AQSHning «Project C.U.R.E.» tashkiloti va «Boeing» kompaniyasi tomonidan Qoraqalpog‘istoning Orolbo‘yi hududi aholisi uchun gumanitar yordam yuborildi. Xayriya yuki o‘z ichiga 3 mln dollarlik tibbiyot buyumlari va jihozlari, sun’iy shamollatish moslamalarini oldi. Bundan tashqari, keyingi gumanitar yordamni yetkazish uchun 100 ming dollar miqdoridagi chek topshirildi.
O‘zbekistonda 2020 yilda 70 ta is gazidan zaharlanish holatlari sodir bo‘lib, jarohat olganlar soni 66 tani, vafot etganlar soni 91 tani tashkil qilgan.
Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimda faoliyat yuritib kelayotgan Bahodir Ahmedov Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi Abdujabbor Rahmonzoda O‘zbekistondagi Tojikiston elchisi lavozimiga tayinlandi.
Keyingi yildan boshlab pensiya va nafaqalarni tarqatadigan banklar tender orqali tanlanadi. Ular pensiyalarni naqd pulda berishlari kerak bo‘ladi. Pensiyalarni tayinlash uchun faqat pasport (ID-karta) talab qilinadi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Rossiya bilan 2025 yilgacha harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi imzolanishidan xavotirlanish «mutlaqo asossiz» ekanini ma’lum qildi. Rossiya va boshqa davlatlar bilan hamkorlik «ishonch, tenglik, o‘zaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillari asosida quriladi».
Turkiyada 7 maydan boshlab karantin choralarining kuchaytirilishi, tojik-qirg‘iz chegarasidagi to‘qnashuvlarda 19 nafar Tojikiston fuqarosining vafot etgani, Germaniyada millatchilik sabab bo‘lgan jinoyatlar darajasining oshib borayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Bugun O‘zbekistonda o‘quvchilar soni (6,24 mln) maktablarning loyihaviy quvvatidan (5,06 mln) sezilarli darajada ortib ketgan. Vaziyat shu holda rivojlanib borsa, o‘rtadagi farq 2 mlntaga yetadi, deya ma’lum qildi xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov. U maktablarda joy yetishmayotganining ikki asosiy sababini aytib, muammoni hal etish bo‘yicha bir qancha takliflarni ilgari surdi.
Kitob tumanidagi 5-sonli Mehribonlik uyida bolalar uchun sharoit yomonligi va uning talabga javob bermasligi aniqlangach, 2 may kuni mehribonlik uyidagi 65 nafar tarbiyalanuvchilarining 10 nafari yaqin qarindoshlari oilasiga, 55 nafari Qamashi tumanidagi 4-sonli mehribonlik uyiga ko‘chirildi.
O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, bojxona va texnik jihatdan tartibga solish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va boshqalarga qaratilgan Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Dollarning rasmiy kursi 8 so‘mga arzonladi va jami 10 514 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz pasaydi, rubl esa ko‘tarildi.
Farg‘ona viloyatida Damas avtomashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan 9 yoshli piyodani urib yuborgan. Qizaloq tan jarohatidan shifoxonada vafot etgan.
Koronavirusga qarshi vaksinadan infeksiyaga qarshi antitanachalar uzoq muddat saqlanmasa, bu emlash ham xuddi gripp virusiga qarshi emlash kabi har yili o‘tkazilishi mumkin.
O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev 4 yilga barcha milliy va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish huquqidan mahrum etildi.
Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi ko‘magida Qoraqalpog‘istonda quvvati 1500 MVt ega shamol elektr stansiyasi quriladi. Mazkur loyiha taxminan 4 mln xonadonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirib, yiliga taxminan 2,5 mln tonna karbonat angidrid gazini qoplashi kutilmoqda.
O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhining asoschisi va rahbari Surat Ikromov 76 yoshida vafot etdi.
«Reklama to‘g‘risida» gi yangi qonun loyihasida mobil aloqa tarmog‘i orqali reklama tarqatilishiga faqat iste’molchining roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi, shuningdek taniqli shaxslar va tibbiyot xodimlari ishtirokida giyohvand moddalarni reklama qilishni taqiqlash taklif etilmoqda.
Qonunchilik palatasi deputatlari Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonunni qabul qilishdi. Ular yuqori turuvchi saylov komissiyalarining vakolatlari, okrug saylov komissiyasi tarkibi, ovoz berishda ID kartadan foydalanish va boshqa shu kabi o‘zgarishlarni nazarda tutadi.
Nurafshonda «aqlli shahar» investitsiyaviy loyihasi o‘rniga Nurafshon business city konsepsiyasi amalga oshiriladi. Avvalroq tashkil etilgan direksiya «Toshkent viloyatida biznes markazlarini qurish direksiyasi» shaklida qayta tashkil etiladi.
1 mln dollardan ortiq mablag‘larni yuk poyezdi orqali noqonuniy yo‘l bilan Qozog‘istonga olib chiqib ketishga uringan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting