Sherobod tumanida erkak shar’iy nikohdagi ayolini mast holida farzandining ko‘z o‘ngida kaltaklab, bo‘g‘ib o‘ldirgan. Unga 16 yil qamoq jazosi berildi. Erkak avval ham qasddan og‘ir jinoyatlar sodir etgani sababli xavfli retsidivist deb topildi.
“AvtoVAZ” prezidenti Maksim Sokolov kompaniya yangi avlod Lada Vesta avtomobillarini yig‘ishni tiklash va O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish rejalarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.
Toshkentga yo‘li tushib, Mustaqillik maydoni, Amir Temur xiyobonini ko‘rmoqchi bo‘lganlar Sayilgoh ko‘chasiga ham yo‘l solishi tayin. Aynan shu yerda poytaxt hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan — rassomlar faoliyat yuritib kelmoqda. “Gazeta.uz” bir umrlik xotiralarni tuhfa qiluvchilar haqida hikoya qiladi.
Fransiyaning Renault rusumli avtomobillarini O‘zbekistonda yig‘ish Rossiya va boshqa davlatlardan yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar tufayli to‘xtatildi, dedi O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustambayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda “uzilgan ta’minot zanjirlarini tiklash” muhokama qilinmoqda.
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondagi davlat tashkilotlari va biznes subyektlari uchun sanksiyalar bo‘yicha o‘quv seminarlari o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bundan sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashishda hamkorlikni kuchaytirish maqsad qilingan.
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari va sobiq bosh vazir Karim Masimov davlatga xiyonat va hokimiyatni majburan tortib olishda aybdor deb topilib, 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Prezident qarori bilan Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etildi. Markaz ishlab chiqqan va tasdiqlagan ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlariga qo‘yiladigan talablar bog‘cha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari hamda o‘quv kurslari uchun majburiy bo‘ladi.
Yakshanba kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarning qasamyod keltirish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Foto.
Yerusti halqa metro yo‘lining “Qo‘yliq” bekatidan “Quruvchilar” bekatigacha bo‘lgan 5 ta yangi stansiyada yo‘lovchi tashuvlari boshlandi.
O‘zbekistonning barcha hududlarida harorat ko‘tarilishi davom etadi. Havo kunduzi +33 darajagacha, cho‘l hududlarda va janubda +37 darajagacha isiydi.
Qozog‘iston qonunchiligiga to‘rt kunlik ish haftasi tushunchasi kiritildi. Endi ish beruvchi va xodim besh kunlik yoki olti kunlik ish haftasiga almashtirish huquqi bilan to‘rt kunlik ish haftasi to‘g‘risida kelishib olishi mumkin.
Osiyo taraqqiyot banki va Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi Buxoro viloyatidagi Bosh va Jonkeldi shamol elektr stansiyalarini rivojlantirish uchun 174 mln dollarlik kreditlarni imzoladi.
Ekobloger “O‘rikguli” daraxtlarga ozor bermaslikka chorlovchi plakatlar suratini tarmoqlarga joyladi. U “Gazeta.uz” bilan suhbatda bundan maqsad ko‘chalarga hadeb archa emas, hududga mos keladigan daraxtlarni ekish, ularning ostini betonlamasdan, tagida ham jon borligini tushuntirish ekani haqida gapirdi.
Deputatlar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimiga Baxtiyor Saidov nomzodini ma’qulladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan u ushbu lavozimga tasdiqlandi. 2022-yil oxirida Baxtiyor Saidov TIV v.b. etib tayinlangandi.
Tijorat banklari 25-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 370 — 11 410 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 425 — 11 480 so‘m.
Kitob tumanidagi ko‘p qavatli xonadonlarning birida gaz portladi. Oqibatda uyning deraza va eshik romlariga zarar yetdi. Bir nafar fuqaro yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi.
Tatariston raisi Rustam Minnixanov Jizzaxda kimyo-sanoat texnoparki qurilishi startida ishtirok etdi. O‘tgan yili Chirchiq shahrida qo‘shma texnopark foydalanishga topshirilgandi. Tatariston rahbarini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qildi.
Yunusobod tumanida yashovchi 16 yoshli qiz 3-qavatda balkon oynasini artayotib, ehtiyotsizligi oqibatida yiqilgan. Bosh prokuratura jarohat olgan qizning ahvoli hozirda yaxshi ekani, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Tahlilchi Karen Srapionovning fikricha, banklarning minimal kapitalini oshirish bozorni konsolidatsiya qilish istagi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin va bu bank tizimi manfaatlariga unchalik ham mos kelavermaydi. U o‘z kolonkasida qonun loyihasini hali ham qayta ko‘rib chiqish mumkinligiga umid bildirdi.
27−29-aprel kunlari Toshkentda GreenArt xalqaro landshaft san’ati ekofestivali bo‘lib o‘tadi. Uning vazifasi ekologik madaniyatni oshirish va mamlakatdagi ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish muammolariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilishdan iborat.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting