Arxiv

61 yoshli koronavirus bemori vafot etdi
29 aprel 2020, 23:38

61 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Toshkent shahridan bo‘lgan 61 yoshli koronavirus bemori o‘tkir respirator disstres sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda vafot etgan koronavirus bemorlari soni 9 kishiga yetdi.

Samarqand, Namangan va Termiz universitetlarida yuridik fakultetlar tashkil etiladi
29 aprel 2020, 21:43

Samarqand, Namangan va Termiz universitetlarida yuridik fakultetlar tashkil etiladi

Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar, TDYUUda esa Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti tashkil etiladi.

Fermer va dehqonlarga hududlararo harakatlanishga ruxsat berildi
29 aprel 2020, 21:27

Fermer va dehqonlarga hududlararo harakatlanishga ruxsat berildi

Shavkat Mirziyoyev dehqon va fermerlarga viloyatlar va tumanlar o‘rtasida harakatlanishga ruxsat berishni topshirdi. IIV ularning avtomobillarini postlarda kutib olib, yarmarka va savdo nuqtalariga qadar kuzatib boradi. Prezident vaziyat yaxshilanishi bilan 10 maydan so‘ng karantin bosqichma-bosqich yumshatilishini ma’lum qildi.

Tojikistonda ismlardagi ruscha qo‘shimchalardan voz kechiladi
29 aprel 2020, 20:13

Tojikistonda ismlardagi ruscha qo‘shimchalardan voz kechiladi

Tojikistonda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar ruscha qo‘shimchalarsiz beriladi. Taqiq milliy ozchiliklari vakillari va rus familiyasiga ega bo‘lganlarga ta’sir qilmaydi.

Fuqarolarga shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat beriladi
29 aprel 2020, 20:06

Fuqarolarga shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat beriladi

Fuqarolarga shaxsiy avtomobillaridan ertalab 7:00 dan 10:00 gacha hamda 17:00 dan 20:00 gacha foydalanishga ruxsat beriladi. Ota-onalarga farzandlari bilan o‘z uy atrofida sayr qilishlariga ham ruxsat beriladi.

30 iyunga qadar muntazam aviaqatnovlar tiklanmaydi — Uzbekistan Airways
29 aprel 2020, 18:32

30 iyunga qadar muntazam aviaqatnovlar tiklanmaydi — Uzbekistan Airways

Uzbekistan Airways xalqaro va mahalliy aviaqatnovlar uchun yo‘lovchilar chiptasini sotishni 30 iyunga qadar to‘xtatdi. Aviachipta egalari bir marotaba uchish sanasini bepul tarzda ko‘chirishlari mumkin bo‘ladi. Yuk tashuvchi va pochta aviaqatnovlari faoliyati esa davom etadi.

IIV karantinga oid savollarga javob berdi
29 aprel 2020, 17:55

IIV karantinga oid savollarga javob berdi

Ichki ishlar vazirligi karantinga oid savollarga javob qaytardi. Xususan, hunarmandchilik, avtomobillarga ehtiyot qismlar sotish faoliyatlarini yuritayotgan tadbirkorlar shaxsiy transport vositasini xaydashga ruxsatnoma olish imkoniyati, avtomaktablarda onlayn dars joriy etish masalasi va boshqa savollarga javob berildi.

3 oyda 115 nafar amaldor jinoiy javobgarlikka tortildi — Bosh prokuratura
29 aprel 2020, 16:55

3 oyda 115 nafar amaldor jinoiy javobgarlikka tortildi — Bosh prokuratura

3 oy davomida respublika bo‘yicha jami 87 ta jinoyat ishi bo‘yicha 115 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ularning eng ko‘pi — 50 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatini sodir etgan.

Sirdaryoda ilk bor 4 nafar koronavirus bemori to‘liq sog‘aydi
29 aprel 2020, 15:51

Sirdaryoda ilk bor 4 nafar koronavirus bemori to‘liq sog‘aydi

Sirdaryo viloyatida ilk bor koronavirusga chalingan 4 nafar bemor butkul sog‘aydi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Namanganda ham bemorlar sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 1059 nafarga yetdi.

Koronavirus holatlari 14 taga ko‘paydi
29 aprel 2020, 15:40

Koronavirus holatlari 14 taga ko‘paydi

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 14 taga oshib, jami 1969 taga yetdi.

Milliy identifikatsiya tizimini yaratish rejalashtirilmoqda
29 aprel 2020, 14:40

Milliy identifikatsiya tizimini yaratish rejalashtirilmoqda

Yaqin vaqtlarda yaratilishi rejalashtirilayotgan Milliy identifikatsiya tizimi davlat tashkilotlari va banklarga tashrif buyurgan fuqarolar shaxsini hujjatlarni tekshirmasdan aniqlash imkonini beradi. Mobil telefon raqami orqali ham shaxsni tasdiqlash mumkin bo‘ladi.

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 1000 kishidan oshdi
29 aprel 2020, 13:52

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 1000 kishidan oshdi

Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 11 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1005 kishiga yetdi.

Toshkent bosh rejasi konsepsiyasi: uy-joy qurilishi, ijtimoiy soha, metropoliten va aeroport
29 aprel 2020, 13:46

Toshkent bosh rejasi konsepsiyasi: uy-joy qurilishi, ijtimoiy soha, metropoliten va aeroport

Uy-joy qurilishini past qavatli turar joylarni buzish hisobiga amalga oshirish, uzluksiz harakatlanish magistrali uzunligini 353,6 km yetkazish, aeroportni shahardan janub tomonga 9 kilometr uzoqlikda joylashtirish — Toshkent shahri bosh rejasi konsepsiyasining asosiy qoidalaridan.

2041 yilgacha Toshkent aholisi 3,3 mln kishiga, hududi 41,5 ming gektarga oshishi kutilmoqda
29 aprel 2020, 13:18

2041 yilgacha Toshkent aholisi 3,3 mln kishiga, hududi 41,5 ming gektarga oshishi kutilmoqda

Binolar o‘rtacha qavatliligini oshirish, ekologik zararli ob’ektlarni shahar tashqarisiga olib chiqish, shahar muhitini gumanizatsiyalash, shahar ob’ektlariga yetib borish vaqtini qisqartirish va boshqalar — Toshkentni 2041 yilgacha rivojlantirish bosh rejasi bo‘yicha prezident qarori loyihasidan o‘rin olgan takliflar.

Turkiya kompaniyasi bilan Toshkentni 2041-yilgacha rivojlantirish bosh reja konsepsiyasi ishlab chiqildi
29 aprel 2020, 12:48

Turkiya kompaniyasi bilan Toshkentni 2041-yilgacha rivojlantirish bosh reja konsepsiyasi ishlab chiqildi

Turkiyaning Kentsel Yenileme Merkezi A.S kompaniyasi bilan birgalikda Toshkentni 2041-yilgacha rivojlantirish bosh reja konsepsiyalari ishlab chiqildi. Toshkentning bosh reja loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiya O‘zbekistonda diniy erkinlik masalasi yaxshilanganini tan oldi
29 aprel 2020, 12:05

Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiya O‘zbekistonda diniy erkinlik masalasi yaxshilanganini tan oldi

AQSHning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi (USCIRF) O‘zbekistonda diniy erkinlik bo‘yicha amalga oshirilgan ijobiy qadamlarni olqishlab, 2005 yildan beri birinchi marta «diniy erkinlik sohasida alohida xavotirga molik davlatlar» qatoridan olib tashladi.

Barcha qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi internetga ulash belgilandi
29 aprel 2020, 12:03

Barcha qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi internetga ulash belgilandi

2020−2021 yillarda barcha qishloq va mahallalarni yuqori tezlikdagi internetga ulash hamda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyatini ta’minlash belgilandi. Davlat organlari va tashkilotlaridagi barcha xat hamda yuridik hujjatlar faqat pochta orqali yetkazib beriladi.

Xitoy hukumati O‘zbekistonga 100 mingta test-tizimi yubordi
29 aprel 2020, 11:32

Xitoy hukumati O‘zbekistonga 100 mingta test-tizimi yubordi

Xitoy hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida yuborilgan 100 mingta test-tizimi 29 aprel kuni O‘zbekistonga yetib keldi. Insonparvarlik yukining ikkinchi qismida tibbiy niqoblar, himoya kiyimlari va masofaviy termometrlar yetkaziladi.

Abituriyentlar uchun test sinovlari soddalashtiriladi
29 aprel 2020, 11:16 1

Abituriyentlar uchun test sinovlari soddalashtiriladi

DTM yangi o‘quv yilida abituriyentlar uchun test sinovlarida qo‘llaniladigan test sinovlari soddalashtirilishini xabar berdi. Chet tillari, biologiya, ona tili va adabiyot kabi fanlar bo‘yicha rasmli va chizmali test topshiriqlari kiritilsa, fizika va kimyo fanlaridan nazariy savollar soni oshiriladi.

Koronavirus bemorlari soni 1955 nafarga yetdi
29 aprel 2020, 10:08

Koronavirus bemorlari soni 1955 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 16 nafarga ortib, jami 1955 kishini tashkil etmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting