Sanitariya-epidemiologiya xizmati «Sputnik V» vaksinasi bilan emlanish pullik ekanligi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi.
Dollarning rasmiy kursi 18 so‘mga arzonladi va jami 10 529 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
27 apreldan 28 aprelga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasining yarim final uchrashuvlari dastlabki o‘yinlari doirasida «Real Madrid» va «Chelsi» jamoalari o‘rtasida futbol bahsi bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan «Gazeta.uz» prevyusi.
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Oqtunli qishlog‘ida yashovchi ayollar farzandlari qo‘shni qishloqdagi maktabga borish uchun qiynalayotgani, ular Xo‘jaobod qishlog‘idagi maktabga borishi uchun Qarshi-Samarqand avtomobil yo‘lidan kesib o‘tishlari xavfli ekanini bildirib, yo‘lni to‘sib, mashinalar harakatlanishiga qarshilik ko‘rsatishgan.
Davlat soliq qo‘mitasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ustidan sudga da’vo arizasi kiritdi. Bunga «Rasul Kusherbayevning Human.uz axborot portalidagi „So‘z blogerlarga“ ko‘rsatuvida aytgan haqoratomuz so‘zlari» sabab bo‘lgan. Qo‘mita deputat o‘zining so‘zlariga raddiya berishi va kechirim so‘rashi lozimligini aytgan. Deputatning hatti-harakatlari soliq organlariga 4,6 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazganligi da’vo qilinmoqda.
O‘zbekistonga yana 1 million doza miqdorda ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi. Hozirgi kungacha emlanganlarning 46 foizi aynan ushbu vaksina bilan emgangan. O‘zbek-xitoy vaksinasining 1 million dozalik avvalgi partiyasi 27 mart kuni keltirilgan edi.
O‘zbekistoninng Novosibirskdagi bosh konsuli bo‘lib ishlagan Yusup Kabuljanov Tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi va rasmiy vakili etib tayinlandi.
Daryo nashri muxbirining telefonini tortib olib, uni militsiya bo‘limiga olib borishni buyurgan Qarshi shahar IIB boshlig‘ining o‘rinbosari «qattiq hayfsan» oldi. Boshqa xodimlarining harakatlarida hech qanday qonunbuzarliklar aniqlanmagani ma’lum qilindi.
Nurafshon shahridagi ikki qavatli uyda gaz portlashi sodir bo‘ldi. Oqibatda bir kishi vafot etdi.
Paxtachi tumanida Damas rusumli avtomobil haydovchisi spirtli ichimlik ichib, mashina haydagan. YPX xodimlari bilan muloqotda haydovchidan spirtli ichimlik hidi kelgani sabab, tibbiy ko‘rikka taklif etilgach haydovchi qarshilik ko‘rsatgan. Haydovchining mastlik holati tasdiqlangach, unga belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlangani sababli, Farg‘ona davlat universiteti, Guliston davlat universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.
Yoshlarga oid bir qator yangiliklar, o‘simlik yog‘iga nisbatan eksport bojining joriy etilishi, davlat organlari xodimlari sonining 15 foizga qisqartirilishi, ba’zi shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligi berilishi, ekologik xavfli mahsulotlarning majburiy sertifikatlashtirilishi — 1 maydan mamlakat qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Prezident ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Ma’lum qilinishicha, loyihalar xorijlik mutaxassislar ishtirokida tayyorlangan.
O‘zbekistonga koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasining yana bir partiyasi yetib keldi. Ma’lum qilinishicha, yetkazib berilgan navbatdagi vaksinalar partiyasi 50 ming dozadan iborat bo‘lib, 23 aprel kuni yetkazib berilgan vaksinalarning ikkinchi komponenti hisoblanadi.
UzAuto Motors bosh direktor vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Rustam Rajabov rasman kompaniya bosh direktori etib tayinlandi.
Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan kafelardan birida mast holatdati ikki kishi hisobni to‘lamasliklarini aytib, kafe ishchisini do‘pposlagan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shaxloxon Turdikulova innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, Olimjon To‘ychiyev innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
«Paxtakor» jamoasi OCHL guruh bosqichidagi 5-tur uchrashuvini «Traktor» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 0:0 hisobi qayd etildi. Bugun Olmaliqning AGMK jamoasi «Al Hilol» klubiga qarshi maydonga tushadi.
Turkiyada 29 apreldan 17 maygacha to‘liq karantin cheklovlari amal qiladi. Bunda barcha maktablarda darslar to‘xtatilishi va imtihonlar qoldirilishi e’lon qilindi. Shuningdek, barcha savdo markazlari faoliyati vaqtinchalik cheklab qo‘yiladi.
Telegram’dagi guruhlar va kanallarda to‘lovlarni qabul qilish imkoniyati mavjud bo‘ldi. Ilovada sakkizta o‘rnatilgan to‘lov tizimlaridan ikkitasi — O‘zbekistondagi PayMye va CLICK.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting