Dam olish kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kamroq. Havo harorati kechalari 2−7° iliqgacha, kunduz kunlari 8−13° iliqgacha pasayadi.
O‘zbekiston prezidenti aholini kasbga o‘rgatish va ish bilan ta’minlashga to‘xtalib, «endi pul berilmasligini, kim nimaga qodirligiga qarab imkoniyat yaratilishini» ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyev vazir va davlat idoralari rahbarlariga muammoli hududlarda aholi bilan birga yashab, masalalarni hal etishni buyurdi. «O‘sha uyda yotasizlar, yotib, o‘sha uyni ishini qilib, keyin chiqib ketasizlar», — dedi u.
NASA Perseverance Marsni o‘rganuvchi qurilmasi rejalashtirilganidek Marsdagi Yezero (Jezero) krateriga qo‘ndi. Uning vazifasi Mars sayyorasidan grunt (tuproq) namunalarini olib kelish.
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yoshlar yetakchisi Dostonbek Abduqahhorovni Namangan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasiga tayinlash bo‘yicha taklif kiritdi.
Toshkent metropoliteni «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibidan chiqariladi. Shuningdek, Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasi negizida Toshkent shahar transport bosh boshqarmasini tashkil etish rejalashtirilgan.
Prezident ishtirokidagi xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi yig‘ilishida Shavkat Abdurazoqov Namangan viloyati hokimi etib tayinlandi. «Namangan tumani va shahrida ishlagan, uni olib ketib, Toshkentdagi kabinetlarni ko‘rsatganman, ularni eshigini qanday ochishni o‘rgatganman. Hozirgi lavozimga Abdurazoqovdan boshqa munosib nomzod yo‘q», — dedi Shavkat Mirziyoyev u haqida.
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga safari doirasida ilk bor mahalliy jurnalistlarning savollariga javob qaytardi. U OAVni to‘rtinchi emas, balki birinchi hokimiyat deb bilishini, viloyatga tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsadlaridan biri hokim tayinlash ekanini ma’lum qildi. Prezident v. b. hokim Shavkatjon Abdurazzoqovni sinovdan o‘tgan inson ekanini aytib, viloyatdagi qator muammolarni sanab o‘tdi.
Alisher Usmonov o‘z hisobidan O‘zbekiston xarid qilayotgan 1 mln vaksinadan teng yarmini olib beradi. Birinchi bosqichda 1 mln vaksina olib kelinishi rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev mahalla raislarini yoshlar orasidan saylashni taklif etdi. Bundan tashqari, prezident Namangan shahri to‘rtta sektor rahbarining taqdiri majlisdan so‘ng, mahallalarni aylanish vaqtida hal bo‘lishini aytdi. «Moshinaga o‘tirib, o‘zim xohlagan mahallaga boraman. Shunga qarab shaharning 4 ta sektor rahbari masalasi hal bo‘ladi», — dedi davlat rahbari.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini va uning aholisini nega boshqa hududlarga namuna sifatida ko‘rsatishi haqida gapirdi. «Namanganliklarda tadbirkorlik, birlashish, natijaga ishlash degan odat bor. Ish uslubi madaniyati juda yuqori», — dedi u. Davlat rahbari pandemiya davrida viloyatning yalpi ishlab chiqishi 5 foizdan oshganini qayd etib, «hech qaysi viloyatda bunday natija bo‘lmaganini» aytdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifi chog‘ida mamlakat rivojiga to‘siq bo‘layotgan uchta asosiy muammoni qayd etdi. Uning fikricha, kadrlar masalasi, korruputsiya va davlat idoralari rahbarlarining saviyasi O‘zbekistondagi islohotlarni amalga oshirishda qiyinchilik tug‘dirmoqda.
Adliya vazirligi NNTlar sohasidagi byurokratik muammolar to‘g‘risida «Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolaga javob berdi. Vazirlikning fikriga ko‘ra, NNTni ro‘yxatdan o‘tkazishni «rad etish uchun ko‘plab sabablar bo‘lishi mumkin» va «ularning barchasi qonunchilikda qayd etilgan».
«Ba’zi joylardagi ayrim uchastkalarni beramiz, boshqa joylardagi uchastkalarni esa olamiz», — deya ma’lum qildi Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev o‘zbek-qirg‘iz davlat chegaralari demarkatsiyasi bo‘yicha muzokaralar to‘g‘risida so‘zlar ekan.
Gruziya bosh vazirining iste’fosi, Janubiy Koreyaga KXDR tomonidan kuniga 1,6 mlnga yaqin xakerlik hujumlari, Ispaniyada reperning hibsga olinishiga qarshi tartibsizliklar va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
«Jurnalist, bloger, OAV xodimlari, jamoat transporti xodimlari (metropoliten, temir yo‘l, aeroport xodimlari), chet davlatlarda tahsil oluvchi talabalar, mehnat migrantlari ham ketma-ketlikda, bepul emlanadi», — Nurmat Otabekov
Dollarning rasmiy kursi 7 so‘mga arzonladi va jami 10 514 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham biroz pasaydi.
Markaziy bank 15 ta tijorat banklariga nisbatan sanksiya e’lon qildi. Bunga sabab ushbu banklarning ayrim bo‘limlarida xodimlar asossiz ravishda plastik kartalari orqali mijozlar to‘lovlarini qabul qilishdan bosh tortgani bo‘ldi.
«Qarshi-Xonobod» harbiy zonasida radiatsiya mavjudligi masalasiga Mudofaa vazirligi munosabat bildirdi. Vazirlikka ko‘ra, ushbu harbiy zonadagi barcha aholi va harbiylar doimiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tibbiy xizmat polkovnigi Nodir Fozilov aholi orasida nur kasalligi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar qayd etilmaganligini qayd etdi. «Bu mutaxassis bo‘lmagan odamlarning fikri ekanligi ko‘rinib turibdi», — dedi Mudofaa vazirligi matbuot kotibi.
Xalqaro shaxmat federatsiyasining fevral oyi uchun e’lon qilingan o‘smirlar reytingida ikki nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi kuchli o‘ntalikdan joy oldi. O‘smirlar reytingini eronlik Alirizo Feruziy boshqarib bormoqda. Shuningdek, yana ikki nafar o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar TOP-30'ga kiritilgan.
Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumida O‘zbekiston hududlarida 12 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida bitimlar imzolanib, shuningdek, yana 76 ta investitsion loyihalar amalga oshirilishiga kelishildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting