23 fevraldan boshlab O‘zbekistonga sovuq va nam havo massasi kirib keladi. 25−26 fevral kunlari havo harorati kechasi −7… −12, kunduzlari −2… −7 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda harorat kechasi −17… −22 gacha, kunduzi −10… −15 gacha, Xorazmda kechasi −12… −17 gacha kunduzi −5… −10 darajagacha pasayadi.
Fransiyaning «SUEZ» kompaniyasi Toshkent va Samarqand shaharlarida suv ta’minoti tizimlarini takomillashtirish uchun loyihalarni amalga oshiradi. Fransiya tomonidan Toshkent shahrida suv ta’minoti tizimini yaxshilash loyihasini amalga oshirish uchun 145 mln yevro ajratiladi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Qashqadaryodagi umumta’lim maktablarini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yiladi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston aholisi uchun koronavirusga qarshi vaksinani xarid qilish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi. «Eng ma’qulini topamiz. Bizning iqlimimizga mos, xalqimizga foydasi ko‘proq bo‘ladigan vaksinani sotib olamiz», dedi prezident.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazoqov prezident rejalashtirilmagan tarzda borgan «Bunyodkor» mahallasida muammolar o‘z yechimini topguniga qadar yashashini aytdi. «Bugun shu yerga konteyner o‘rnaydi va unga „viloyat hokimining uyi“ deb yozib qo‘yiladi», — dedi hokim. Boshqa hududlardagi muammolar ham shu tarzda hal etilishi ma’lum qilindi.
Prezident qarori bilan O‘zbekistonda yaqin ikki yil ichida sun’iy intellektdan sog‘liqni saqlash sohasida, jumladan, ayollarda ko‘krak bezi saratoniga tashxis qo‘yishda fodalanish ko‘zda tutilmoqda. Qolaversa, pnevmoniyani aniqlashda qo‘llash ham rejada bor.
O‘zbekiston prezidenti BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi yig‘ilishida nutq so‘zlaydi. Shavkat Mirziyoyev mamlakatda demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha kengash doirasidagi ishlarning asosiy vazifalariga to‘xtalib o‘tadi.
Samarqand viloyati kengashi deputatlariga aholi muammolarini hal qilish uchun 3 mlrd so‘m ajratiladi. Har bitta deputat 50 mln so‘mdan mablag‘ni kambag‘allikni qisqartirishga yo‘naltiradi. Shuningdek, viloyatda aholini kasb-hunarga o‘qitish uchun 10 milliard so‘m ajratiladi.
Farg‘ona viloyatida Matiz avtomashinasining daraxtga borib urilishi oqibatida 1 yoshli qizcha halok bo‘ldi. Mashina haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu mavsumning eng xushbo‘y va rohatbaxsh ichimliklari Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatda sizni kutmoqda.
NATOning Iroqdagi kontingentini sakkiz baravar oshirishi, Turkiyaning mart oyidan boshlab karantin cheklovlarini susaytirishi, BMTning atrof-muhit dasturi bo‘yicha yangi hisoboti va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev Namangan shahri hokimi va prokurorini «Bunyodkor» mahallasining holati uchun tanqid qildi. «Bu sizning yuzingiz», — dedi u, IIB tayanch punktining oqlanmagan devorlarini ko‘rsatib.
Namangan viloyatida bo‘lib turgan prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar kutubxonasiga tashrif buyurish o‘rniga, rejalashtirilmagan tarzda Namangan markazidan 18 km uzoqlikda bo‘lgan «Bunyodkor» mahallasiga yo‘l oldi. Prezident u yerda mahalliy aholi bilan suhbatlashdi.
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga 2021−2022 yillarda umumiy qiymati 23 trln 700 mlrd so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilishi haqida ma’lum qildi. Bundan tashqari, Namangan shahri infratuzilmasini yaxshilashga, loyihalarni moliyalashtirish va limonchilikni rivojlantirishga 60 mln dollar ajratiladi. «Agar shuni to‘g‘ri, samarali yo‘naltirib ishlatsak, viloyatning iqtisodiyoti jadal rivojlanadi, hamma tumanlarga sanoat kirib boradi, odamlar ishli bo‘ladi», — dedi prezident.
Samarqand viloyatida temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 44 yoshli erkakni poyezd urib yubordi. Olgan jarohatlar oqibatida fuqaro voqea joyida vafot etgan.
O‘zbekistonda 2020 yilda 6982 ta YTHlar sodir bo‘lgani qayd etildi. YTHlar oqibatida vafot etganlar soni esa 1962 nafar kishini tashkil etdi.
Prezident Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov va bosh vazirning sobiq o‘rinbosari, marhum O‘ktam Barnoyevni hududlar rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun maqtadi. Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, ular prezidentning topshirig‘ini «vaqtida» va «muhokama qilmasdan» bajarishardi.
2021 yildan boshlab O‘zbekistonda «Nike» va «Adidas» brendi ostida krossovkalar ishlab chiqariladi. Loyiha 2022 yil 3-choragida to‘liq quvvatda ishga tushishi rejalashtirilgan bo‘lib, zavodda yiliga jami 3 mln juft sport poyabzali ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining yig‘ilishida prezident Uychi tumani 4 ta sektor rahbarlari — tuman hokimi, prokurori, IIB boshlig‘i hamda tuman bosh soliqchisini vazifasidan ozod qilishga ko‘rsatma berdi.
Toshkent shahar hokimligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan Barhayot Meliyev Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
SFI Management Group O‘zbekiston hukumati tomonidan zimmasiga yuklangan vazifalarning aksariyati bajarilgani hamda «O‘zmetkombinat», OKMK va «O‘zikkilamchiranglimetall» bilan ishonchli boshqaruv shartnomalari bekor qilinganini e’lon qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting