Arxiv

Davlat simfonik orkestri yubileyini katta festival bilan nishonlaydi
10 oktabr 2024, 20:02

Davlat simfonik orkestri yubileyini katta festival bilan nishonlaydi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Davlat simfonik orkestrining 10 yilligiga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tadi. Dasturdan Gustav Maler, Edvard Grig va boshqa bastakorlarning asarlaridan iborat konsertlar o‘rin olgan bo‘lib, unda mahalliy va xorijiy yakkaxonlar ishtirok etadi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilik JST talablariga moslashtiriladi
10 oktabr 2024, 19:30

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilik JST talablariga moslashtiriladi

Prezidentga olib kirilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasiga oid taqdimotga ko‘ra, xalqaro tan olinadigan laboratoriyalarni ko‘paytirish, 10 ta yangisini tashkil qilish, sohadagi qonunchilikni JST talablariga moslash rejalashtirilmoqda. Davlat rahbari kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishni buyurdi.

Yer yuzida yovvoyi hayvonlar soni 50 yilda 73 foizga kamaydi
10 oktabr 2024, 18:18

Yer yuzida yovvoyi hayvonlar soni 50 yilda 73 foizga kamaydi

Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi (WWF) tadqiqotiga ko‘ra, so‘nggi yarim asrda sayyoradagi yovvoyi hayvonlarning soni 73 foizga kamaydi. Yovvoyi tabiat uchun asosiy tahdidlar inson faoliyati natijasida yashash muhitining degradatsiyasi va yo‘qolishidir.

Sentabrda poytaxtdagi o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxi 2,8 foizga oshdi — MHTI
10 oktabr 2024, 18:12

Sentabrda poytaxtdagi o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxi 2,8 foizga oshdi — MHTI

Sentabrda Toshkentda uy-joylar uchun ijara narxlarining oshishi davom etdi. Poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari avgustga nisbatan 2,8 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlarniki esa 1,4 foizga oshdi.

Qashqadaryoda paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligini aytgan mahalla raisi jarimaga tortildi
10 oktabr 2024, 18:03

Qashqadaryoda paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligini aytgan mahalla raisi jarimaga tortildi

Shahrisabz tumanidagi “Paxtakor” MFY raisi Telegram`dagi guruhda ishsiz fuqarolarni paxta terishga chaqirib, kelmaganlarga bola puli berilmasligini aytdi. Holat bo‘yicha mahalla raisiga chora ko‘rildi, u fuqarolarni majburiy mehnatga undagani uchun 18,7 mln so‘m jarimaga tortildi.

Toshkentda birinchi Markaziy Osiyo universitetlari forumi bo‘lib o‘tadi
10 oktabr 2024, 17:57

Toshkentda birinchi Markaziy Osiyo universitetlari forumi bo‘lib o‘tadi

16−17-oktabr kunlari Toshkentda birinchi Markaziy Osiyo universitetlari forumi bo‘lib o‘tadi. 200 dan ortiq delegatlar oliy ta’limning dolzarb masalalarini muhokama qiladi. Forum arafasida taniqli olimlar, jumladan, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirolning ma’ruzasi rejalashtirilmoqda.

Adabiyot bo‘yicha Nobel janubiy koreyalik yozuvchi Xan Kangga berildi
10 oktabr 2024, 16:52

Adabiyot bo‘yicha Nobel janubiy koreyalik yozuvchi Xan Kangga berildi

Adabiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti janubiy koreyalik yozuvchi Xan Gangga tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining nozikligini ochib beradigan ta’sirli she’riy nasri uchun berildi.

O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi
10 oktabr 2024, 16:44

O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

11 va 13−14-oktabr kunlari respublikaning to‘rtta viloyatidagi tog‘li hududlarda kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin.

Saylovoldi navbatdagi teledebatda nimalar haqida gapirildi?
10 oktabr 2024, 16:22

Saylovoldi navbatdagi teledebatda nimalar haqida gapirildi?

O‘zbekistonda parlament saylovi oldidan 4-oktabr kuni navbatdagi teledebat bo‘lib o‘tdi. Unda partiya vakillari ishtirok etib, o‘z dasturlari haqida so‘zladi, saylovchilardan kelgan hamda raqiblari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishdi. Debat qanday o‘tgani haqida ushbu maqolada tanishishingiz mumkin.

O‘zbekiston — Eron futbol uchrashuvi sabab “Bunyodkor” stadioni yaqinidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi
10 oktabr 2024, 15:57

O‘zbekiston — Eron futbol uchrashuvi sabab “Bunyodkor” stadioni yaqinidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Eron uchrashuvi sabab soat 22:00 gacha Toshkentning Chilonzor, Cho‘ponota va Bunyodkor ko‘chasining bir qismida transport harakati cheklanadi.

200 ming so‘mga ijara avtomobil va uch kishining o‘limi: Namanganda o‘quvchilar ishtirokidagi YTH tafsilotlari
10 oktabr 2024, 15:38

200 ming so‘mga ijara avtomobil va uch kishining o‘limi: Namanganda o‘quvchilar ishtirokidagi YTH tafsilotlari

Namanganda Gentra avtomashinasini ijaraga olgan 5 nafar o‘quvchi katta tezlikda yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketib, yuk mashinasi bilan to‘qnashgandi. Ulardan 3 nafari vafot etdi. Bu yil boshidan buyon shaharda mashina ijaraga olgan o‘quvchilar ishtirokida sodir bo‘lgan to‘rtinchi YTH bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz.

“Endi kimga murojaat qilishimiz kerak, prezidentgami?” — “Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilari tovon puli borasidagi mavhumlikdan norozi
10 oktabr 2024, 14:44

“Endi kimga murojaat qilishimiz kerak, prezidentgami?” — “Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilari tovon puli borasidagi mavhumlikdan norozi

“Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilari foydasiga jami 75,6 mlrd so‘m miqdorida ma’naviy zarar undirish haqida sud qarori chiqqandi. Hozirgacha 2,5 mlrd so‘m to‘langan, ammo qolgan summa taqdiri mavhum. Jabrlanuvchilarning ota-onalari bundan norozi; ular to‘liq summa tezroq undirilishini so‘ramoqda.

O‘zbekiston futbol terma jamoasining Olimpiadadagi ishtiroki haqidagi “Gazeta.uz” filmi
10 oktabr 2024, 14:43

O‘zbekiston futbol terma jamoasining Olimpiadadagi ishtiroki haqidagi “Gazeta.uz” filmi

“Gazeta.uz” O‘zbekiston futbol terma jamoasining Parij yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokiga bag‘ishlangan “Ko‘rinmas medal” nomli ilk hujjatli filmini tayyorlamoqda. Filmni premeradan so‘ng nashr sahifalarida tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

Xotini qiz tug‘sa, chiqindiga tashlab yuborishini aytgan blogerga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
10 oktabr 2024, 14:41

Xotini qiz tug‘sa, chiqindiga tashlab yuborishini aytgan blogerga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tarmoqlarda Sardor gangster taxallusi bilan chiqishlar qilgan blogerning xotini qiz tug‘sa, farzandini chiqindiga tashlab yuborishini aytgan videosi tarqaldi. Bloger tanqidga uchraganidan so‘ng uzr so‘radi. Unga xotin-qizlar qadr-qimmatini beodoblik bilan tahqirlagani uchun jinoiy ish ochildi.

Toshkent IIBB muxlislarni O‘zbekiston — Eron futbol o‘yiniga vaqtliroq kelish va jamoat tartibini saqlashga chaqirdi
10 oktabr 2024, 14:33

Toshkent IIBB muxlislarni O‘zbekiston — Eron futbol o‘yiniga vaqtliroq kelish va jamoat tartibini saqlashga chaqirdi

Toshkent shahar IIBB futbol muxlislarini O‘zbekiston-Eron terma jamoalarining “Bunyodkor” stadionida bo‘ladigan uchrashuviga ertaroq kelish va jamoat tartibini saqlashga chaqirdi. O‘FA muxlislarga maydonga tushish qat’iyan man etilganini eslatdi.

Toshkentda havo ifloslanishi har yili 3000 dan ortiq kishining bevaqt o‘limiga sabab bo‘lmoqda — Jahon banki hisoboti
10 oktabr 2024, 14:31

Toshkentda havo ifloslanishi har yili 3000 dan ortiq kishining bevaqt o‘limiga sabab bo‘lmoqda — Jahon banki hisoboti

Toshkentda PM2,5-mayda zarrali changlar ta’siri oqibatida yiliga 3042 kishi bevaqt vafot etmoqda. Jahon banki hisobotida qayd etilishicha, aholi salomatligiga yetkazilayotgan zarar 488,4 mln dollarga baholanmoqda. Poytaxt aholisining 83 foizi havosi yuqori darajada ifloslangan hududlarda istiqomat qiladi.

Yangi Buxoro aeroporti shahar markazidan 26 km uzoqlikda, 307 gektar maydonda quriladi
10 oktabr 2024, 13:12

Yangi Buxoro aeroporti shahar markazidan 26 km uzoqlikda, 307 gektar maydonda quriladi

Yangi Buxoro xalqaro aeroportini qurish uchun 307 (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 380) gektar yer maydoni ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Majmua shahar markazidan 26 km uzoqlikda joylashadi.

Abror Mirzo Olimov Markaziy bank raisi o‘rinbosari bo‘ldi
10 oktabr 2024, 13:05

Abror Mirzo Olimov Markaziy bank raisi o‘rinbosari bo‘ldi

Prezident farmoni bilan Abror Mirzo Olimov Markaziy bank raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar MBda departament direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Avvalgi o‘rinbosar Shayxontohur tumani hokimi bo‘lgandi.

Toshkentda har bir tumanning bosh rejasi ishlab chiqiladi — poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov
10 oktabr 2024, 12:25

Toshkentda har bir tumanning bosh rejasi ishlab chiqiladi — poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov

Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov prezident shahardagi har bir tumanning bosh rejalarini ishlab chiqish taklifini berganini ma’lum qildi. Shuningdek, Toshkentda arxitektorlar tayyorlash uchun shaharsozlik instituti, tirbandliklarni bartaraf etish bo‘yicha Yo‘llarni boshqarish departamenti tashkil etish rejasi aytildi.

AQShdagi elchixona Floridadagi to‘fon tufayli o‘zbekistonliklarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi
10 oktabr 2024, 11:25

AQShdagi elchixona Floridadagi to‘fon tufayli o‘zbekistonliklarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi

O‘zbekiston elchixonasi AQShning Florida shtatidagi o‘zbekistonliklarni “Milton” to‘foni sabab ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi. Tez yordam kerak bo‘lganida vakolatxona va shtatdagi yordam xizmatlariga murojaat qilishlari so‘raldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting