Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Markaziy bankning prognozlariga ko‘ra, 2021 yilda YAIM o‘sishi yuqori prognoz chegarasida (5,5%) kutilmoqda.
1 maydan “yoshlar daftari"ga kiritilganlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun subsidiyalar beriladi. 25 yoshgacha bo‘lgan ish beruvchilarga 2023 yilgacha ijtimoiy soliq qaytarib beriladi. Toshkentda ijarada yashayotgan talabalarga ijara to‘lovining BHMning 1, viloyatdagilarga esa 0,5 baravar miqdoridagi qismi qoplab beriladi.
Toshkentda ichki ishlar organlari xodimlarining formasini kiyib makulatura to‘plab yurgan erkak va ayolga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.
Toshkentda yuk avtomobili ag‘darilishi oqibatida avtomashinaning motor va kabina qismida yong‘in yuzaga kelgan. Xabar berilishicha, yong‘in bartaraf etilgan.
8 apreldan boshlab Toshkent shahrida reklama qurilmalarini ommaviy buzib tashlash ishlari olib borilmoqda. Tadbirkorlar 300ga yaqin bilbordlarni demontaj qilgan hokimiyat vakillarining harakatini noqonuniy ekanligini aytmoqda va ushbu qarorni asoslab berishni talab qilmoqda. Biznes-ombudsman vaziyatni o‘rganishga kirishdi. “Gazeta.uz” tadbirkorlar va Reklama industriyasi milliy assotsiatsiyasi bilan gaplashdi.
Xalqaro yuridik forumda Akmal Saidov nutq so‘zlab, yangi O‘zbekistonda yangi huquqiy asoslar yaratila boshlanganini aytdi. Uning fikricha, ilgari nomi aytilmagan tashkilotlarga tegishli qonunlar ham ishlab chiqilgan. U shuningdek, ayni vaqt mamlakatda 18 ta kodeks mavjudligi, yana 12 ta yangi kodeks ishlab chiqish jarayonida ekanligini qo‘shimcha qildi.
Namanganda tunda farzandini o‘ziga bog‘lagan holda ko‘prikdan o‘zini tashlagan ayol Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi hamda voqea joyidan o‘tib ketayotgan yo‘lovchi fuqaro tomonidan qutqarib olindi.
Ikki yilda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan, oxiriga yetkazilmagan hamda ta’mirlanishi lozim bo‘lgan yo‘llarda 532 ta YTH sodir bo‘ldi. Ularda 191 kishi vafot etib, 511 nafar fuqaro jarohatlangan.
Buxoro viloyatidagi 11 ta umumta’lim maktabi masofaviy ta’limga o‘tkazildi. Viloyat xalq ta’limi tizimi xodimlarining 6 nafarida, maktab o‘quvchilarining esa 26 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Jasur Umirov ishi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan tergovchiga holat bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilish uchun dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi sababli hayfsan berildi. Shuningdek, holat bo‘yicha idoraviy nazoratni yetarli darajada ta’minlamagan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB TB boshlig‘iga «hayfsan», tuman IIB boshlig‘iga esa «tanbeh» intizomiy jazosi qo‘llanildi.
Ruslanbek Davletov xalqaro yuridik forum ochilishida eskicha ishlashga o‘rgangan ayrim mansabdorlar va tashkilotlar hanuz raqamlashtirishga qarshi ekanini qayd etdi. Ularga qarshi kurashish uchun esa sohalarda ochiqlikni ta’minlash standartlarini yaratish kerakligi aytildi. «Amaldorlarning ko‘chmas mulklari va mashinalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiqlanishi kerak», — deya qo‘shimcha qildi vazir.
O‘zbekistonning barcha hududlarida yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etiladi. Sentyabrgacha 77 ta shunday zona ochiladi.
Xalq ta’limi vazirligi 110 maktabdagi kalta paypok bilan bog‘liq holatni o‘rganganida, LGBT mavzusi dars paytida ko‘tarilmaganini ta’kidladi. Vazirlik taqdim etgan videolavhaga ko‘ra, o‘qituvchi bolaning kalta paypoqda ekanligini ko‘rib, «Bizda nima, LGBTmi? Oliy Majlis maktablarimizda paypoqsiz yurishni taqiqlagan», — deb aytgan. Direktor o‘rinbosari esa o‘g‘il bolalarga kalta paypoq kiyib yurmaslikni uqtirgan.
O‘zbekistonda so‘nggi bir sutka ichida koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 384 nafarni tashkil etib, 21 aprel holatiga ko‘ra umumiy holatlar soni 87 935 taga yetdi. Oxirgi bir hafta ichida kunlik qayd etilayotgan holatlar soni 300 dan deyarli tushayotgani yo‘q.
Namangan viloyatida Nexia-2 rusumli avtomashina yo‘lni kesib o‘tayotgan 5 yoshli piyodani urib yuborgan. Qizaloq tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
AGMK jamoasi OCHL guruh bosqichida 3-tur uchrashuvni BAAning «Shabab Al Ahli» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 2:1 hisobida olmaliqliklar irodali g‘alabaga erishishdi.
Universitetlar faoliyatini baholab boruvchi THE Impact Ranking reytingidagi 500 ta universitetlar orasida TDYUU 401 o‘rinni egalladi.
Qarshi tumanidagi gaz quyish shoxobchasida avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni yorildi. Bir kishi vafot etdi, yana bir nafari jarohatlangan.
Toshkentdagi Anhor kanalidan erkak kishining jasadi aniqlandi. Murdada alomatlari topilmagan, tergov oldi tekshiruv olib borilmoqda.
Rossiyada Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun mitinglar, Suriyada prezident saylovlarida ilk bor ayol kishining qatnashayotgani, Apple’dan yangi modellar va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting