Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida Nexia 2 nafar piyodani urib yubordi. Piyodalar olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etdi.
Gruziya va Turkiya huqumatlari koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan komendantlik soatini 1 iyuldan boshlab bekor qilmoqda. Bundan tashqari, Gruziyada tibbiy niqoblarni taqish majburiy bo‘lmaydi, Turkiyada esa jamoat transportidan foydalanishda yosh bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi.
Saytda e’lon qilingan diniy mazmundagi materiallar uchun Kun.uz asoschilaridan biri va rahbari 12,2 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Sud qaroridan keyin nashr yangiliklarni e’lon qilishni to‘xtatdi.
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda maxfiy biologik qurol ishlab chiqarilayotganini rad etdi. Ma’lum qilinishicha, ushbu laboratoriyalar faqat diagnostik tadqiqotlar o‘tkazish va tinchlik maqsadlaridagina foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Kecha O‘zbekistonda 395 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 383 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Afg‘onistonda epibemiologik vaziyatning keskinlashayotganligi sababli o‘zbek-afg‘on chegarasida fuqarolarning harakatlanishi vaqtincha to‘xtatiladi.
O‘zbekistonda COVID-19ga qarshi emlanadiganlar guruhi kengaytirildi. Endi 50 yoshdan oshgan fuqarolar va OTM professor-o‘qituvchilarini emlash boshlanadi. So‘nggi kunlarda infeksiya bilan kasallanish holatlari biroz ortganligi sababli hududlarda koronavirus bemorlarini davolashga yo‘naltirilgan tibbiyot muassalarining tayyorgarlik holatini tahlil qilish va zarur dori vositalari zaxirasini shakllantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
2021 yilning birinchi choragida O‘zbekiston «Gazprom»dan Xitoyga (0,54 mlrd kub metr) eksport qilganidan ham ko‘proq gaz sotib oldi. 2020 yilda mamlakat «Gazprom»ga gaz yetkazib berishni to‘xtatgan edi.
Senat 16-yalpi majlisda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi, davlat tili to‘g‘risidagi va boshqa qator qonunlarni ko‘rib chiqib, Toshkent viloyatining tuman va shaharlari chegaralarini o‘zgartirish masalasini muhokama qiladi.
O‘zbekistonning 15 ta hududidagi 1227 ta ko‘p qavatli uy, shu jumladan, Toshkentning Yunusobod tumanidagi ikkita mavzeda joylashgan uylar boshqaruvchi tashkilotlarga biriktiriladi. Ular ochiq tanlov orqali tanlanadi. Hujjatning ayrim bandlari Uy-joy kodeksiga va «Ko‘p qavatli uylarni boshqarish to‘g‘risida"gi qonunga zid bo‘lishi mumkin.
Andijonda Spark avtomashinasi haydovchisi YPX xodimining to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmadi va uni kapot ustida 50−60 metrcha sudrab ketdi. Huquqbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yevropa Ittifoqining Belarusga qarshi to‘rtinchi sanksiyalar to‘plami, Shvetsiya parlamentining ilk bor bosh vazirga ishonchsizlik votumini bildirgani, G‘arbiy Afrikada 2027 yilda umumiy pul birligi joriy etilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezidentning ushbu haftadagi ish grafiki, 19 yoshli qizning zo‘rlanishi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan partiya, Toshkentda koreyalik taekvondo murabbiyi vatandoshi tomonidan pichoqlanishi — “Gazeta.uz"ning 21 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Aqlvoy bolalar telekanalida efirga uzatilgan multfilmlarda italyan rassomi Sandro Bottichellining «Veneraning tug‘ilishi» kartinasi va malika Jinan hamda Olovudiinning o‘pishish sahnalari ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining noroziligiga sabab bo‘ldi. Kanal ushbu holatlar bo‘yicha izoh berdi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi kimyo sanoatini modernizatsiya qilish va o‘g‘itlar ishlab chiqarishda O‘zbekistonga ko‘maklashadi.
Toshkentda Chirchiq davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi ikki fuqarodan ushbu OTM yoki ToshDPUga o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da berib, 6000 dollar olayotganda ushlandi.
Dollarning rasmiy kursi 19,25 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 586,85 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz ko‘tarildi, rubl esa biroz pasaydi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovdan Shavkat Mirziyoyev takroran o‘z nomzodini prezidentlikka qo‘yishi va bu boradagi qarori haqida davlat rahbari qachon e’lon qilishini so‘rashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, saylovoldi jarayoni iyul oxirida boshlanadi. «Kim, qachon o‘z nomzodini ilgari surishini bilish uchun iyul oxirigacha kutishimiz kerak», — dedi u.
“Uzexpocentre” ning agroko‘rgazmalari O‘zbekistonda ilk bor gibrid formatida o‘tkaziladi.
Qozog‘istonning FlyArystan loukosteri Turkiston-Toshkent yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting