

Xalqaro kosmik texnologiyalar konferensiyasi doirasida O‘zbekiston ta’lim sun’iy yo‘ldoshi uchirilishini e’lon qildi. Shuningdek, kosmosdagi ta’limiy loyihalar doirasida hamkorlik memorandumlari imzolandi, poytaxtda kompetensiyalar markazlari ish boshladi.

Pedagogika yo‘nalishidagi sirtqi ta’limga faqat 5 yillik stajga ega o‘qituvchilar qabul qilinadi
5 may 2023, 18:22

Pedagogika yo‘nalishidagi sirtqi ta’limga faqat 5 yillik stajga ega o‘qituvchilar qabul qilinadi

2023/2024 o‘quv yilidan OTMlarning pedagogika yo‘nalishidagi sirtqi ta’limda o‘qishni istagan o‘qituvchilar kamida 5 yillik pedagogik stajga ega bo‘lishi shart. Bu bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

Tizimda yil boshidan beri 9 nafar xodim javobgarlikka tortildi — “Hududgazta’minot”
5 may 2023, 18:00

Tizimda yil boshidan beri 9 nafar xodim javobgarlikka tortildi — “Hududgazta’minot”

2023-yil boshidan beri gaz ta’minoti korxonalarining 9 nafar xodimi firibgarlik va boshqa jinoyatlar uchun javobgarlikka tortildi. Qo‘lga olinganlarga nisbatan tergov choralari ko‘rilmoqda, fuqarolardan xodimlar bilan til biriktirmaslik va noqonuniy xatti-harakatlar haqida xabar berish so‘raldi.

P2P o‘tkazmalari haqidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etish Konstitutsiya zid — “Yuksalish”
5 may 2023, 17:59

P2P o‘tkazmalari haqidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etish Konstitutsiya zid — “Yuksalish”

“Yuksalish” harakati jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari haqidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etish Konstitutsiya zid ekanini ma’lum qildi. Harakat bu masalani qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq ekanini qayd etdi.

O‘zbekistonda “Yangi bank” ro‘yxatdan o‘tkazildi
5 may 2023, 17:46

O‘zbekistonda “Yangi bank” ro‘yxatdan o‘tkazildi

MB tomonidan yana bir bank — “Yangi bank”ga litsenziya berildi. Uni “O‘zagroeksportbank” rahbarining sobiq o‘rinbosari Odil Amerqulov boshchiligidagi “Yangi Group” kompaniyasi tashkil etgan.

Surxondaryoda chang bo‘ronlari kuzatilmoqda. Video
5 may 2023, 16:19

Surxondaryoda chang bo‘ronlari kuzatilmoqda. Video

Juma kuni tushdan so‘ng O‘zbekistonning janubiy qismi, xususan, Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida chang bo‘ronlari sodir bo‘ldi.

Toshkentda fuqaroni $25 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lganlar ushlangani aytilmoqda
5 may 2023, 16:16

Toshkentda fuqaroni $25 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lganlar ushlangani aytilmoqda

Toshkent shahrida kompaniya rahbari va boshqa shaxslar fuqaroni $25 ming evaziga Turkiya va Meksika orqali AQShga jo‘natishga uringanlikda ayblanib ushlandi.

O‘zbekistonda Onix va Tracker uchun shartnoma berish vaqtincha to‘xtatildi
5 may 2023, 15:31

O‘zbekistonda Onix va Tracker uchun shartnoma berish vaqtincha to‘xtatildi

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari uchun shartnomalar berishni ushbu modellarning konfiguratsiyasi yangilanishi munosabati bilan vaqtincha to‘xtatdi. Kompaniyaning bildirishicha, avtomobillar uchun “issiq” variantlar kutilmoqda.

Samarqandda ELSA jamiyatining birinchi bahorgi Kongressi bo‘lib o‘tdi
5 may 2023, 15:00

Samarqandda ELSA jamiyatining birinchi bahorgi Kongressi bo‘lib o‘tdi

27−29-aprel kunlari Osiyo endoskopik va laporoskopik xirurglar jamiyatining (ELSA) Kongressi Samarqandda “Ipak yo‘lida minimal invaziv xirurgiya” mavzusida bo‘lib o‘tdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting