Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulovga tegishli korxonalarda 12 mlrd so‘m,172 ta do‘kon, ko‘p qavatli uylardagi 14 ta xonadon, 43 ta avtomashina va boshqa ko‘chmas mulklar zararni undirish uchun xatlanganini ma’lum qildi. Sobiq hokim o‘rinbosari va yana 10 kishi hibsga olingan.
Sergeli tumanida yo‘l qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim hududlarda 26 aprel soat 10:00 dan 27 aprel soat 10:00 gacha issiq va sovuq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Toshkentda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 17 yoshli yigit Nexia boshqarib yuk avtomobiliga urilgan. Nexia rusumli avtomobil haydovchisi S.A. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi A.R. lar tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Nigina O‘ktamova Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik birinchi ayol bokschi bo‘ldi. Polshadagi musobaqada O‘zbekistonni taqdim etgan sportchilar oltita medal bilan taqdirlandilar.
Yuk mashinasi haydovchisi bir nechta soxta «chiroyli» avtomobil raqamlarini O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘ldi. Ulardan ikki jufti bir xil ekanligi aniqlangan.
Shavkat Mirziyoyev hududlar markazlarida savdo va xizmatlar uchun maxsus ko‘chalar tashkil etilishini ma’lum qildi. Mustaqillik bayramiga qadar viloyat va shahar markazlarida 3−4 ta, Toshkentda 10 ta ko‘chalar shunday markazlarga aylantiriladi. Ularning 24 soat ishlashiga ruxsat beriladi.
O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi emlanganlar soni yarim milliondan oshdi. So‘nggi kunlarda emlanish darajasi pasaygan. Bunga Ramazon oyida ro‘za boshlanishi sabab bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistongaga «Sputnik V» vaksinasining birinchi partiyasi keltirildi. Vaksina uchun xarajatlarning yarmini tadbirkor Alisher Usmonov moliyalashtirdi.
Hozirda O‘zbekistondagi jazoni ijro etish koloniyalarida Jinoyat kodeksining 120-moddasi (besoqolbozliq) bilan ayblangan 49 nafar shaxs saqlanmoqda. So‘nggi 5 yil ichida 44 kishi besoqolbozlik bo‘yicha javobgarlikka tortilgan. Ushbu mahkumlar bilan doimiy ravishda psixologik ishlar individual tarzda olib borilishi aytilmoqda.
Yevropa Komissiyasining AstraZeneca’ga qarshi sudga murojaati, ilk bor Mars atmosferasidan kislorod ajratib olingani, Indoneziyaning suvosti kemasi g‘oyib bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev «juda katta korrupsiyaga berilib ketgan» rahbarlarni oxirgi marta ogohlantirdi. Prezident Samarqand va Andijon misolida mutasaddilarni korrupsiyaga qarshi yetarlicha kurash olib borilmayotgani uchun tanqid qildi.
Korporativ ijtimoiy mas’uliyatning mohiyati va tamoyillari nimadan iborat? Nima uchun uni xayriyaga tenglashtirish mumkin emas va jamiyat uchun foydali bo‘lgan loyihalarini amalga oshirishning eng to‘g‘ri yo‘li qanday? Bu haqida Malika Sharipova va Dilmurod Yusupovning maqolasida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda xizmatlar bozorini rivojlantirishga 500 mln dollar ajratilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, davlat tomonidan tijorat banklari orqali qo‘shimcha 300 mln dollar, shundan 1 iyulgacha 150 mln dollar ajratiladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda. Tashrif iyun oyi o‘rtasida amalga oshirilishi kutilmoqda.
O‘FA hakamlar departamenti boshlig‘i Erkin Baxtiyorov «Navbahor» — «Paxtakor» uchrashuvida penalti belgilamaslik noto‘g‘ri ish bo‘lishini aytdi. «O‘yinda uchrashuv muhiti, undagi atmosfera, muxlislardan kelib chiqib penalti qo‘yilmaganida hakam o‘sha o‘yin uchun „2 baho olardi“ va chetlatilardi», — deydi u.
Makro Toshkent shahridagi Compass savdo-ko‘ngilochar markazida joylashgan do‘konini sotdi. Endi u yerda Carrefour brendi ostida gipermarket ochilishi kutilmoqda.
«O‘zaviatsiya» agentligi Rossiyaning Royal Flight aviakompaniyasiga Moskva-Andijon-Moskva yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berdi.
Dollarning rasmiy kursi 16,77 so‘mga arzonladi va jami 10 535,24 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.
Adliya vazirligi «Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi qonun loyihasini taqdim etdi. «Davlat ehtiyojlari» tushunchasidan voz kechish, yer uchastkalari olib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan aniq holatlarning tugal ro‘yxati keltirilib, jarayonlarni murakkablashtirish va «misli ko‘rilmagan shaffoflik standartlari» ni o‘rnatish taklif etilmoqda.
Namangan viloyatida Damas rusumli avtomashina yo‘lni kesib o‘tayotgan 8 yoshli bolani urib yuborgan. Jabrlanuvchi tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting