Davlat ekologiya qo‘mitasining “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga moratoriy 2021-yil 31-dekabrga qadar uzaytirilishi mumkin. Qo‘mita bu boradagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritdi.
Qashqadaryo viloyatida 2018, 2019 va 2020 yilning shu davriga nisbatan ichimlik suvi uchun ajratilgan 23 mlrd so‘m mablag‘ samarasiz sarflangani ma’lum bo‘ldi. Aytilishicha, buning oqibatida 10 ta hududga haligacha ichimlik suvi yetib bormagan. Viloyatning Nishon, Kasbi, Koson, Muborak tumanlariga ham ajratilgan mablag‘lardan unumli foydalanilmagan.
2021 yildan barcha elektr energiyasi iste’molchilariga elektr energiyasini yetkazib berish faqat oldindan to‘lov asosida amalga oshirilishi taklif etilmoqda. To‘lovni amalga oshirmagan iste’molchilarga nisbatan elektr tarmoqlaridan to‘liq uzish chorasi ko‘rilishi mumkin.
Bektemir tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Toshkent shahridagi tug‘ruq komplekslaridan biriga rahbar lavozimiga tayinlatib berish evaziga 10 ming AQSH dollarini olganligi uchun qo‘lga olindi.
Toshkent kichik halqa yo‘lida avtobus yonib ketdi. Voqea joyiga 4 daqiqadan so‘ng Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelishdi va yong‘in bartaraf etildi. Jabrlanganlar yo‘q.
Xitoy «Chanchjen-5» eltuvchi raketasi orqali avtomatik tarzda Yerga qaytadigan tuproq yig‘uvchi apparatini muvaffaqiyatli tarzda kosmosga uchirdi. «Chan’e-5» deb nomlanuvchi o‘zi qaytadigan uskuna reja bo‘yicha uch haftadan so‘ng Yerga Oy tuprog‘ini olib kelishi kerak. Tuproqdan ilmiy o‘rganish va tadqiqot qilish ishlari uchun foydalaniladi. Bungacha faqat AQSH va Sobiq Ittifoq ushbu vazifani bajarishgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda «Eski juva» bozoriga kirishda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari fuqaroni majburlab olib ketishgani tasvirlangan video tarqaldi. Milliy gvardiya mazkur holat yuzasidan munosabat bildirar ekan, mojaroga pirotexnika oldi-cotdisi bilan bog‘liq nizo sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
AQSH prezidenti Donald Tramp o‘z shtabiga hukumatni topshirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini aytdi. GSA rahbari Emili Myorfi Jo Bayden shtabiga AQSH ma’muriyati uning g‘alabasini tan olishga tayyor ekanligini anglatuvchi murojaat yubordi.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi v. b. etib Jamshid Nasriddinov tayinlandi.
Prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan Jo Bayden prezident ma’muriyati tarkibiga kirishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzodlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Evril Xeyns AQSH milliy razvedkasini boshqaradigan birinchi ayol va Kubada tug‘ilgan Alexandro Mayorkas esa Milliy xavfsizlik departamentini boshqaradigan ilk lotinamerikalik bo‘lishi mumkin.
Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi kutubxona ochilish marosimiga maktab o‘quvchilari yupun kiyimlarda olib chiqildi. O‘sha kuni havo harorati -2 darajadan -11 darajagacha sovuq bo‘lgan.
Hukumat qaroriga ko‘ra, yetim bolalar va ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar barcha ta’lim muassasalari, shu jumladan, OTMlarda ta’lim-tarbiya oladigan muddatda to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi. Bundan tashqari, davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarga ta’lim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun pul mablag‘lari ajratiladi.
Britaniyaning AstraZeneca kompaniyasi va Oksford universiteti tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19 ga qarshi vaksina o‘rtacha 70 foiz samaradorligini ko‘rsatdi.
Samarqanddagi savdo markazlaridan birida ro‘y bergan jinoyat videosini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan 3 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ularga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda tirbandlik kuzatilayotgan ko‘p qatorli yo‘llarning bir qismini jamoat transporti uchun ajratish, markaziy ko‘chalarda parkomatlar tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shu bilan birga, piyodalar va velosipedlar yo‘lakchalarini ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.
Isroil bosh vazirining Saudiya Arabistoniga e’lon qilinmagan tashrifi, Germaniyada kompaniyalar boshqaruvida ayollar uchun kvotalar joriy etilishi, Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi ishi bo‘yicha sud jarayonining boshlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
O‘zbekistonning har bir fuqarosi uchun Covid-19 vaksinasi buyurtma qilingan.
O‘zbekistonda ayrim tovarlar uchun raqamli markalashning majburiy tizimi joriy etiladi. 2021 yil 1 martdan boshlab esa markasiz alkogolli ichimliklarni mamlakat hududiga olib kirish taqiqlanadi
Xorazmda bir guruh ayollar boshqa bir ayolning qizligini tekshirish maqsadida yechintirib, jarayonni videoga olishdi. «Samosud» ishtirokchilarining shaxsi aniqlanib, hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga mansabdor shaxs tomonidan noqonuniy boylik orttirganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash taklif qilindi. Shuningdek, davlat xizmatchilari eng ko‘p korrupsiyaga qo‘l uradigan sohalar ro‘yxati shakllantiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting