2-sonli Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimov Respublika neyroxirurgiya ilmiy-amaliy markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasida O‘zbekistonda ishlashni istagan chet elliklarni bo‘sh ish o‘rinlariga chaqirishda maqsadga muvofiqlikni o‘rganish tartibini bekor qilish taklif qilinmoqda. Shuningdek, ular chetdan olib kelgan mashinani olib chiqib ketish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa, yig‘im to‘lamasligi ham mumkin.
O‘zbekistonda mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini noqonuniy klonlash uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda, deya ma’lum qildi Toshkent shahar IIBB.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarani delimitatsiya qilish jarayonini yakunlab, tezda uning demarkatsiyasiga kirishdi. Bu boradagi ikki davlat ishchi guruhlarining birinchi yig‘ilishi allaqachon bo‘lib o‘tgan, keyingisi yaqin kunlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Turkiyaning Malatya provinsiyasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi zilzila oqibatida halok bo‘ldi. Yana 4 nafar o‘zbekistonlik bedarak yo‘qolgan, ularni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Bronla.uz servisi dachalarni 2 daqiqada ham tanlab, ham bronlash imkoniyatini taqdim etadi.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, yangi o‘quv yilidan respublikadagi barcha boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar bepul ovqat bilan ta’minlanishi mumkin. Bu amaliyot dastlab Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekistonda 2022 yilda 2021 yilga nisbatan YTHlar soni 1 foizga kamaydi. Ularda halok bo‘lganlar soni 3 foizga kamaygan bo‘lsa, jarohatlanganlar soni 4 foizga oshdi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati 2023 yilga borib YTH va o‘limlar sonini 15 foizga kamaytirishni maqsad qilgan.
Kosonsoy tumanidagi uyda portlash ro‘y berib, 5 kishi jarohat oldi. Ulardan biri shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Angren shahrida 19 yoshli qiz xonadonida o‘zini osib qo‘ydi. Uni shahar Milliy gvardiyasida ishlovchi yigit fotosuratlarini tarqatish bilan qo‘rqitgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, 1 apreldan boshlab professional ta’lim muassasasi (kollej va texnikum) o‘qituvchilarining maoshi maktab o‘qituvchilariniki bilan tenglashtirilishi mumkin.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, 1 martdan tadbirkorlar ilk marta huquqbuzarlik sodir etayotgan bo‘lsa, ularga moliyaviy sanksiyalar qo‘llamaslik taklif qilinmoqda. Agar savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalari buzilsa, jinoiy javobgarlik ma’muriy yurisdiksiyaga o‘tib, bekor qilinishi mumkin.
Kosonsoy tumanidagi uyda sodir bo‘lgan portlash sababli jarohatlangan 4 fuqaro shifoxonaga olib ketildi. Voqeani FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minot» xodimlari o‘rganmoqda.
Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2023 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, hozirda an’anaviy shaklda taqdim etilayotgan 200 ta davlat xizmati DXMlar hamda YAIDXP orqali ko‘rsatila boshlaydi. Elektr, gaz va suv hisoblagichlarini qiyoslash proaktiv tarzda amalga oshirilishi kutilmoqda.
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari Turkiyada 6 fevral kuni sodir bo‘lgan zilzila markazlaridan biri — Qahramanmarash viloyatidan olib chiqildi. Ular Anqara-Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatga qaytib keladi.
Tijorat banklari 7 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 260 — 11 355 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 400 so‘m.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 6 fevral kuni sodir bo‘lgan dahshatli zilzilalar qurbonlari xotirasiga yetti kunlik umumxalq motamini e’lon qildi. Hodisa oqibatida vafot etganlar soni 2316 nafarga yetdi, 13 293 nafari jarohat oldi.
Jarqo‘rg‘on tumanida Germaniyaning Graess Energy Uzde kompaniyasi 600 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasini qurishni rejalashtirmoqda.
Muhokamaga qo‘yilgan 2023 yilgi davlat dasturiga muvofiq, 1 iyundan boshlab respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 60 kilometrgacha tushirilishi mumkin. Tahlillarga ko‘ra, bu cheklov o‘lim holatlarini kamida 15 foizga kamaytirishga olib keladi.
So‘nggi vaqtlarda Toshkentda o‘tadigan osh marosimlarini dasturxonchilarsiz tasavvur qilib bo‘lmay qoldi. Abdusalom aka — to‘y-marosimlarni mehmondo‘stlik hissi bilan to‘ldiruvchi shunday mutaxassislardan biri. «Gazeta.uz» uning nahorgi oshdagi o‘rni nimadan iborat ekani haqida hikoya qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting