17 maydan Toshkentda sovuq suvni o‘chirish va suv ta’minoti tarmoqlarida bosimni pasaytirish rejalashtirilmoqda (jadval). Mirzo Ulug‘bek tumanining ba’zi ko‘chalarida bir necha kun davomida issiq suv bo‘lmaydi.
O‘zbekiston IIV xalqaro ekstremistik tashkilotlar faoliyatiga qo‘shilganlikda gumon qilinib qidiruvga berilgan 10 kishining ism-sharif va fotosuratlarini e’lon qildi.
Andijon tumanida 20 yoshli kelinchak guruh tomonidan zo‘rlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumondorlar — olti erkak.
Toshkentda Botanika bog‘i orqa tomonidagi ochiq maydonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bog‘ning o‘rmon fondi zarar ko‘rmadi.
Yunusobod tumani soliq inspeksiyasining katta inspektori 3500 dollarni olgan vaqtida qo‘lga olindi. U kameral tekshiruvlar yakunida ijobiy hulosa berishni va’da qilgani aytilmoqda. Bundan tashqari, Bulaqboshi tuman davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori, Jizzax shahri hamda Yangiqo‘rg‘on tumani hokimlari o‘rinbosarlari ham ushlangan.
Nima uchun bozorda bir nechta raqobatchi tadbirkorlar bo‘lishiga qaramay, narxlar hamon o‘sishda davom etmoqda? Bu faqat tabiiy iqtisodiy omillar bilan bog‘liqmi yoki buning sun’iy sabablari ham bormi? Toshkent davlat yuridik universiteti «Biznes huquqi» kafedrasi mudiri Xusain Radjapov muammoga aniqlik kiritadi.
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev 76 yoshida vafot etdi. U nufuzli tadbirlar, shu jumladan, prezident ishtirok etgan bayram shodiyonalari, Mustaqillik kuni va Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan konsertlar, «Sharq taronalari», Mirzo Ulug‘bekning 600 yilligi va Amir Temurning 660 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanalarda bosh rejissyor sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Amirlikning Masdar Surxondaryoda quriladigan fotoelektr stansiya qurilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda eng jozibador tarifni bildirdi. Tender g‘olibi bo‘ladigan investor shuningdek, 200 kV bo‘lgan yangi podstansiya hamda 52 km uzunlikdagi elektr o‘tkazuvchi liniyani qurishi lozim bo‘ladi.
Hukumat qarori loyihasi bilan Sergeli tumanida yoqimsiz hid tarqalishiga sababchi bo‘lgan korxonalarning lokal tozalash inshootlarida rekonstruksiya qilish hamda beshta charm sanoat korxonasini Toshkentdan tashqariga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Avvalroq, tumanning Bo‘zsuv kanaliga turli korxona va tashkilotlar tomonidan oqova suvlar va chiqindilar oqizilayotgani xabar qilingan edi.
Dominika O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 137-mamlakat bo‘ldi. Nyu-Yorkda ikki mamlakat vakillari qo‘shma bayonotga imzo chekdi.
Toshkentda o‘tkaziladigan tajriba doirasida bo‘sh turgan binolarning egalariga penya joriy etish rejalashtirilmoqda. Gap olti oy mobaynida mol-mulkdan foydalanilmagan yoki ijaraga berilmagan taqdirda penya hisoblash haqida ketmoqda. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlar kredit olganidan ko‘ra, ijaraga bino olib, o‘z faoliyatlarini boshlagani ma’qul deb hisoblaydi.
IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ichki ishlar organlari «soqol» tadbirini o‘tkazayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Internetda IIO xodimlariga soqol qo‘ygan fuqarolarni aniqlash va ularni soqol olishdan oldin va keyin suratga olish bo‘yicha ko‘rsatmalar aytilgan audioyozuv tarqaldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya tajribasi asosida Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasining bo‘sh turgan hududida Respublika onkologiya markazining yangi binolarini barpo etish bo‘yicha topshiriq berdi. Har bir hududga mobil mammograflar va pozitron-emission tomograflar yetkazib berilishi qayd etildi. Saraton kasalliklarini erta aniqlaydigan laboratoriyalar tashkil etilib, maxsus onkomarkerlar tekshiruvlari yo‘lga qo‘yiladi.
Futboldagi korrupsiya haqidagi so‘zlari bilan tanilgan «Turon» futbol klubi bosh murabbiyi Islom Ismoilov «Qizilqum» bilan o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqdi. Uning davrida jamoa ilk bor Superligaga chiqdi, biroq sakkiz tur yakunlari bo‘yicha «Turon» chempionatda oxirgi o‘rinni egallab turibdi.
Nukusda uchta avtomobil to‘qnuvi natijasida olti kishi, Norin tumanida uchta mashina ishtirokidagi YTHda ikki kishi qurbon bo‘ldi, har ikki avariyada besh kishi jiddiy tan jarohatlari oldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurib, davolanayotgan bolalar va ularning onalari bilan suhbatlashdi. Shifoxona uchun yangi bino barpo etish, unda Rossiyaning D.Rogachyov nomidagi tibbiy tadqiqot markazi tajribasi asosida bolalar onkogemotologiyasi markazi tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. «Ko‘ngillaringiz bo‘linmasin. Bir o‘zlaringiz emassizlar.Hammamiz hamdardmiz», — dedi u.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qo‘shma Hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan kelgan Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi.
Urgut tumanida bolalar ustiga pul sochgan fuqaro bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Unga nisbatan karantin qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Ramazon hayiti namozi munosabati bilan O‘zbekiston masjidlarda 2,5 mlndan ortiq kishi, shu jumladan Toshkent shahrida — qariyb 500 ming kishi to‘plandi. «Gazeta.uz» poytaxtdagi Minor masjididan fotoreportaj tayyorladi.
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini muborakbod etdi va qirg‘iz-tojik chegarasidagi so‘nggi voqealar, qolaversa, qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasidagi qolgan uchastkalarni huquqiy ro‘yxatga olish masalalarini muhokama qilishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting