Namangan viloyatidagi toshqinlar oqibatida yo‘llarning ayrim qismlari buzilgan. 7 may kuni Toshkent-Andijon yo‘nalishi bo‘yicha 60-sonli poyezd reysi bekor qilingan.
Prezident maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Rustam Qosimov 64 yoshida vafot etdi.
DSQ soliq xizmati xodimlari uchun daromadlarni majburiy deklaratsiya qilish taklifini ilgari surdi. Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, ular o‘zlariga tegishli harakatlanuvchi va ko‘chmas mulklar, shuningdek, yil davomida umumiy daromadlaridan olingan boshqa aktivlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklaratsiyada ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi.
Namangan viloyatida sel kelishi natijasida ayrim yo‘l uchastkalari zarar ko‘rdi. 7 may kuniga belgilangan №60 Toshkent — Andijon poyezdi qatnovi bekor qilindi.
Fransiya va Gretsiyadagi norozilik namoyishlari, Rossiyada yangi vaksinaning ro‘yxatdan o‘tkazilgani, Yevropa Ittifoqining Isroilni Falastindagi qurilish ishlaridan voz kechishga chaqirig‘i va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Chet tillari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish uchun prezident sovrini ta’sis etiladi. Unda tuman va shahar bosqichi g‘olibi 100 mln so‘m, viloyat bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 250 mln so‘m va respublikada eng yaxshi maktab maqomiga erishgan muassasa 500 mln so‘m bilan taqdirlanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev kelgusi yildan boshlab davlat idoralariga ishga qabul qilish va yangi lavozimga tayinlashda xorijiy tilni bilish majburiy bo‘lishini ma’lum qildi. Chet tilini yaxshi bilgan xodimlarning ish haqiga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama belgilanadi. Shuningdek, davlat rahbari nodavlat ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tildagi yangi telekanallarni ishga tushirish va qizlarni chet tillarini o‘rganishga faol jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Prezident videoselektorda bundan buyon, xorijiy tillar o‘qituvchilarining oylik maoshi, ularning malakasiga qarab belgilanishini ma’lum qildi. Qolaversa, 2021 yildan chet tili o‘qituvchilariga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi kiritilishi aytildi. «Keyingi 3 yil davomida maktablardagi jami 53 ming nafar chet tili o‘qituvchilari xalqaro sertifikat olishlari zarur», — dedi u.
Baxmal tumani hududida yashovchi ikki nafar homilador ayol to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmaganligi, kasalliklar o‘z vaqtida aniqlanmaganligi oqibatida aprel oyida Jizzax viloyat perinatal markazida vafot etgan.
Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev «Milliy tiklanish» gazetasida O‘zLiDeP partiya a’zolari haqidagi maqolani «bozorbop chiqish» deb atadi. «Hammani birdek, bir qolipda fikrlashga o‘rgatish va ayttirish sobiq ittifoq mafkurasiga xos ish va bu „Milliy tiklanish“ partiyasiga yoqqan ko‘rinadi», — dedi deputat. Kusherbayev partiya muamollarni sun’iy yaratish, nizo chiqarish kabi harakatlarni qilayotganga o‘xshayotganligini ta’kidladi.
Videoselektorda Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilishi ma’lum qilindi. U samarali o‘qitish metodikalari, dastur va darsliklarini bog‘cha, maktab, litsey, oliygoh va o‘quv markazlarida joriy etadi. «Agentlik ta’lim muassasalari, tarmoqlar va hududlarning ehtiyojidan kelib chiqib, kamida 10 ta chet tilini o‘rgatishni tashkillashtiradi», — dedi prezident.
Eksperiment tariqasida yakka tartibdagi tadbirkorlarga 4 ta o‘rindiqli yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi berilmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga taksi faoliyati bilan shug‘ullanish uchun boshlang‘ich to‘lov 5 barobarga kamaytirilib 690 ming so‘mni, oylik to‘lov 1,5 barobarga kamayib 425 ming so‘mni tashkil qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 9 may kuni Toshkent shahrida «O‘lmas polk» aksiyasini o‘tkazishga ruxsat berilgani haqidagi xabarlarga poytaxt ma’muriyati munosabat bildirdi. Hokimiyat bugungi pandemiya sharoitida «O‘lmas polk» aksiyasini o‘tkazishga ruxsat berilmaganligini ta’kidladi.
Prezident videoselektorda 53 ming nafar o‘qituvchining atigi 4 foizi milliy va xalqaro sertifikatga egaligi, 11 ming o‘qituvchining 49 foizi esa testdan o‘ta olmaganini ta’kidladi. Davlat rahbari bundan buyon bitiruvchilar kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishi kerakligini aytdi. «Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim», — dedi u.
Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi 2020 yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan 10 ta davlat korxonalari reytingiga kirdi. Klub o‘tgan yilda 82,7 mlrd so‘m zarar ko‘rgan. Twitter tarmog‘ida ushbu holat yuzasidan turli xil fikrlar bildirildi. «Paxtakor» futbol klubi oxirgi yillarda davlat byudjetidan mablag‘ olmaganligini ta’kidladi.
Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Botir Saidov Xorazm viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Chorshanba kuni Ombudsman huzuridagi ekspert guruhi Toshkent viloyatidagi 22-sonli jazoni jazoni ijro etish koloniyasiga tashrif buyurdi. Inson huquqlari himoyachisi Abdurahmon Tashanov sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirov qamoqxonada tikuv sexida ishlayotgani, DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev esa chinni idishlarga naqsh solayotganini ma’lum qildi. Tashanov shuningdek sobiq MXX polkovnigi Javdat Sharifxo‘jayev ham bilan ko‘rishgan.
Dollarning rasmiy kursi 7 so‘mga arzonladi va jami 10 493 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.
YouTube`dagi «Planetka» kanali ijodkorlari Samarqanddagi sayohatida ularga hamroh bo‘lgan Alisher ismli fuqaroni turizm politsiyasi 15 kunga qamash bilan tahdid qilgani haqida ma’lum qildi. Ichki ishlar vazirligi ushbu holat haqiqatga mos kelmasligini ta’kidladi. Vazirlik unga faqat litsenziya olib, keyin turistlarga xizmat ko‘rsatish kerakligi tavsiya qilinganini aytmoqda.
2021−2022 o‘quv yilidan Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting