Sirdaryoda viloyati Sayxunobod tumanidagi maktab hojatxonasida 8 yoshli qizaloqqa tegajog‘lik qilgan erkakka 10 yil qamoq jazosi tayinlandi. U o‘ta xavfli retsidivist deb e’lon qilingan.
O‘zbekistonda koronavirusning eng xavfli ko‘rinishlaridan biri «hindcha» shtamm aniqlangan. U mamlakatga Rossiya hududidan kirib kelgan bo‘lishi mumkin.
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turizm vazirlarining VI yig‘ilishida yettita taklifni, jumladan, davlatlar o‘rtasida transport logistikani rivojlantirish, Madaniy meros obyektlarini asrash jamg‘armasini tashkil etishni taklif qildi. Qolaversa, u Qo‘qon shahrini Turkiy kengashning «Turizm poytaxti» sifatida e’lon qilish taklifini bildirdi.
2021−2022 o‘quv yilida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari qabul qilindi.
«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi hududida obyektlar qurilishini moliyalashtirish uchun Toshkent hokimligining mahalliy byudjetidan 20 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘, shuningdek boshqa hududlardagi investorlarga yer uchastkalarini sotishdan tushadigan mablag‘larni yo‘naltirish rejalashtirilgan. Gap majmua yaqinidagi 2,67 gektar yer hamda 0,9 gektarlik Aqva Bog’i akvaparki hududi haqida bormoqda.
Prezident Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil etishga oid qarorni imzoladi. Sentyabrda ish boshlaydigan OTMda 5 ta — muhandislik, tabiiy fanlar, boshqaruv, agrotexnologiyalar va axborot texnologiyalari fakultetlari bo‘ladi. Qabul imtihonlarini Kembrij universiteti o‘tkazadi. O‘quv reja va dasturlari Massachusets texnologiya instituti hamda Myunxen texnika universiteti bilan birgalikda ishlab chiqiladi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Fransiyaning Suez International o‘rtasida Toshkent uchun suv hisoblashning intellektual tizimini joriy qilish bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlar to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yangi prezident farmoni loyihasi, Oliy ta’lim vaziriga yangi tayinlovlar, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha 12 ta hujjat imzolanishi, Qozog‘iston politsiya xizmati 86 ta yangi Cobalt avtomobili sotib olishi — “Gazeta.uz"ning 23 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari telefon orqali muloqotda Markaziy Osiyoda qaror topayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashib, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun yaqin muloqot va sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.
MilaWall shourumning ochilishida mehmonlarga yorqin ko‘ngilochar dastur va dekorativ bo‘yoq va suvoqning imkoniyatlari namoyish etildi.
Pandemiya paytida Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun ikkita maxsus poyezd reyslari yo‘lga qo‘yiladi. Poyezdlar 25 iyun kuni Voljskiy-Toshkent, 28 iyun kuni Moskva Kazanskiy-Toshkent yo‘nalishida harakatni amalga oshiradi.
Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha choralarni amalga oshirish kutilmoqda. Xususan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish qat’iyan taqiqlangan mansabdor shaxslar va xodimlar ro‘yxatini belgilash, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi sababli shartnomalar haqiqiy emas deb topish, davlat organlariga ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish va boshqa choralar taklif etildi.
«O‘zbekneftgaz» AJning boshqarmalari (zavod), korxona va neft bazalarida ishlovchi xodimlar o‘rtasida 220 ta holatda qarindosh-urug‘chilik munosabatlari aniqlangan. Jumladan, korxonalardan biridagi bosh texnologning 5 ta qarindoshi qo‘l ostidagi asosiy ishlab chiqarish sexida ishlashi, boshqa bir energetikning 4 ta qarindoshi qo‘l ostidagi elektr ta’minot sexida faoliyat yuritishi ma’lum bo‘ldi.
Dollarning rasmiy kursi 9,48 so‘mga pasaydi va jami 10 571,88 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.
O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari o‘rtasidagi yig‘ilish natijasida kadastr, logistika, bojxona, ta’lim va boshqa sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha hujjatlar imzolandi.
Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalar uchun 12 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda. Bungacha kompaniya O‘zbekistonning energiya salohiyatini rivojlantirishga 8 mlrd dollar investitsiya yo‘naltirgan edi.
21 iyun kuni tolibon Afg‘oniston va Tojikiston chegarasidagi «Sherxon-Bandar» nazorat o‘tkazish punktini egalladi, 134 nafar afg‘on harbiylari qo‘shni davlat hududiga chekindi. Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi mamlakatlar o‘rtasidagi chegara liniyasidagi vaziyatni keskin deb baholamoqda.
2022 yil boshidan davlat xizmatchilari va ularning oila a’zolarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi kutilmoqda. Bunda faqat 2022 yil 1 yanvardan so‘ng orttirilgan mol-mulkning kelib chiqish manbasi tasdiqlanadi. Deklaratsiyalashda aniqlangan noqonuniy boylik uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga jinoiy javobgarlik belgilanishi kutilmoqda. Antikorrupsiya agentligiga manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq shartnoma, buyruq va boshqa hujjatlarni to‘xtatish to‘g‘risida taqdimnoma yoki uni haqiqiy emas deb topish bo‘yicha sudga da’vo kiritish vakolati beriladi. 2022 yil 1 yanvarga qadar «Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish to‘g‘risida» qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha prezident farmoni loyihasini muhokama uchun e’lon qildi. Unga ko‘ra, korrupsion jinoyatni sodir etganlarning ochiq elektron reyestrini yuritish, ularning davlat xizmatida ishlashi va saylovlarda qatnashishini taqiqlash taklif etilmoqda. Shuningdek, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikning kuchaytirilishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting