«O‘zavtosanoat» strategik rejalashtirish direksiyasi boshlig‘i Rustam Qodirov «Peugeot» zavodi qurilishi to‘xtab qolishi bo‘yicha muammo fransuzlarda ekanini bildirdi.
«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti xodimlari noyob tarixiy va madaniy boyliklarning respublikadan olib chiqishga bo‘lgan urinishni to‘xtatib qoldi.
O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyevning ilk professional jangida argentinalik Martin Fidel Riosga qarshi ringga chiqadi.
Prezident qarori bilan 2019−2020-yillarda obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi 6−6,5 yoshdagi farzandlarini 1-sinfga berishga tayyorgarlik ko‘rayotgan ota-onalar nimalarga e’tibor qaratishi kerakligi to‘g‘risidagi tavsiyalarni e’lon qildi.
Iyunning birinchi haftasida Toshkentda oylik me’yordan to‘rt barobardan ko‘proq yomg‘ir yog‘di. Bunday kuchli yog‘ingarchilik kuzatuvlar tarixida birinchi bor qayd etildi.
Toshkentda uch o‘smirni bosib ketgan ayolga nisbatan sudga qadar uy qamog‘i tayinlandi.
Toshkentda «Oqtepa lavash» shoxobchalarida tovuqli sendvichdan zaharlanganlar soni ortdi. Shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarning ahvoli qoniqarli ekani ma’lum qilindi.
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida 8 yoshli qizni ming so‘m bilan aldab, olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.
Xitoy Gran-prisining balandlikka sakrash bahsida Nadiya Dusanova oltin medalni, Ruslan Qurbonov uch xatlab sakrashda bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarining hududiy bo‘linmalariga mudir vazifasini bajaruvchilar tayinlandi.
Toshkentda konvertatsiya qilib berishni va’da qilib, 1 milliard 80 million so‘m olgan va pullarni o‘zlashtirib yuborgan shaxs ushlandi.
“Moskva energetika instituti” milliy tadqiqot universitetining Toshkentdagi filiali 2019/2020-o‘quv yilidan ilk talabalarni qabul qiladi.
Qashqadaryo viloyatida o‘quvchilarni yo‘l va ariqlarni tozalashga majburlagan maktab direktori jarimaga tortildi.
Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga musiqa bilan shug‘ullanishga nimalar to‘sqinlik qilmoqda? Ota-onalar farzandlarining musiqa san’ati bilan shug‘ullanishiga to‘siq bo‘layotgan moliyaviy qiyinchiliklar to‘g‘risida so‘zlab berdi. Dilmurod Yusupov kolonkasi.
«Ozodlik» muxbiri Umid Bobomatov Toshkentga uchib kelishi bilan O‘zbekistondan chiqarib yuborildi.
Toshkentda 7-iyunga o‘tar kechasi Amir Temur shoh ko‘chasining bir qismi drenaj quvurlarini yangilash uchun vaqtincha yopiladi.
Toshkentda «Oqtepa lavash» shoxobchalarida tovuqli sendvich iste’mol qilgan 15 kishi ovqatdan zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. 3 nafar bemorning ahvoli og‘ir.
O‘zbekiston TIV “Bi-Bi-Si” muxbiri Avazbek Tohirovni akkreditatsiyadan o‘tkazdi. Britaniya teleradiokompaniyasining Toshkentdagi byurosi 2005-yilda yopilgan edi.
Toshkentning Yunusobod tumanida 12 yoshli o‘smir ko‘p qavatli uy hovlisi mashina urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi. Avtomobilni boshqargan ayol to‘xtash va tezlik tepkilarini adashtirib yuborganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting